2-boshlovchi:
Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq.
1-boshlovchi:
Kerak sher oldida sher jangi,
Gar sher o`lmasa bori palangi.
Shu o`rinda o`quvchilar ijrosida "Xamsa"dan parchalar va Navoiy g`azali bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etiladi.
2-boshlovchi:
Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.
1-boshlovchi:
Zamonining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin" deya niyat bildirdi.
2-boshlovchi:
To`rtinchi fasl - "Umr fusulining qishi". Navoiy ishq dardi va ranjining umr oxirida ko`rsatgan natijalariyu jonni o`rtovchi kechinmalarini "Favoyid-ul kibar"da jamlagan.
Tadbirda Navoiy g`azal va ruboiylari bo`yicha mushoira o`tkazishni ham tavsiya qilamiz. Mumtoz musiqa chalinib turadi.
1-boshlovchi:
Alisher Navoiy haqida shoirning do`sti, maslakdoshi Husayn Boyqaro o`z "Risola"sida deydi…
Sahnaga Husayn Boyqaro kirib keladi.
Husayn Boyqaro:
"Mir Alisher turk tilining o`lgan jasadiga Masih nafasi bilan ruh-jon kirgizdi… U har bir she'r turi maydoniga topqir otini surar ekan, o`sha mamlakatni til qilichi bilan o`ziga tobe' etdi. Uning nazmini maqtashga til nuqsonli va qalam ojizdir va bu kun nazm dunyosining ruboi maskunida qahramon udur va uni bu mamlakatni qo`lga kiritgan sohibqiron desa bo`ladi".
Dostları ilə paylaş: |