1 Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar 2 Rent
11.7-chizma Tovar qiymati va narxining nisbati
Foyda
Tannarx
N5 N4 Qiymat N3 N2 N1
Chizmadan ko’rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o’rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o’rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o’zini-o’zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo’lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo’ladi. To’rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo’lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o’rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko’proq pul daromadi olish imkonini beradi. Buni yuqorida keltirilgan misoldagi «A» mahsulot qiymati va narxi orqali aniqroq ifodalash mumkin: N1 q 500 so’m; N2 q 600 so’m; N3 q 800 so’m; N4 q 1000 so’m; N5 q 1200 so’m.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (11.8-chizma).
Chizmadan ko’rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to’lovlar amalga oshiriladi. Bu to’lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag’lari uchun to’lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga soliqlar to’laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag’lar kiritadilar. Mablag’larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamg’arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.