1. Genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot uslublari?



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə2/4
tarix17.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#114824
1   2   3   4
Umumiy genetika savol va javob

Genetikaning tadqiqot metodlari-Hozirgi zamon genetika fani irsiyat va o‘zgaruvchanlikni tiriklikning turli tuzilma darajasida, ya’ni molekula, xromosoma, hujayra, organizm va populatsiya holatida tadqiq qiladi. Qayd etilgan vazifalami yechishda genetika fani bir qator metodlardan foydalanadi. Bular qatoriga duragaylash, sitogenetik, molekular genetik, ontogenetik, population -statistik, genetik injeneriya va boshqa metodlar kiradi.
1. Duragaylash orqali genetik tahlil qilish metodining mohiyati - chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlarida ota-ona belgilarining irsiylanishini o‘rganish va uning qonuniyatlarini ochishdan iborat. Bu metod genetikaning asosiy eng muhim metodi hisoblanadi.
2. Sitogenetik metod qo‘llanilganda ota-ona belgilarining duragaylarda irsiylanishini o‘rganish bilan bir vaqtda, ular xromosomalarining holati ham sitologik usulda maxsus mikroskoplar yordamida o‘rganiladi.
3. Populatsion-statistik metod yordami bilan murakkab miqdor, jumladan, xo‘jalik nuqtai nazaridan ahamiyatli belgilarning irsiylanishi o‘rganiladi. Buning uchun ko‘p sonli organizmlar populatsiyasi ustida kuzatish olib boriladi. Tajriba natijasida olingan miqdor dalillar maxsus matematik-statistik metodlar yordamida tahlil qilinadi. Olingan natijalarga asoslanib, belgilarning irsiylanish qonuniyatlari aniqlanadi.
4. Ontogenetik metod yordamida organizmlarning individual rivojlanish jarayonida, genotip va tashqi muhit omillari ta ’sirida belgi va xususiyatlarining fenotipda namoyon bo‘lish qonuniyatlari o‘rganiladi.
5. Molekular genetik metodning mohiyati — irsiyatning moddiy asosi bo‘lgan nuklein kislotalar (DNK, RNK) ning strukturasi va funksiyasini o‘rganishdan iborat.
6. Genetik injeneriya metodi bir organizmning noyob genlari yoki xromosomalarini boshqa organizmga ko‘chirib o‘tkazishga asoslangan.
2. Mendelgacha irsiyat tushunchasi va tushintirish usullari ?
Javob: Mendelgacha bo‘lgan davrda o‘simlik, hayvon va odamlarda turli belgilarning ota-onadan kelgusi avlodlarga berilishiga oid bir qator dalillar yig‘ilgan edi. Masalan: nemis olimi I. G. Kelreyter (1733-1806) tamaki o‘simligi durdgaylarini kuzatib, birinchi marta geterozis hodisasini tasvirladi. Tamaki navlari va turlarini har xil kombinatsiyada duragaylab, ularda ota-ona belgilarining rivojlanishini tekshirdi.Ingliz olimi Т. E. Nayt (1759-1838) no‘xat o‘simligi duragaylarini kuzatib, birinchi avlod duragaylari o‘simliklari bir xil, ikkinchi avlod duragaylarning esa xilma-xil bo'lishligini ta’kidladi.
Fransuz olimi O. Sajre (1763-1851) o‘simlik duragaylari avlodlarida ota-ona belgilari har xil variantda, qayta taqsimlanib xilma-xillik beradi degan xulosaga keldi.Evolutsion ta’limotning asoschisi Ch. Darvin (1809-1882) irsiyat va o‘zgaruvchanlik tabiiy tanlanish bilan birga organik olam evolutsiyasining asosiy omillari ekanligini isbotladi. G. Mendelga qadar bo‘lgan tadqiqotchilar irsiylanish qonunlarini ochib bera olmadilar. Buning asosiy sabablari quyidagilar edi:
• ularning tajribalarida qo‘llanilgan metodlar mukammal emas edi. Ular, birinchidan, belgilarning irsiylanishini o‘rganishda «oddiydan murakkabga» tamoyiliga amal qilmadilar, ikkinchidan, barcha belgilarning irsiylanishini bir yo‘la o‘rganishga harakat qilgan edilar. Uchinchidan, duragay avlodlardagi xilma-xillik, ya’nibelgilarning ajralishini o‘rganganda, juda qulay bolgan matematik metoddan foydalanmaganlar.
• irsiyatning moddiy asosi - irsiyat omillari haqida oldinga surilgan farazlar ko‘p jihatdan taxminlarga asoslangan bo‘lib, maxsus genetik tajriba dalillari bilan tasdiqlanmagan edi.

Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin