Mavzu: FOYDA VA UNING XAJMIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR REJALAR: KIRISH. 1. Foyda va unga ta'sir etuvchi omillar 1.1. Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar 1.2 Rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish 2.1. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi 2.2. Firmalarning ishlab chiqarish xarajatlari vaunga ta’sir qiluvchiomillar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari
Kirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra Yalpi talab va taklifni samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash maqsad qilib olingan.1 Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish:makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash; xarajatlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish.