1. Fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot. O`timli va o`timsiz fe’llar Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/3
tarix15.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#143774
  1   2   3
Fe\'l haqida ma\'lumot Презентация002

  • MAVZU:Fe’l so’z turkumi
  • REJA:
  • 1.Fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot .
  • 2. O`timli va o`timsiz fe’llar
  • 3. Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar
  • Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe’l deyiladi.
  • Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. YA’ni fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi.
  • Fe’llarning barchasi bir umumiy so`roqqa nima kilmoq? so`rog`iga javob beradi.

Fe’l o`ziga xos bo`lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni:

1)ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, chiniqmoq o`timsiz fe’l;

2)ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l;

  • 3)ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, ob’ekt va sub’ektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
  • 4)ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli;

5)ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, o`rganmoqchiman – kelasi zamon;

  • 5)ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, o`rganmoqchiman – kelasi zamon;
  • 6)ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.
  • fe’l o`timli-o`timsizlik, bo`lishlibo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega.
  • SHu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi shakllari gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi.
  • Fe’l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo`lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usul bilan yasalgan yasama fe’llar.
  • Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil qo`shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkiladavomiylik, yozib bo`ldi – tugallanganlik kabi.
  • Fe’l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega, ya’ni:
  • 1)sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);
  • 2)fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O`zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko`r (Hadis namunalari).

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin