O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“JISMONIY MADANIYАT NAZARIYАSI VA METODIKASI” KAFEDRASI
5112000-“JISMONIY MADANIYАT” YO’NALIShI 3-BOSQICh TALABALARI UChUN MALAKAVIY AMALIYОT DASTUR-REJASI
Guliston-2022 5112000-“Jismoniy madaniyat” yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyot dastur-rejasi Malakaviy amaliyot bo’yicha dastur-reja 5112000-“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u Davlat ta’lim standartlari va ishchi o’quv rejalarida malakaviy amaliyotni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha belgilangan dasturiy talablar bo’yicha ishlab chiqildi. Malakaviy amaliyotni o’tash mobaynida talabalar pedagogika, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, sport fanlari va ularni o’qitish metodikasi bo’yicha olgan bilimlariga tayanib ish ko’radilar.
Malakaviy amaliyot dastur-rejasi Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasining 2022 yil “28” oktyabragi № 3-sonli majlis bayonnomasi bilan muhokama qilingan va tasdiqlangan.
«Tasdiqlayman” ________ Fakultet dekani :Sh.Sultonov “ 28” oktyabr 2022 yil
Jismoniy madaniyat fakulteti «Jismoniy madaniyat» yo’nalishi 3-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyot DASTUR -REJASI
MALAKAVIY AMALIYoTNING MAQSAD VA VAZIFALARI 5112000- «Jismoniy madaniyat» yo’nalishi bo’yicha 3-bosqich talabalarining malakaviy amaliyoti O’zbekiston Respublikasi Ta’lim standartlarida ushbu yo’nalish bo’yicha bakalavrlar tayyorlashning zaruriy mazmuni va darajasiga qo’yiladigan talablarga mos ravishda tashkillashtiriladi. Amaliyotning maqsadi: talabalarni jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya tarixi va boshqarish, turizm va uni o’qitish metodikasi, engil atletika,gimnastika va sport o’yinlari va ularni o’qitish metodikasi fanlari bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini yanada chuqurlashtirish hamda talabalarni 3-bosqichda o’tkaziladigan faol pedagogik amaliyotga samarali tayyorlash, viloyatdagi va Respublikadagi Olimpiya sport inshootlari bilan tanishish, ushbu muassasalardagi o’quv-tarbiyaviy ishlarning shakllarini o’rganishdan iborat.
TAShKILIY TADBIRLAR Malakaviy amaliyotning boshlanishiga bag’ishlab o’tkaziladigan tashkiliy anjumanda ishtirok etish. Malakaviy amaliyot o’tkaziladigan ta’lim muassasalarining manzili bilan tanishish.
O’QUV-USLUBIY IShLAR
kafedra tomonidan ishlab chiqilgan malakaviy amaliyot dasturiga asosan belgilangan tadbirlarda muntazam ishtirok etish;
mutaxassislik beruvchi fanlar bo’yicha egallangan bilimlarni yanada takomillashtirish;
ta’lim muassasasidagi jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv-tarbiyaviy ish shakllarini hamda o’quv ishlarini rejalashtirish xujjatlarini o’rganish (amaliyot davridagi chorak uchun);
sport inshootlarining ish tartibi, joylashuvi va jihozlanishini o’rganish;
ushbumuassasalaridagiommaviysport-sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o’tkazishda faol ishtirok etish.
JAMOATChILIK IShLARI: Muassasa sport bazasi va kompleksini tartibga keltirish, ozodaligini saqlash, mashg’ulot o’tkaziladigan maydonchalarning sanitar-gigienik ahvolini yaxshilash bo’yicha olib boriladigan ishlarda qatnashish.