32.Oliy nerv faoliyati xakida tushuncha. SHartsiz reflekslar va instinklar. SHartli reflekslarning xosil bo‘lish mexanizmi va ularning tasnifi. SHartli refleksning tormozlanishi. OAF deb, asab tizimining organizmni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini Yuzaga chiqarishga qaratilgan faoliyatiga aytilad. SHartsiz refleks tug‘ma bo‘lib, retseptor sohasidaadekvat ta’sirlanganda qonuniy ravishda ma’lum reflektor yoy bo‘ylab rivojlanadigan reaksiyaxisoblanadi. Bu reflekslar har xil somatik, visseral va vegetativ jarayonlarni birlashtiriborganizmning ichki muhitini doimiyligini saqlanishini va uni tashqi muhit bilan o‘zarobog‘lanishlarini ta’minlaydi. Odam va hayvonlar evalYusiyasida xayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga to‘la moslashishining murak-kab va nozik shakli – shartli reflekslar paydo bo‘lgan.SHartli reflekslar tug‘ma bo‘lmaydi, ular individual xayot jarayonida shartsiz reflekslar asosida hosil bo‘ladilar. SHartsiz refleksdan shartli
refleks o‘zining nozikligi va o‘zgaruvchanligi bilan farq qiladi. Turli xildagi begona ta’sirotlar shartli refleksning susayishiga va tormozlanishiga olibkeladi. Masalan, agarda shartli ovkatlanish refleksning paydo qilishdan oldin qandaydir yot ta’sirot paydo bo‘lsa, shartli refleks vujudga kelmaydi, ya’ni u tormozlanadi.