1. Fiziologiya fanining predmeti, vazifalari, mohiyati



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə21/25
tarix28.12.2021
ölçüsü42,7 Kb.
#48234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Fizo javoblar

Leykotsitlar. Qonning maxsus pigmentga ega bo‘lmagan yadroli hujayralarini leykotsitlar deb ataladi. Odam qonining 1mm3 da 4000-9000 leykotsit uchraydi. Organizmni faollik xolatiga, tun va kunga hamda boshqa omillarga bog‘liq xolda leykotsitlarning soni o‘zgarib turadi. Leykotsitlar soni 10000 dan oshib ketsa leykotsitoz 4000 dan kamayib ketsa leykopeniyaga olib keladi. Protoplazmasida turli buyoqlarga bo‘yaladigan zarrachalarning bor yo‘qligiga qarab, leykotsitlar ikki guruhga: granulotsit (donali) va agranulotsitlarga (donasiz) bo‘linadi. Donali leykotsitlarga umumiy leykotsitlar sonining 60% to‘g‘ri keladi. Kislotali (eozin), asosiy va neytral bo‘yoqlarga bo‘yalishiga qarab, ularni eozinofillarga, bazo-fillarga va neytrofillargabo‘linadi. Donasiz leykotsitlar limfotsit va monotsitlarga bo‘linadi. Leykotsitlar turlari o‘rtasida ma’lum nisbat saqlanadi. Foiz birligida ifodalangan leykotsitlar turlari o‘rtasidagi nisbat leykotsitar formula deb ataladi. Katta yoshli odamning leykotsitar formulasi granulotsitlardan: neytrofillar 50-70% eozinofillar - 1-5% va bazofillar - 0-1%; agranulotsitlardan: limfotsitlar - 20-40% va monotsitlar - 2-10%ni tashkil qiladi.
44. Qon ivishga qarshi bo‘luvchi mexanizmlar.Tug‘ma immunitet. YAllig‘lanish. Interferon. Tabiiy killer hujayralar. Komplementar tizim. Adaptatsion immunitet. Antitanalar boshqaruvchi B-limfotsitlar. Plazma antitanalari. Klonal seleksiya nazariyasi. Xotira hujayralari.

Qon ivishining oldini oluvchi kuchli moddalardan (antikoagulyantlardan) geparinni ko‘rsatish mumkin. U biriktiruvchi to‘qimadagi semiz hujayralarda va bazofillarda sintezlanadi. Geparin ivituvchi omillar faolligini susaytirib, qon ivishining hamma bosqichlarini sekinlashtiradi. Antitromboplastinlar, antitrombinlar va geparin birlamchi antikoagulyantlarni tashkil qiladi. Bular qonda doim uchraydi. Bulardan tashqari, qon ivishi jarayonida paydo bo‘ladigan ikkilamchi antikoagulyantlar ham bor. Masalan, qon iviganda paydo bo‘ladigan fibrin trombinning 90% ni o‘ziga biriktirib olib, faolsiz xolatga o‘tkazadi. SHu sababdan, fibrinni antitrombin I deb ataladi. Fibrin hosil bulish jarayonida fibrinogendan ajralib chiqqan peptidlar ham antikoagulyantlik xossasiga ega. Fibrin parchalanganida (fibrinoliz jarayonida) juda kuchli antikoagulyantlar paydo bo‘ladi. Ular trombin faolligini tormozlaydi, trombo-sitlarning g‘uj bo‘lib to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin