AKADEMIK YOZUV TUSHUNCHASI, AKADEMIK YOZUVNING O'ZIGA XOSLIKLARI, ILIMIY ISHLARGA QOYILADIGAN UMUMIY TALABLAR
Reja:
1. Fanning mazmuni, maqsadi va vazifasi.
2. Akademik yozuv va uning xususiyatlari.
3. Nutq uslublarining xususiyatlari.
4. Ilmiy uslub va uning akademik yozuvda tutgan o’rni.
Tayanch tushunchalar: akademik yozuv, nutq, ilmiy faoliyat, ilmiy yozuv, rasmiylik, ilmiy matn, nutqning to‘g‘riligi, nutqning mantiqiyligi, nutqning sofligi, nutqning ifodaliligi, adabiy nutq, monografiya, ma’lumotnoma, darsliklar, axborotnoma.
Korxonalarda ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘tish qiyinchilik bilan kechmoqda. Buning sabablaridan biri davlat tilida ish yuritish bo‘yicha tegishli qo‘llanmalar, uslubiy ishlarning kamligi bo‘lsa, ikkinchisi, bu sohada hali mutaxassislar tayyorlashga kirishilmaganligi, ishlab turgan mutaxassis xodimlarning hujjatchilik bo‘yicha malakasini oshirish borasida yetarlicha ish qilinmayotganidir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1996- yil 14-noyabrda O ‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida ” (yangi tahrirda)gi Qonunni bajarish tadbirlari to‘g‘risida 267-sonli buyruq chiqardi.
Unda oliy o ‘quv yurtlarida xodimlar va talabalar uchun “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” kurslarini 1997-yildan e ’tiboran doimiy ravishda tashkil etish qat ’iy qilib qo‘yilgan.
1. Fanning mazmuni va vazifalari.
Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar andozasiga asoslanar edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk texnik mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur fan talabalarga matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda turibdi.
“Akademik yozuv” fani “Davlat tili haqida”gi Qonunning quyidagi moddalariga tayanadi:
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent moliya institutida iqtisodchi-bakalavrlarga “Akademik yozuv” fani kiritildi.
Shunga ko‘ra institut talabalari uchun “Akademik yozuv” kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |