1. Genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot uslublari?


Taxliliy (bekkross) chatishtirish va gametalar sofligi gipotezasi ?



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə4/4
tarix17.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#114824
1   2   3   4
Umumiy genetika savol va javob

4. Taxliliy (bekkross) chatishtirish va gametalar sofligi gipotezasi ?
Javob: To‘liq dominantlik holatda irsiylanuvchi belgilar bo‘yicha dominant gomozigotali (AA) va geterozigotali (Aa) organizmlami tashqi ko‘rinishiga, ya’ni fenotipiga qarab bir-biridan farq qilib bo‘lmaydi. Mendel bunday fenotipi bir xil, genotipi har xil organizmlaming irsiy asoslarini aniqlashning samarali usulini yaratdi. Bu usul tahliliy chatishtirish deb yuritiladi. Buning uchun tekshirilayotgan o'simlik, masalan, no‘xatning qizil gulli F1 duragay o‘simligi, gulining rangi oq, genotipi retsessiv gomozigotali (aa) no‘xat o‘simligi bilan qayta chatishtiriladi, ya’ni bekkross qilinadi.
No‘xat gulining oq bo‘lishini ta’minlaydigan retsessiv a geni F1 da geterozigota (Aa), ya’ni yashirin holatda bo‘lsa ham u o‘z sofligini saqlab qoladi. Uning gametaga o‘tib va u orqali zigotaga o‘tib, retsessiv gomozigota (aa) holatiga kelganda, gulning rangi oq bo‘lgan o‘simlik hosil bo‘ladi, Yuqorida bayon etilgan fikr va dalillar Mendel ilgari surgan g‘oya - gametalarning sofligi gipotezasining mohiyatini tashkil qiladi. Gametalarning sofligi gipotezasining asosida genlarning sofligi, ularning bir butun, turg‘un irsiy birlik ekanligi haqidagi g‘oya yotadi.
5. Diduragay chatishtirish. Belgilarning mustaqil holda irsiylanish qonuni?
Javob: Diduragay olish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan keskin farqlanuvchi no‘xat navlarini chatishtirdi. Chatishtirishda qatnashgan ona o‘simligining doni sariq rangda, don shakli - yumaloq, yuzasi tekis; ota o‘simligining doni esa yashil va burishgan holatda bo‘lgan. Chatishtirish natijasida olingan F1 duragay o'simliklarining hammasida donlar sariq rangda va tekis holatda bo‘lgan. Demak, donning sariq rangi va uning tekis bo‘lishi to‘liq dominant belgilar, donning yashil va burishgan bo‘lishi esa retsessiv belgilar ekan. Ikkinchi avlodda har ikki belgi bo‘yicha ajralish sodir bo'lib, to‘rtta fenotipik sinflar hosil bo'ladi:
• donlari sariq va tekis o‘simliklar;
• donlari sariq va burishgan o‘simliklar;
• donlari yashil va tekis o‘simliklar;
• donlari yashil va burishgan o‘simliklar.
Fenotipik sinflarning miqdoriy nisbati 9:3:3:1 ga teng. Agarda har bir belgining irsiylanishini alohida tahlil qilsak, u holda F2 da rang bo'yicha ajralishning m iqdoriy nisbati 12 ta sariq:4 ta yashil (3:1); shakl bo‘yicha ajralishning miqdoriy nisbati 12 ta tekis: 4 ta burishgan (3:1) nisbatda bo‘lganligini ko‘ramiz. Bu dalillarga asoslanib, Mendel irsiylanishning uchinchi qonunini kashf etdi. Bu qonun belgilarning mustaqil holda irsiylanishi qonuni deb ataladi. Bu qonunning mohiyati quyidagicha: organizmlarning bir juft belgilari uning boshqa juft belgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda irsiylanadi va xilma xillik berib ajraladi.
Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin