Sig‘ishmaydigan tushunchalar hajmi jixatidan umumiylikka ega bo‘lmagan tushunchalar hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o‘rtasida ham uch xil munosabat bor: birga bo‘ysunish, qarama-qarshilik, zidlik.
Birga bo‘ysunish munosabati quyidagi tushunchalar o‘rtasida mavjuddir.
A-Fan.
B-Mantiq.
C-Fizika.
Bunda «Mantiq» va «Fizika» tushunchalari hajmlari jihatidan birgalikda «Fan» tushunchasining hajmiga bo‘ysunadi.
Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalarning hajmlari bir-birini istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o‘zlari bo‘ysunadigan tushunchaning hajmini to‘liq egallay olmaydi.
Masalan, «Baland bo‘yli odam» va «Past bo‘yli odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to‘liq qoplay olmaydi.
A-Odam.
B-Baland bo‘yli odam.
C-Past bo‘yli odam.
Zidlik munosabatidagi tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo‘lib qoladi. Zidlik munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o‘laroq, bo‘ysundiruvchi tushunchaning hajmini to‘liq qoplaydi. Masalan,
A-Odam.
B-Baland bo‘yli odam,
C-Baland bo‘yli emas odam.
Chegaralash shunday mantiqiy amalki, bunda hajmi kengroq bo’lgan jins tushunchalardan hajmi torroq bo’lgan tur tushunchalarga tomon borish davomida tushunchalar mazmuniga yangi – yangi tur belgilar qo’shiladi. Tushunchani chegaralash tushunchani hajm jihatidan kichraytirish yo’li bilan uning mazmunini boyitish usulidir. Buni quyidagi sxema yordamia ko’rish mumkin. Masalan,
A – mavjuot
|
D - bug’doy
|
B - tirik mavjuot
|
E - kuzgi bug’doy
|
C - o’simlik
|
F - “Ulug’bek” navi
|
Dostları ilə paylaş: |