1. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha



Yüklə 26,8 Kb.
səhifə6/6
tarix31.12.2021
ölçüsü26,8 Kb.
#49705
1   2   3   4   5   6
Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

1.     Buyruq: Ot soling kun botar yoqqa! (U)

2.     Mslaxat: Oysara, tirik etim qilmang og’lingizni! (X.X.).

3.     Iltimos: Ashuladan yana bo’lsin! (Kerb).

4.     Orzu-istak: Koshki til bo’lsa-yu, u bilan suhbatlashib o’tirsang!

5.     G’amxo’rlik: Sovuq kotib qolma, issiqroq yot, Shermatjon do’stim! (Ya)

6.     Tashvish: Paxtani navlarga ajratib teraylik! (Gazetadan).

7.     Gumon, tashvish: Ehtimol, u keyinchalik bizni ham eb qo’ysa. (ertakdan).

8.     Hayajon: Ayajon, menga rah meting! Arzu-dodimga eting! (N.S.).

9.     G’azab, do’q: Xatdan o’chir o’g’limni xozir. (O).

Buyruq gaplar turli intonasiya bilan talaffuz etiladi. Kuchli hayajon, do’q, g’azab, qat’iy buyruq gaplarda intonasiya kuchli, maslahat, iltimos, gumon ma’nolari ifodalangan gaplarda oddiy, o’rtacha darajadabo’ladi.

5. Undov gaplar

 

         Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi.



Masalan: Men etim o’sganman, ox u etimlik. (G.G).

Darak, so’roq, buyruq gaplar ham mahsus intonasiya bilan aytilib, undov gapga o’xshab, so’zlovchining ichki his-hayajonini, voqeylikka bo’lgan turlicha munosabatlarni anglatishi ham mumkin. Ammo u turdagi gaplarda asosiy etakchi ma’no darak, so’roq, buyruq ma’nolaridir. Shuning uchun ham ular intinasiya bilan gapga aylanib ketmaydilar.

Undov gaplarda  ichki his-hayajon, so’zlovchining voqelikka bo’lgan munosabati ifodalanadi. Shuningdek, undov gaplarning tuzilishida o’ziga hos struktura va Grammatik belgilar mavjud.

Undov gaplarning tuzilishi.

Undov gaplar quyidagi vositalar yordamida tuziladi:

1. Qanday, qaysi, qanaqa, qancha, necha, shuncha, shunday kabi emotsional kuchaytiruv ma’nosidagi olmoshlar:

Tun nega bu qadar uzun! (Ask.M.).

2. Undov so’zlar: E, baxtlarni balog’atga etkazgan ona! (X.O.).

3. Ana, mana yuklamalari: Ana tantana-yu, mana tantana!- dedi.(A.K.).

So’z, so’z birikmalar ham undov gap xosil qiladi. Eh, xo’rlik qursin! (O). Tavba! (A.K.). Astag’firulloh… (U). Barakalla Ortiq! Qoyilman, polvon inim.

4. Maxsus intonatsiya: Tamom! Endi nima bo’lsa bo’ldi! Endi buning gapiga qarang! (B.P.). Bu tipdagi gaplar shaklan darak, so’roq, buyruq gap bo’lsalar ham, mazmunan kishilarning ichki his-tuyg’ularini ifodalaydi va maxsus intonatsiya bilan aytiladi. Shu bois bunday gaplar undov gap sanaladi.

         Undov gaplarning ma’no turlarui.

Undov gaplar quyidagi emotsional ma’nolarini ifodalaydi:

1.      Taajjub: Ajab zamona ekan! (O). Tavba! (O).

2.      Tashakkur va Rag’batlantirish. Otangga rahmat! (A.K.).

3.      Xayratlanish: Sensan har narsadan mo’tabar aziz! (U).

4.      Zavqlanish, shodlik mamnunlik: polvon nima! (O).

Judas oz, juda yaxshi! (B.P.).

5.      Orzu-umid: Xudo baxtingni bersin, o’g’lim! (O).

6.      Muxabbat: Uning ko’zi oldida Nuri! (O).

7.      Achinish: Ey, o’zingni, xolatingni bilmagan Asrorqul! (A.K.).

8.      Kinoya: Yangi kasb qulluq bo’lsin, boyvochcha! – dedi O’rmonjon. (A.K.).



9.      G’azab, nafrat: Bu qanday maynabozchilik! (O).

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.

  2. A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.

  3. R.Rasulov. So’z  valentligi va sintaktik a’loqa  “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 5-6 1992 y.

  4. A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y.

  5. B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y.

  6. M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali  № 2  1995 y.

  7. F.Ubaeva, R. Saydullaeva to’liqsiz gaplar to’g’risida ba’zibir mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 1  1997 y.

  8. A.Xo’jiev. So’zning morfem tarkibi masalalariga doir. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998 y.

  9. www.ziyonet.uz

Yüklə 26,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin