1. Faollik tamoyili



Yüklə 362,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.12.2022
ölçüsü362,47 Kb.
#76571


1. Faollik tamoyili 
Oʼquvchi uchun o„zi qatnashgan, yetakchilik qilgan dars jarayoni o„rganish va esda 
saqlab qolish uchun eng munosib darsdir. Shu tufayli, oʼquv vaziyati bir oʼquvchi bir-
nechta jarayonda ishtirok eta oladigan qilib tashkillashtirilishi kerak. Natijada bu bilim 
uning xotirasida chuqurroq o'rnashib qoladi. O„quvchi individual o'zlashtirish qobiliyatiga 
ham o‟zi faol bo‟lgan darslarda takror-takror qatnashish orqali erishishi mumkin. Buning 
uchun esa, oʼqituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va koʼnikmalarga ega boʼlishi 
kerak. 
2. Nazariya va amaliyotni bog‘lash tamoyili 
O„qitilayotgan mavzu, albatta, amaliyotga taalluqli boʼlishi shart. Bu oʼquvchilarning 
ta‟lim olishga bo„lgan ishtiyoqini oshiradi. Ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham 
qoʼllaniladigan bilimlarni oʼrganayotganliklarini his qiladilar. Nazariy bilimlar doim kasb-
hunar amaliyoti bilan bogʼlanishi lozim. Аmaliy taʼlim ham oʼz navbatida nazariy 
bilimlarga asoslangan boʼlishi kerak. 
3. Koʼrgazmalilik tamoyili 
Mashgʼulot jarayonida oʼquvchilarning individual oʼzlashtirish qobiliyatini sayqallash 
uchun iloji boricha sezgi a‟zolarini ko„proq ishga solishga e‟tibor qaratish kerak. Buning 
uchun iloji boricha bilimlarni koʼrgazmali va real hayotga yaqin qilib uzatish kerak. Bu bir 
tomondan tilning 
tushunarliligini va taʼlim jarayonida audio-vizual vositalardan 
foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita jonli ish jarayonini va real 
obyektlar bilan oʼqitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlar koʼrgazmali berilsa, 
oʼquvchilar bu bilimlarni oʼzlashtirishlari osonlashadi va oʼquv jarayoni yanada qiziqarli 
boʼladi. 
4. Tushunarlilik tamoyili 
Oʼquv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan boʼlishi kerakki, oʼquvchilar 
uni oʼzlarining avvalgi bilimlari bilan bogʼlay olishi va tushunishda qiynalmasligi lozim. 
Yaʼni, oʼquv materialining mazmuni, shuningdek, oʼqituvchining tili va fikrlarni ifodalash 
usuli oʼquvchilarning bilimi, saviyasiga mos kelishi lozim, ammo - bu oʼqituvchi ilmiy 
tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak, degani emas. 
5. Namunalardan foydalanish tamoyili 
Oʼqituvchi oʼquv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi 
namunalarni tanlashga harakat qilishi kerak. Amaliyotdan tanish misollar keltirish, 
mavzuning yaxshi hamda yomon tomonlari qanday boʼlishini aniq koʼrsatadi. 
6. Didaktik reduksiya tamoyili 


Berilayotgan bilimlarni oʼrgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartirilishi 
lozim. Oʼquv materialining hajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar 
vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak. Kompleks(umumiy) va 
murakkab topshiriqlar doimo didiktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin mazmun 
saqlab qolinishi kerak. Agar faqat boshlangʼich bilimlar kerak boʼlsa, oʼquv materilini iloji 
boricha oddiyroq tushuntirishga, nihoyatda qiyin va keng qamrovli o'quv materiali bilan 
oʼquvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali oʼqituvchi murakkab narsalarni 
oson soʼzlar bilan tushuntira oladi. 
7. Ilmiylik tamoyili 
Oʼquv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ilmiy jihatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy 
tadqiqotlar asosida o„rganilgan boʼlishi kerak. Shuningdek, fanning yangi yutuqlari va 
kashfiyotlarini oʼzida aks ettirishi lozim. Oʼqituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga 
asoslangan material qoʼllanilmasligi kerak. Ma‟lumotlar, albatta, nazariy tasdiqlangan va 
amalda sinalgan boʼlishi shart. 
8. Bilimlarni qo'llash tamoyili 
O„quvchi oʼrgangan bilimlarini amalda qoʼllay bilishi kerak. Shuning uchun darsda 
amaliyot uchun ham muhit yaratilishi kerak. 
9. Natijalarni mustahkamlash tamoyili 
Kishi shunchaki koʼrgan, eshitgan narsalarini tezda unutib qo„yadi. Shu sababli 
o„rganilgan bilimlarni, albatta, mashqlar bilan mustahkamlash kerak. Erishilgan kichik 
natijalar esa o„sha joyda baholanishi va tan olinishi kerak. Bu oʼqituvchi va oʼquvchi 
oʼrtasida doimiy aloqa boʼlishini talab qiladi, natijalar esa maxsus “Baholash varoqlari”da 
qayd qilinishi kerak. 

Yüklə 362,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin