Muhammad Tarag’ay – Mirzo Ulug’bek


olimlarning soni 1417 yilga kelib 100 dan ortib



Yüklə 44 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü44 Kb.
#181936
1   2   3
Mirzo Ulug\'bekning pedagogik g\'oyalari va ma\'rifatparvarlik xizmatlari.

olimlarning soni 1417 yilga kelib 100 dan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va obro’liroq edi.
Ular orasida Qozizoda bilan Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.
1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo’ldi. Manbalarda qayd etilishicha, «madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda, bu erga to’plangan adabiyot, san’at va fan namoyandalari Ulug’bekdan madrasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so’rashganda, u barcha fanlardan xabardor bo’lgan biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. Shu erda g’ishtlar orasida iflos kiyimda o’tirgan Mavlono Muhammad Ulug’bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda o’rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. Shundan keyin Ulug’bek uni imtihon qila boshlab, uning chinakam bilimdon odam ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to’g’risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o’qigan; mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan ma’ruzasini Ulug’bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan». Chunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy – nazariy jihatdan kuchli va murakkab masalalarni o’z ichiga olgan edi.
Bu erda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug’bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi.
G’oyat bilimli bu olimni zamondoshlari «O’z davrining Aflotuni» deb ataganlar. U Samarqandda dafn etilgan bo’lib, Qozizodaga yuksak baho bergan Ulug’bekning farmoniga ko’ra, uning qabri ustiga maqbara qurilgan. Bu maqbara Shohizinda maqbaralari yaqinida joylashgan.
Ulug’bekning falaqiyotshunoslik (astronomik) maktabi tarixi-da muhim rol o’ynagan boshqa yirik matematik va astronomlardan biri G’iyosiddin Jamshid ibn Mas’ud edi. U 1416 yildayoq astronomik asboblar to’g’risida risola yozgan edi. Bu asboblarning ko’pidan Ulug’bek rasadxonasida foydalanilgan. U matematika va astronomiyaga oid bir qancha asarlarning muallifidir.
Ulug’bek ta’biri bilan aytganda, sa’y-harakat va tirishqoqlik jilovlari go’zaldir, agar ular ilmiy haqiqatlarga va donolik nafosatlariga erishishga sarflansa, u o’tkir qalami birla va chuqur tafakkuri ila ilmlar sirlariga, san’at nafosatiga etadi. Ulug’bekda shijoat bilan bir qatorda jonkuyar va muruvvatli ma’rifatchilik, ilm-fan ravnaqi yo’lida sahovatli rahnamolik, shirinsuhan va yuksak aql-idrokli insonlik, bag’rikenglik, kelajakni oldindan ko’ra bilishlik singari fazilatlar mujassam edi.
Ulug’bek ilm-fan ravnaq topishiga katta umid bilan qaradi. Bu yo’lda u hormaytolmay mehnat qildi, inson aql-idroki va tafakkuri tantana qilishiga, jaholat va xurofot tumandek tarqalib ketishiga astoydil ishondi. Ilm yordamida kelajakni oldindan ko’rdi.
Mirzo Ulug’bek hazrat bobosi Amir Temur ta’limotiga, yo’l-yo’riqlariga, “Tuzuklar” ida belgilab berilgan qonun-qoidalarga umrbod sodiq qoldi. Amir Temurning, kuch-adolatdadir, degan umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan dono o’giti va sabog’i Mirzo Ulug’bekning shoh va donishmand sifatidagi ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, ma’rifiy-urfoniy faoliyatida mezon bo’lib xizmat qildi.
Bobosidan qolgan bebaho yodgorlik – vasiyat va tuzuklarni Mirzo Ulug’bek o’zining ilmiy-amaliy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatida dasturulamal deb bildi, ulardagi asosiy g’oyalardan aslo chekinmadi. Amir Temurning “Millatning dardlariga darmon bo’lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko’ring, yo’qsullarni boylar zulmiga tashlamang. “Adolat va Ozodlik” dasturingiz, rahbaringiz o’lsun… Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas”, – degan ta’limotini Ulug’bek qalb to’rida saqladi va tadbiq etdi.
Mirzo Ulug’bek xalqni, saltanat sohiblarini ochiq yuzlilik, samimiyat, mehr-shafqat bilan o’ziga rom etdi. Adolat bilan ish yuritdi. Raiyat ahvolidan doimo ogoh bo’lib turdi, har bir o’lka va shahar aholisining ulug’lari, buzurglari, ahli donishlari bilan hurmatli munosabatda bo’ldi. Qo’l ostidagi mamlakat aholisining rasm-rusm, odatlari, an’analari, tarixi, madaniyati va tili, e’tiqodlariga hurmatla qarashlarini qattiq turib talab qildi. Hokimlar, sipohdan qaysi birining xalqqa jabr qilganini eshitsa, insof-adolat bilan chorasini ko’rdi. Islom diniga bobosi kabi e’tiborla munosabatda bo’ldi.
Ulug’bek o’z asarlari, ma’naviy-axloqiy ta’limoti orqali barcha insonlarni go’zal xulqli, mexr-oqibatli bo’lishga va yaxshilikka chaqirdi. Go’zal xulqli bo’lish, faqat yaxshilikni o’ylab, yaxshilik qilishdan charchamaslik, ezgulik deya yashash, o’zida borini o’zgalar bilan baham ko’rish, muhtojlarga yordam berish, yoru do’stlar sharafi, nomusini himoya qilish, zohiran va botinan pok yurish, tirikchilikni halol topilgan non bilan kechirish har qanday odamning ma’naviy qiyofasini bezaydi, deydi. Ayniqsa, hokimlar, podshohlar adolatli, insonparvar, mard va kechirimli bo’lsalar xalqning baxtistiqbolidir. Ulug’bekning o’zi xuddi shunday go’zal ma’naviy-axloqiy fazilatlar sohibi edi.
Ulug’bek nafaqat o’zi mansub millatning, ayni paytda butun insoniyatning ham faxridir. Ulug’bekday farzandi bo’lgan xalq har qancha faxrlansa arziydi. O’z tomirlarimizda Ulug’bek qoni oqayotganligidan, ruhimizda ul muborak zotning ruhi barhayotligidan baxtiyormiz. “Mirzo Ulug’bek o’z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O’sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o’ylab yashadi, o’z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi. Har qanday millat ham Ulug’bekday farzandni tarbiya etgani uchun g’ururlanishi tabiiy holdir. Chunki bunday insonlar faqat o’z xalqiga emas, balki umumbashariy tsivilizatsiya uchun ham xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi”
Shunday qilib, Mirzo Ulug’bekning milliy va umumbashariy ma’naviy-ma’rifiy va pedagogik ta’limotlar rivojlanishiga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kunda
ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro maydonda obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda.
Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin