Javob — qo'yilgan savolga muvofiq holda avvalgi bilimni aniqlashtiradigan, to'ldiradigan yangi mulohazadan iborat. U savolning asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Javob savolda mavjud bo'lgan noaniqlikni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Inson o'zining shaxsiy tajribasiga, olgan bilimlariga, dunyoqarashiga mos holda savolga javob qidiradi. Ular yetarli bo'lmasa, bilimnihg konkret sohalariga, turli manbalarga murojaat qiladi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha turlari ajratiladi:
1. Bevosita (aynan so'ralgan savolga javob berish) va bilvosita javoblar (so'ralgan savolga taalluqli boshqa ma'lumotlarni qo'shib javob berish).
2. To'liq (savolning barcha elementlari haqida ma'lumotlar berilgan) va to'liqsiz (savolning ba'zi elementlari haqida ma'lumotlar berilmagan) javoblar.
3. Chin (voqelikni adekvat aks ettirgan) va xato (voqelikni adekvat aks ettirmagan) javoblar.
4. Qisqa (ha, yo'q, bilmadim) va batafsil (savolning har bir elementi takrorlanadigan) javoblar.
5. Aniq (tushunchalar, so'zlarning mazmuni va ma'nosi konkret va ravshan bo'lgan) va noaniq (ikki xil ma'noli tushunchalar, so'zlar ishlatilgan) javoblar.
Dostları ilə paylaş: |