40.Yurak toj sirkulyasiyasi. Yurak toj arteriyalari kasalliklari. Yurak ishini nerv va gumoral boshqarilishi. Batmotropiya. Vegetativ asablarning Yurak qo‘zg‘aluvchanligiga ta’siri uncha aniq emas. YUrak qo‘zg‘aluvchanligi qaysi sababdan pasaygan bo‘lsa, simpatik tolalar uni oshiradi. Buni musbat batmotrop samara deb xisoblasa bo‘ladi. Ko‘pchilik sut emizuvchilarda (jumladan insonlarda ham) qorinchalar faoliyati faqat simpatik asab nazoratida bo‘ladi. Bo‘lmalar va sinoatrial tugunga esa simpatik va sayyor asablar doim atnogonist ta’sir o‘tkazib turadi. Bu antogonizm asablarni jarrohlik yo‘l bilan qirqilganda yoki farmokologik ta’sir qilinganda namoyon bo‘ladi. Parasimpatik asabning ta’siri yo‘qotilganda Yurakning urish sonlari 40-50% tezlashadi. Simpatik asablar ta’siri yo‘qotilsa, Yurak urishi sezilarli darajada siy-raklashadi. Simpatik va parasimpatik asablarning Yurakka o‘tkazadigan doimiy ta’siri ularning tonusi deb ataladi. Mo‘tlaqo denervatsiya qilingan Yurakning urish chastotasi tinch xolatdagi mu’tadil Yurakning chastotasidan Yuqori. Demak, parasimpatik asab tonusi simpatik asab tonusidan ustun turadi