Fanning maqsadi- iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxas sisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini - so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. “Akademik yozuv” fani fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini axborot texnologiyalari sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak texniklar o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim.
Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston texniklar yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak texniklar davlat tili - o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun dasturda texnologik bilimlariga alohida urg‘u berildi.
Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Til va yozuv. Til- aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Alisher Navoiy aytganidek: «So ‘zingni buyuk qilsang, o ‘zingga buyuklik keltirasan». Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun u umumxalq bahosi va xususiyatiga ega bo‘ladi, nutq esa ayrim shaxsga oid bo‘ladi. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi.
Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir.