4. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo'llaniladi. Muomalaning «madaniyat» atamasi bilan bog'liqligi ham uning ma'naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o'rtasidagi aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi hamda ularning hayot faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bo'lib, o'zga kishilar bilan ma'lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir.
Muomala madaniyatida xushfe'llik, xushmuomalalik, hayoibolilik, beozorlik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik singari axloqiy me'yorlar muhim sanaladi.
Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo'yish bo'lib, ko'pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo'yadi. So'zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini tashkil etadi.
Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiylik va kamtarlik, halollik va rostgo'ylik, ochiq ko'ngillik va mardlik, saxiylik va muruvvatlilik, o'zaro hurmat, do'stona munosabat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |