45.Limfotsitlar ta’minlovchi immunitet. Sitotoksinlar, yordamchi va boshqaruvchi T-hujayralar.
Limfotsitlar - limfa tugunlarda, taloqda, ayrisimon bezda, bodomsimon bezlarda, ko‘richakda, ichakning shilliq pardasida, ko‘mikda rivojlanadi. Bu hujayralarning yadrosi yirik, atrofidagi protoplazmasi Yupqa bo‘ladi. Odam qonida bir necha xil limfotsitlar uchraydi. Ular ko‘mikdagi limfotsid hujayralardan rivojlanib, qon orqali o‘zlari differensiatsiya bo‘ladigan (etiladigan) to‘qimalarga etkaziladi. Limfotsitlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, ko‘paya boshlaydi. Timusda etilgan limfotsitlarni T-limfotsitlardeb ataladi. Ular
qondagi limfotsit-larning 60% ni tashkil qiladi. T-limfotsitlar o‘z navbatida T-killerlar va Txelperlarga bo‘linadi. T-killerlarni “qotil” hujayralar ham deb ataladi. Limfotsitlarning ozroq qismi boshqa a’zolarda rivojlanadi. qushlarda bu a’zolarga fabritsiy xaltasi (bursa), sut emizuvchilarda ingichka va ko‘r ichaklarda joylashgan limfa
tugunlari, bodomsimon bezlar kiradi. Bu a’zolarda rivojlanib, etilgan limfotsitlar Vlimfotsitlarnitashkil qiladi. Limfoid hujayralarning bir qismi differensiatsiyaga uchramaydi. Ular limfotsitlarning 10- 20% ga teng O guruhini tashkil qiladi. Zarurat tug‘ilganda bu tanachalar T- va V- limfotsitlarga aylanadi.
46.Antigen tutuvchi hujayralar. Asosiy gistokelishuvchi kompleks. Autoantigenlar. SHishlarga nisbatan chidamli bo‘lgan immun tizimi. Immun kasalliklari. Terining tuzilishi va funksiyasi. Terining immun tizimidagi roli. Tana bo‘shliqlarida himoya moslamalari.