1. Flotatsion sxemalarni tuzish prinsiplari Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar


Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar



Yüklə 280 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü280 Kb.
#199481
1   2   3   4   5   6   7
15-Ma’ruza.

Flotatsiya jarayoniga ta`sir etuvchi omillar


Flotаtsiya jаrаyonigа reаgentlаrning tа’siri. Flotatsiya - universal va yuqori texnologik ko’rsatkichlarga erishish mumkin bo’lgan jarayon hisoblanib, uning borishiga ko’p sonli omillar ta’sir qilishi mumkin. Ularga: dastlabki mahsulotning mineral tarkibi va yirikligi, bo’tananing zichligi, harorat, reagent tarkibi, suvning tarkibi, flotatsiya vaqti, bo’tananing mashinadagi aeratsiyalanish darajasi va h.k.
Boyitilayotgan rudaning mineral tarkibiga qo’llanadigan reagentlarni tanlash, ularning sarfi, va rudadagi komponentlarni ajralish ketma-ketligi tanlanadi. Rudani mineral - petrografik o’rganish asosida flotatsiyadan oldin hamma mineral komponentlarning tarkibi, kristallarini o’sishinining o’zaro tuzilishi, begona aralashmalarining oksidlanish darajasi va har qaysi komponentning massa ulushi belgilanadi. Buning asosida reagentlar tanlanadi, yanchish va flotatsiya sxemalari belgilanadi [1].
Turli xil rudalar turlicha flotatsiyalanadi. Sulfidli minerallarni nosulfid minerallardan flotatsiya usuli bilan oson ajratish mumkin. Sulfidli rudalarning oksidlanishi va tanlab eritilishi natijasida hosil bo’lgan oksidli rudalarning flotatsion qobiliyati sust bo’ladi va ular avval sulfidlanmasdan turib flotatsiyalanmaydi.
Flotatsiyada dastlabki mahsulotning yirikligi shunday bo’lishi kerakki, qimmatbaho komponent zarrachalari o’ziga yopishgan puch tog jinslari minerallardan to’liq ozod bo’lgan va flotatsiyalanuvchi zarrachalarning o’lchami havo pufakchalarining ko’tarilishi kuchiga mos kelishi kerak.
Odatda flotatsiyani zarrachalarning o’lchami 0,02-0,5 mm orasida olib boriladi. Flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarning maksimal o’lchami ularning gidrofobligiga va shakliga bog’liq. Rudani flotatsiyadan oldin yanchganda shunga erishish kerakki, dastlabki bo’tana tarkibida flotatsiyalanishi mumkin bo’lmagan yirik zarrachalar ham, shuningdek, ajralishni keskin ko’paytiruvchi va reagentlar sarfini oshiruvchi, o’lchami 0,02 mm dan kichik bo’lgan shlamlar bo’lmasin.
Bo’tananing qattiq zarrachalarining massa ulushi 15-40% gacha bo’lishi mumkin. Flotatsiyaning ba’zi jarayonlarida suyuqroq bo’tana ishlatish maqsadga muvofiq bo’lsa, ayrim jarayonlar uchun esa bo’tana quyiltiriladi.
Bo’tananing zichligi katta bo’lganda uning pufakchalar bilan to’yinish darajasi pasayadi, yirik mineral zarrachalarning flotatsiyalanishi yomonlashadi, konsentratning sifati pasayadi. Yuqori sifatli boyitma olinishi talab qilinganda flotatsiya suyuqroq bo’tanada olib boriladi.
Haroratning ortishi ko’p hollarda flotatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir etadi. Bunda bir qator reagentlarning (ayniqsa, yog’ kislotalari va sovunlar) eruvchanligi ortib, ularning sarfi kamayadi. Shu bilan bir vaqtda to’plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatilganda bunday hol kuzatilmaydi va bunda bo’tanani faqat qish kunlaridagina isitish maqsadga muvofiq.

Yüklə 280 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin