1. Genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot uslublari?



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə1/4
tarix17.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#114824
  1   2   3   4
Umumiy genetika savol va javob


03.00.09- Umuymiy genetika ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish imtixon savol va javoblari.
1. Genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot uslublari?
Javob: Genetika fani barcha tirik organizmlarga xos bo‘lgan - irsiyat, irsiylanish va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini kashf etadi. Bu qonuniyatlarni o‘rganish uning predmeti hisoblanadi. Irsiyat - tirik organizmning o ‘z belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazish, ya’ni nasldan naslga berish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlar avlodlarining turg‘unligi ta’min etiladi. Irsiyat organizmlaming o‘zaro va avlodlararo o‘xshashligining asosiy sababchi omilidir. Shu bilan birga irsiyat har xil turlarga mansub organizmlar belgi va xususiyatlaridagi tafovutlarning avlodlar osha saqlanib qolishini ta’min etadi. O‘zgaruvchanlik – tirik organizmning tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgargan belgi va xususiyatlar hosil qilish xossasidir. O‘zgaruvchanlik tufayli organizmlar o‘z ajdodlaridan hamda bir-birlaridan belgi va xususiyatlari bilan farq qiladilar. Buning natijasida ularda xilma- xillik (polimorfizm) namoyon bo'ladi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik tirik organizmning bir-biriga qarama-qarshi, ammo o ‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan xossalaridandir.
Genetika fanining vazifasi. Genetika fani biologiyaning bir qator nazariy va amaliy muammolarini hal etadi. Uning hal qilishi lozim bo'lgan nazariy muammolari quyidagilar:
• irsiyatning moddiy asoslari - xromosomalar, genlar, DNK va R N K molekulalarining struktura va funksiyasini tekshirish;
• organizmlar belgi va xususiyatlarining kelgusi avlodlarga berilish va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;
• turli fizik va kimyoviy omillar ta’sirida organizmlarda irsiy o‘zgaruvchanlikning paydo bo‘lish qonuniyatlarini ochish;
• irsiy o ‘zgaruvchanlikning organizmlar evolutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq etish.
Genetika fani nazariy qonuniyatlarga asoslanib, katta ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi amaliy muammolarni ham hal etadi:
• madaniy o‘simliklarning yangi navlari, xonakilashtirilgan hayvonlarning yangi zotlari, foydali m ikroorganizmlarning yangi shtammlarini yaratishning samarali metodlarini ishlab chiqish;
• odamlarda turli irsiy kasalliklarning paydo bo‘lishini o‘rganish, ularning oldini olish va davolashning samarali metodlarini yaratish;
• ekologik muhit sharoitini sog‘lomlashtirish, uning irsiyatga salbiy ta’sir etuvchi omillaridan organizmlar genofondini asrab qolishning genetik metodlarini yaratish.

Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin