FARG’ONA VILOYATI FARG’ONA SHAHAR XALQ
TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
6-UMUMTA’LIM MAKTABI
AMALIYOTCHI PEDAGOG-PSIXOLOG
Turdaliyev Husanjon
“TARBIYA”
FANIDAN
8 -“A” SINF UCHUN O’TGAN
“VAQT- BEBAHO NE’MAT” MAVZUSIDA 1 SOATLIK
OCHIQ DARS ISHLANMASI
FARG’ONA 2022
Fan: Tarbiya Sinf: 8 -“A”
Sana: 12.11.2022-yil.
Fanning mavzusi: “Vaqt- bebaho ne’mat”
Darsning maqsadi:
«Tarbiya» o‘quv fanining o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning tarbiya, odob-ahloq madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir
a) Ta’limiy: O`quvchilarga – fanning maqsad va vazifalari, nimalarni o`rganishi haqida, uning yo`nalishlari haqida ma`lumot berish.
Ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz ta`lim-tarbiya hamda odob-ahloqlari ibrat maskani mavzusi bo’yicha tushunchalar berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlari va oilaga bo’lgan muhabbatni tashkil toptirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, fanga qiziqishini ortirish.
V. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
VI. Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash.
VII. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
VIII. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
IX. Texnik jihoz: Kadoskop, kompyuter, diaproyektor ekran.
X. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1 ) Tashkiliy qism.
|
3 daqiqa
|
2) Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
|
5 daqiqa
|
3) Yangi mavzuni yoritish
|
15 daqiqa
|
4) Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
|
10 daqiqa
|
5) Darsni yakunlash
|
10 daqiqa
|
6) Uyga beriladigan topshiriqlar
|
2 daqiqa
|
Dars borishining qisqacha tafsiloti.
1.Tashkiliy qism:
a) salomlashish, b) tozalikni aniqlash, d) davomatni aniqlash
c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi.
2. Uyga vazifani so`rab baholash:
a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
Dars o’z vaqtida boshlandi. Salomlashilgandan so’ng o’tgan mavzu yuzasidan savol-javob boshlandi. Sinf jamoasidagi barcha o’quvchi yoshlar darsda faol ishtirok etishdi. Bu o’tgan dars mazmunli tashkil etilganidan dalolat beradi. Shundan so’ng yangi mavzu boshladik. Yangi mavzu o’tish jarayonida interfaol metodlardan foydalanildi. Mavzu yuzasidan yangi yangi ma’lumotlar berish uchun sitqidildan harakat qildik. Ustozlardan olgan ko’maklarimiz yordamida dars jarayonida yaxshi yutuqlarga erishdik. O’ylaymanki barcha o’quvchilar mavzu yuzasidan to’liq ma’lumotga ega bo’lishdi.
Farg’ona viloyati Farg’ona shahar 6 sonli umumta’lim maktabi 8-“A”sinf o’quvchilari bilan “Tarbiya” fanidan o’tkazilgan ochiq dars
Bayonnomasi
2022-yil 12 noyabir kuni 8-“A” sinf bilan Tarbiya fanidan “Vaqt-bebaho boylik” mavzusida ochiq dars tashkillandi. Ochiq darsni boshlashdan oldin sinf xonasi darsga mos holatga tayorlandi shundan so’ng ochiq dars boshlandi. O’quvchilar bilan salomlashildi va bugungi ochiq dars mavzusi o’quvchilarga yetkazildi. O’quvchilarni zeriktirmaslik maqsadida darsni noodatiy tarzda olib bordik. Ya’ni sinfni uch guruhga bo’lib musobaqa tarzida olib bordik. Avvalo bugungi mavzu bo’yicha ma’ruza o'tildi. Ma’ruza zerikarli bo’lmasligi uchun o’quvchilarni ham fikri tinglandi. Har bir guruh o’z fikrlarini bildirdi. Keyin esa o’quvchilardagi stressni va zerikish holatini yo’qotish maqsadadida “Vaqt qadri” nomli trening mashg'uloti o’tkazdik. Har bir guruhdan o’quvchilar chiqib qiziqarli savollarni tanlab olishdi va qoidaga muvofiq o’sha zahoti javob berishdi. Trening davomida o’quvchilar juda faol qatnashdilar. Dars qiziqarli davom etishi uchun, o’quvchilarni xotira va diqqatlarini rivojlantirish uchun mashqlar o’tkazildi. O’quvchilar bilan turli qiziqarli psoxologik o’yinlar o’tkazildi. Dars oxirida o’quvchilarni qiziqtirgan va bilmagan savollariga javob berildi. Shundan so’ng amaliyotchilar tomonidan tashkillangan ochiq dars yuzasidan o’qituvchilarni fikri tinglandi. So’ngra o’quvchilar bilan hayrlashdik.
12.11. 2022-yil
Maktab direktori: Z.B.Atakulova
Amaliyotchi psixolog: Turdaliyev Husanjon
Dostları ilə paylaş: |