Inson hayotida axloqiy meyorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik hayotimizda malum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro’yobga chiqadi. Halollik, rostgo’ylik, insoflilik, xushmuomalalik, boodoblik, kamtarlik singari meyorlar ayniqsa diqqatga sazovor.
Halollik va rostguylik. Avvalo shuni aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy mazmunida qaysi taom haromu, qaysinisi halol, degan manoda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniydunyoviy mano kasb etgan meyorga aylangan. Halollik, rostgo’ylik vijdon tushunchasi bilan bog`liq, insonning o’zgaga munosabati o’ziga munosabatidek sof bo’lishini talab etuvchi meyorlardir.
O’nlab meyorlar orasida bu ikkisiga birinchi bo’lib to’xtalishimizning sababi shundaki, mustamlakachilik davrida, ayniqsa, sho’rolar hukmronlik qilgan chorakam bir asr vaqt mobaynida yolg`on, aldov, nopoklik, haromxo’rlik, munofiqyaik singari illatlar xalqimizga shu qadar ustalik bilan singdirildiki, hozirgi paytda ko’pchilik odamlar halollik va rostgo’ylik ustidan hatto kuladigan bo’lib qolganlar.
Insoflilik ham halollik kabi vijdon tushunchasi bilan bog`liq, malum manoda halollikka o’xshab ketadi. Lekin bu yuzaki taassurot. Chunki halollik o’z haqi va haqqini, yani moddiy va manaviy huquqini o’zgalarning haqi va haqqiga xiyonat qilmagan holda ajratib yashashni anglatadi. Insoflilik esa ijobiylikda halollikdan ham bir qadam olg`a tashlangan holatdir: unda kishi o’z halol haqi va haqqidan o’zganing hisobiga kechadi; «o’zga»ning sharoiti o’zinikidan nihoyatda og`ir va yomon ekanini hisobga olib, o’z qonuniy haqi va haqqkni yoki ularning bir qismini ixtiyoriy ravishda o’zgaga beradi, muruvvat ko’rsatadi.
Zero, insoflilik va muruvvatlilik axloqiy meyorlari jamiyat etishtirgan moddiy boyliklarni uning azolari o’rtasida shaxsiy tashabbus asosida, og`riqsiz, huquqiy holatlarni poymol qilmagan holda qayta taqsimlanishiga, jamiyatning yanada farovonlashuviga o’ziga xos hissa qo’shadi.
Xushfellilik, shirinsuxanlilik, kamtarinlik, bosiqlik singari axloqiy hatti-harakatlar meyoriylik nuqtai nazaridan g`oyat muhim. Chunki har bir jamiyat darajasi malum manoda undagi fuqarolar muomala madaniyatining yuksakligi bilan ham belgilanadi. Zero, xushfel, shirinsuxan inson o’zining har bir muvaffaqiyatsizligiga fojia sifatida qaramaydi, alam yoki g`azab bilan yomon kayfiyatini boshqalarga o’tkazishga intilmaydi; atrofdagi axloqiy muhitni buzmaydi. Natijada o’ziga ham, o’zgalarga ham ko’tarinki kayfiyat, turli-tuman omadsizliklarning o’tkinchiligini anglatuvchi hayotbaxsh bir umid bag`ishlaydi. Jamiyat doimo o’shanday odamlarni hurmat qiladi va ulardan o’rnak olishga intiladi.
Dostları ilə paylaş: |