Darsning mavzusi: Qonning shaklli elementlari Darsning ta’limiy maqsadi



Yüklə 474,92 Kb.
səhifə1/15
tarix10.11.2022
ölçüsü474,92 Kb.
#68426
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
BIOLOGIYA (ODAM VA UNING SALOMATLIGI) DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH


Siz avvalgi mashg’ulotlarda botanika va zoologiyani o’qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar bilan tanishgan edingiz. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning amaldagi ikkinchi bosqichi uzluksiz ta’lim tizimida o’qitiladigan barcha o’quv fanlarini sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni ko’zda tutganligi sababli, «Odam va uning salomatligi» o’quv fanini ham o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutish lozim.

Lekin, 8-sinfda «Odam va uning salomatligini o’qitish metodikasi» o’qituvchi kitobida ushbu masalaga e’tibor qaratilmagan va metodik qo’llanmadagi barcha darslar an’anaviy texnologiya asosida loyihalangan.

Laboratoriya mashg’ulotida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

«Qonning shaklli elementlari» mavzusi bo’yicha moduli ta’lim texnologiyasiga asoslangan darsni tahlil qilish va darslarda foydalanish mumkin bo’lgan texnologiyalarni aniqlash;

Quyida “Odam va uning salomatligi” o’quv fanini o’rganishda modulli ta’lim texnologiyasiga asoslangan dars ishlanmasi berilmoqda.

^ Darsning mavzusi: Qonning shaklli elementlari

Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivish jarayoni bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigenik, ekologik tarbiya berish, kasbga yo’llash.

^ Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning qon va uning tarkibiy qismi haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar va qonning ivishi eks etgan jadvallar.

^ Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta’lim texnologiyasi (o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo’ljallangan modul dasturi)


Yüklə 474,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin