1. Possibilizm



Yüklə 46,5 Kb.
tarix22.05.2020
ölçüsü46,5 Kb.
#31416
17-variant

17-variant

  1. Vidal de la Blash va possibilizm konsepsiyasi.

  2. Aholi migrasiyasi jarayonlari va uning sabablari.

  3. Rayon – iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining bosh tushunchasi


1. Possibilizm - frantsuz olimi Vidal dе lya Blash tomonidan ilgari surilgan g`oya “possible” so`zidan olingan bo`lib, «ehtimol» ma'nosini anglatadi. Gеografik dеtеrminizmni gеosiyosiy nuqtai-nazardan qanday talqin etish maqsadga muvofiq ekanligini tushuntiradi. Possibilizm nazariyasiga ko`ra, jug`rofiy hudud, ya'ni joylashuv shu hududdagi davlat tarixini to`liq oldindan bеlgilab bеrmaydi, balki faqat uning u yoki bu yo`nalishda rivojlanishi mumkinligini talqin qilishga yordam bеradi.

2. Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.

Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud – migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.

Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari – qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi. Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas.

Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi.

Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50–60-yillarda NavoiyZarafshonUchquduqBekobodAngrenOlmaliqYangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham Oʻzbekistonda qoʻnim topdilar.

Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy anʼanalar ham taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbeklarda tugʻilib oʻsgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust



  1. Rayon – iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining bosh tushunchasi

Iqtisodiy rayon, iqtisodiygeografik rayon — tabiiy va iqtisodiy sharoitlari bir xil va xalq xoʻjaligi tarixan tarkib topgan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishga ega boʻlgan hudud; mamlakatning hududiy-ishlab chiqarish maj-muidan iborat bir qismi. Har bir Iqtisodiy rayon oʻzining yetakchi, asosiy xoʻjalik tarmoqlariga ega boʻlib, bu tarmoqlar Iqtisodiy rayonning iqtisodiy qiyofasini belgilaydi, ayni paytda, har bir Iqtisodiy rayonda shu rayonning yetakchi xoʻjalik tarmogʻiga xizmat qiladigan, uni toʻldiradigan yordamchi tarmoqlar ham boʻladi. Iqtisodiy rayondagi asosiy omil hududiy ijtimoiy mehnat taqsimotidir. Shu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning maʼlum tarmoklari boʻyicha ixtisoslashadi, rayon doirasida va rayonlararo iqtisodiy aloqalar amalga oshadi. Ilmiy jihatdan toʻgʻri tashkil etilgan Iqtisodiy rayonlar xalq xoʻjaligi soqalarini rivojlantirish va uni toʻgʻri boshqarishga yordam beradi, milliy xoʻjalik tizimining hududiy tuzilmasini qulaylashtirishga, davlatning mintaqaviy siyosati vazifalarini hal etishga xizmat qiladi.

Iqtisodiy rayonga boʻlish ishlari koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, AQSH, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham amalga oshirilgan. Oʻzbekistonda mamlakat hududini Iqtisodiy rayonlarga boʻlish boʻyicha dastlabki ishlar istiqbolni rejalashtirish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston FA Iqtiso-diyot intida 60-y.lar boshida amalga oshirilgan. Bunga qadar G. N. Cherdansev, N. G. Sapenko, V. M. Chetirkinlarning ilmiy ishlarida respublika hududini Iqtisodiy rayonga boʻlish masalalari boʻyicha ayrim qarashlar olgʻa surilgan.



Keyinchalik, 80-y.lar boshlarida Oʻzbekiston FA Iqtisodiyot instituti va Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashi tomonidan bu ish davom ettirildi, respublika hududini Iqtisodiy rayon lashtirishni takomillashtirish ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishning uzoq muddatli is-tiqbollari ehtiyojlari, ilmiy-texni-ka progressining kompleks dasturini ishlab chiqish bilan bogʻliq holda olib borildi. Iqtisodiy rayon muammolari va uni hal qilish boʻyicha takliflar olimlardan S. K. Ziyodullayev, K. N. Bedrinsev va b. asarlarida yoritildi.

Dastlab, 60-y.lar oʻrtalarida respublika hududi 5 Iqtisodiy rayonga ajratilgan edi (Toshkent, Fargʻona, Zarafshon, Quyi Amudaryo, Surxondaryo). 80-y.lar oxiri - 90-y.lar boshida respublika hudu-dida ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirishda yuz bergan oʻzgarishlarni hisobga olgan qolda yangi Iqtisodiy rayon oʻtkazildi va Oʻzbekiston hududi takomillashgan 7 Iqtisodiy rayonga boʻlindi (harita-sxemaga q.). Bu rayonlarning iqtisodiy rivojlanishi darajalarining qiyosiy tavsifi jadvalda berilgan.
Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin