1. Flotatsion sxemalarni tuzish prinsiplari Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar


Alohida turdagi polimetall rudalar uchun flotatsiyaning prinsipial sxemalarini tanlash



Yüklə 280 Kb.
səhifə2/7
tarix27.12.2023
ölçüsü280 Kb.
#199481
1   2   3   4   5   6   7
15-Ma’ruza.

Alohida turdagi polimetall rudalar uchun flotatsiyaning prinsipial sxemalarini tanlash
Mineral tarkibi va metallning miqdoriga qarab polimetall rudalar to’rt guruhga bo’linadi [10].
Birinchi guruh - rangli metallar miqdori yuqori, yaxlit sulfidli rudalar. Bu rudalar asosan qo’rg’oshin, mis, va temir sul’fidlaridan tashkil topgan. Sulfidlarning umumiy miqdori 75-90%, rangli metallarning miqdori 6-15%.
Bu guruhdagi rudalarni boyitish uchun odatda to’g’ri selektiv flotatsiya sxemasi qo’llaniladi. Flotatsiya chiqindisi oltingugurtga yetarli darajada boy va sulfat kislota ishlab chiqaruvchi sanoat uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin bo’lgan holda to’g’ri selektiv flotatsiya sxemalari ayniqsa maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi guruh - rangli metallar miqdori kam va oltingugurtning miqdori yuqori, yaxlit sulfidli rudalar. Rudalarning bu guruhiga ko’pchilik mis-ruxli, piritli rudalar kiradi. Mis-ruxli, piritlardagi misning miqdori 1÷2 %, ruxning miqdori esa 1÷2,5%.
Bu guruhlardagi rudalarni boyitishning eng samarali usuli boy piritli chiqindi olinuvchi mis va rux sulfidlarini dastlabki kollektiv flotatsiyalash hisoblanadi..
Rudada oltingugurtning miqdori kam bo’lganda kollektiv flotatsiya chiqindisi oltingugurtning miqdori bo’yicha talabga javob bermaydigan hisoblanadi. Bu holda barcha sulfidlarni dastlabki kollektiv flotatsiyalash sxemasi ayniqsa manfaatli hisoblanadi.
Uchinchi guruh - rangli metallarning miqdori yuqori va ora-sira joylashgan polimetall rudalar. Bu guruhga foydalanilayotgan qo’rg’oshin, ruxli va mis–ruxli konlarning rudalari kiradi. Bu turdagi rudalarda mis, qo’rg’oshin va ruxning umumiy miqdori 8÷15% gacha yetadi.
Foydali minerali yirik va ora-sira joylashgan rudalar to’g’ri selektiv flotatsiyali sxema bo’yicha boyitiladi. Agregatli va ora-sira joylashganda dastlabki kollektiv flotatsiyali sxema ko’proq samara beradi.
To’rtinchi guruh - rangli metallarning miqdori kam bo’lgan va ora-sira joylashgan rudalar. Rangli metallarning umumiy miqdori qoidaga ko’ra 3÷4% dan ortmaydi, ba`zi hollarda esa 2%. Piritning miqdori ba`zan 30÷40% ga yetadi. Bu guruhdagi rudalarni boyitishda iqtisodiy shartlar bo’yicha dastlabki kollektiv flotatsiya sxemasini qo’llash maqsadga muvofiq [2].

Yüklə 280 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin