To‘pni ilib olish To‘pni ilib olish - darvozabon о‘yin texnikasining asosiy vositasi. Bu ko‘pincha ikki qo'llab amalga oshiriladi. To‘pning yo‘nalishi, traektoriyasi va tezligi qandayligiga qarab, uni pastdan, yuqoridan yoki yondan ilib ushlab olinadi. Darvozabondan anchagina naridan uchib borayotgan to‘plar yiqila turib olinadi. To‘pni pastdan ilib olish darvozabon tomon yumalab kelayotgan, yuqoridan tushib kelayotgan va past (ko‘krak balandligida) uchib kelayotgan to‘plami egallab olishda qo‘llaniladi. Yumalab kelayotgan to‘pni ilib olishning tayyorlov bosqichida darvozabon oldinga engashib, qo‘llarini pastga tushiradi Bunda kaftlar to‘pga qaragan, sal yoziq, yarim bukik barmoqlar yerga tegay deb turadi. Qo‘llar haddan tashqari tarang tutilmasligi kerak. Oyoqlar juftlangan, hech bukilmagan yoki sal bukilgan bo'ladi.
To‘pni qaytarib yuborish To‘pni ilib olish mumkin bo‘lmagan hollarda to‘p qaytarib yuboriladi. Darvozabonning darvozaga ketayotgan to‘p yoTini to‘sishdagi, to‘g’ridan g’izillatib uzatilgan va yuqoridan uzatib tushirilgan to‘plami olib qolishdagi harakatlari to‘pni qaytarib yuborishga kiradi. Bunda darvozabon to‘pni egallab olmaydi. To‘p ikki qo‘llab ham, bir qo‘llab ham qaytarib yuboriladi. Birinchi usul ishonchliroq, chunki bunda to‘sib qoluvchi sath kattaroq bo‘ladi. Biroq ikkinchi usul darvozabondan ancha naridan o‘tayotgan to‘plami qaytarib yuborish imkonini beradi. To‘pni bir qo‘llab yoki ikki qo‘llab qaytarishda dastlabki va tayyorlov bosqichlaridagi harakatlar ko‘p jihatdan to‘pni yuqoridan 80 va yondan ilib olishdagi harakatlarga o'xshaydi. To‘pning harakat yo‘nalishi va traektoriyasiga moslab, darvozabon taranglashgan, barmoqlari sal yoziq bitta qo‘lini yoki ikkala qo‘lini tezlik bilan to‘p qarshisiga uzatadi. To‘p ko‘pincha kaftlar bilan qaytariladi. Gohida to‘p bilakka tegib qaytadi. To‘pni qaytarib yuborganda, uni darvozadan yon tomonga yo‘naltirish tavsiya qilinadi. Darvozabondan ancha naridagi to‘plami yiqila turib bir yoki ikki qo‘llab qaytarib yuborish kerak. Bunda qaytarib yuborish qiyinroq bo‘lgan to‘plarga bir qo‘lda yetib olish mumkinligini nazarda tutish lozim.