33.Miya po‘stlog‘ida ta’sirotlarning taxlili va sintezi.
Miya po‘stlog‘ining faoliyati organizmga tashqi muhitdan doimiy ravishda tushib turadigan ta’sirotlar va organizmning o‘zida hosil bo‘ladigan ta’sirlovchilar paydo qilgan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini taxlil kilinishidan va uning asosida o‘zigagina xos bo‘lgan javob reaksialarining rejalarini sintez qilishdan iborat. Ta’sirotlar taxlili organizmga ta’sir etuvchi turli xildagi signallarni ajratish va ularning ahamiyatini baholashdan iborat. YUqorida bunday taxlilning retseptor apparatida boshlanishi eslatib o‘tilgan edi. Oliy taxlilni miya po‘stolog‘i bajaradi. MAT ning quyi pog‘onalarida, masalan, orqa miyada retseptorlardan kelgan qo‘zg‘alish doimo muayyan efferent yo‘llarga o‘tkaziladi, bunday reflektor yoylarda ulanish doimo muayyan bo‘ladi.