11.Muskul haraqatlarining boshqarilishi. Muskul kuchi va ishi. Muskullarning charchashi. Katta Yuklamalarda kislorodning o‘zlashtirilishi.
Silliq mushaklar bir yadroli bo‘lib: qalinligi 2 mkm dan 10 mkm gacha, uzunligi 50 mkm dan 400 mkm gacha bo‘lgan duksimon hujayralardan iborat. Bu hujayralar bir-biri bilan elektr tokiga qarshiligi kam bo‘lgan neksuslar orqali bog‘langan. Silliq mushak hujayralarida ham miofibrilla va sarkomerlar bor; lekin ular ko‘ndalang targ‘il mushakdagidek to‘g‘ri takrorlanmaganligi tufayli silliq mushaklarda targ‘illik kuzatilmaydi. Simpatik va parasimpatik asablar silliq mushaklarni nervlaydi. SHu sababli silliq mushaklar faoliyatiga hohish istak bilan ta’sir o‘tkazib bo‘lmaydi. Silliq mushaklarda ham xuddi ko‘ndalang targ‘il mushaklardagi kabi uchta asosiy: qo‘zg‘aluvchanlik, o‘tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik hossalari mavjud. Bu hossalar 2 turdagi mushaklar uchun umumiy bo‘lgani bilan silliq mushaklarda ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Silliq mushak tolalarining qo‘zg‘aluvchanligi anchagina past bo‘lib tinchlik potensiali (TP) - 60-70 mV ni tashkil qiladi.