42.Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar. Eritrotsitlarning strukturasi va funksiyasi. Gemoglobin. Eritropoez. Odam va hayvonlar qonida uch tip hujayralar: 1) eritrotsitlar (qizil qon tanachalari); 2)leykotsitlar (oq qon tanachalari) va 3) trombotsitlar (qon plastinkalari) uchraydi. qonning shaklli elementlari soni, tuzilishi, etilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi.Eritrotsitlar.Bular yadrosiz hujayralar bo‘lib, soni jihatdan qonda eng ko‘p bo‘lgan shaklli element. Erkaklar qonining 1 mkl da o‘rta hisobda 5,1mln, ayollarnikida esa - 4,6mln eritrotsit bo‘ladi. Katta odamning qonida ja’mi 25.1012 - 30.1012 eritrotsit bo‘ladi. qondagi eritrotsitlarning yigindisi eritron deb ataladi. Eritrotsit massasining 34% quruq modda tashkil qilib, uning 90% gemoglabin tashkilqiladi. Eritrotsitlar o‘ziga xos shaklga ega: o‘rtasi Yupqa kulchaga o‘xshaydi, diametri 7,2 - 7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkmGemoglobin.Bu modda eritrotsitlar vazifasini amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi. Tarkibida temir bo‘lgan 4 gem molekulasi va bir oqsil globin molekulasidan tashkil topgan bu xromoproteid kislorodni biriktirish va ajratish qobiliyatiga ega. Gemoglobinning molekulyar massasi 64458ga teng. Kislorodni biriktirish va ajratish vazifasini gem molekulasidagi ikki valentli temir bajaradi. Globin esa gemni olib boruvchi albuminlar turkumiga kiradigan oqsil.
43.Leykotsitlar. Leykotsitlar turlari va funksiyasi. Antitana va antigenlar. Leykotsitlarning immun tizimidagi roli. Trombotsitlar. Trombotsitlar tuzilishi va funksiyalari. Gemostaz. Tomir-trombotsitar gemostaz. Koagulyasion gemostaz.