Muhammad Tarag’ay – Mirzo Ulug’bek



Yüklə 44 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü44 Kb.
#181936
  1   2   3
Mirzo Ulug\'bekning pedagogik g\'oyalari va ma\'rifatparvarlik xizmatlari.


Muhammad Tarag’ay – Mirzo Ulug’bek (1394-1449) Amir Temur sulolasiga mansub ulug’ zot, ulkan davlat arbobi va buyuk dahodir. Amaliy faoliyatida davlat arboblikni olimlik, olimlikni esa davlat arboblik bilan qo’shib olib borish Mirzo Ulug’bekka xos bo’lgan nodir fazilatdir. Ulug’bek – podshohlar ichra donishmand, donishmandlar ichra podshohdir. U – insoniyat tarixida ahyon-ahyondagina uchraydigan noyob fenomen.
Ulug’bekning zamondoshi Sakkokiy qasidalaridan birida Ulug’bekning ilmu kamolotini, buyuklik cho’qqisiga ko’tarila olganligi, dunyoda podshoh va olimlar ko’p o’tganu, ammo unga tenglasha oladigani bo’lmaganligini shunday odil va orif misrlarda bayon etadi:
Salotin dunyoda ko’p keldi-yu ketdi, seningdek bir,
Falakning gar tili bo’lsa ayitsunkim qachon kelgan.
Mirzo Ulug’bekning olam uzra mashhur bo’lishi va tarixda abadiy qolishida buyuk sohibqiron bobomizning ta’lim-tarbiyasi va shaxsan unga nisbatan bo’lgan mehrmuhabbatining ahamiyati beqiyosdir. Amir Temur sevikli nabirasi Muhammad Tarag’ay tarbiyasiga alohida e’tibor bilan qaragan. Amir Temur nabirasi Ulug’bekning o’tkir zehnli, aqlu farosatli bo’lganligi uchun juda sevardi. «Ko’zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi, buning ustiga ko’p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o’tkazar, davlat ishlariga rag’bati yo’q ko’rinar edi.
Ulug’bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug’ullanib, sevimli nabirasiga o’quv-yozuvni o’rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so’ylab bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi.
U Amir Temur saroyida bo’ladigan maslahatlar, olimlar, sayyidlar, ulamolar, shayxlar bilan bo’ladigan kengash va mashvaratlarda, chet eldan kelgan elchi va davlat arboblarini qabul qilgan paytlarda, ziyo fatlar chog’ida, shuningdek, harbiy mashqlar paytlari va yurishlarda Ulug’bekni ko’pincha ishtirok ettirgan.44 U nabirasini qilichboz sarkarda emas, balki buyuk donishmand olim bo’lib etishishini aniq bilgan va shu yo’lda unga rahnamolik qilgan.
Ulug’bek yoshligidan ko’p kitoblarni mutolaa qilgan bo’lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi. U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko’p vaqtini o’tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarida yulduzlarning o’rni va harakatini kuzatish bilan mashg’ul bo’lar edi.
Taniqli olim Bo’riboy Ahmedovning ma’lumotlariga ko’ra, mavlono Badriddin Samarqandda bo’lgan vaqtda Ulug’bekni Qo’ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»sini ko’rsatadi. Shu erda mavlono Badriddin Ulug’bekka alloma al-Farg’oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya» («Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritgichlari harakatining asosini (bir-biriga), qo’shuvchi kitob»)ni ko’rsatadilar.
Shunday qilib, Ulug’bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy yordamida al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, Nasriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va Utrorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishdi.
Fanga bo’lgan zo’r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo’ldi.
Zo’r qobiliyat, o’tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to’plash shunga olib keldiki, Ulug’bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug’bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o’z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida o’zining ko’pgina zamondoshlaridan o’zib ketdi. Shunday qilib, oldin o’tgan ajdodlar – Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlarning madaniy merosi Ulug’bek bilimlarining asosiy manbai bo’ldi.
O’sha davrda aniq fanlarning rivojlanishi, ana shu sohaga oid ajoyib asarlarning yozilishi va, nihoyat, buyuk astronomlar va matematiklar bilan yaqin munosabatda bo’lish Ulug’bek ilmiy faoliyatining asosiy yo’nalishini belgilab berdi.
1411yilda 17yoshli Ulug’bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida uning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug’bek hokim bo’lgach, bobosidan farqli o’laroq harbiy yurishlar bilan kiziqmadi. Aksincha, u o’rta asrlardagi boshqa xokimlardan o’zgacha yo’l tutdi, ko’proq ilm-fanga moyil edi. Lekin, afsuski, Ulug’bekning boshlang’ich ma’lumoti va murabbiy hamda ustozlari haqida to’liq ma’lumotga ega emasmiz. Shunday bo’lsa-da, munajjim Mavlono Ahmad Ulug’bekning dastlabki ustozlaridan biri bo’lsa kerak, deb taxmin qilish mumkin, chunki bu kishi Amir Temur saroyidagi eng yirik olimlardan bo’lib, sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Lekin Ulug’bekning o’zi keyinchalik asosiy asari bo’lmish «Ziji»da faqat Qozizoda Rumiyni 
Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin