Genuya valyuta tizimi Ikromova Madina
Safarova Mehriniso
1.Genuya valyuta tizimining vujudga kelishi. 2. Genuya valyuta tizimining tamoyillari va xususiyatlari. 3.Genuya valyuta tizimining inqirozi bosqichlari. Reja: Birinchi jahon urushidan keyin mamlakatlar o'rtasidagi tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta tiklanishi natijasida jahon valuta tizimining yangi tamoyillarini ishlab chiqishi kerak edi va bu jahon valuta tizimining yangi bosqichga sabab bo’ldi. Mazkur bosqich oltin quyilma andozasi yoki Genuya valuta tizimi sifatida nom oldi.
Genuya valyuta tizimining vujudga kelishi. 1922-yilda Genuyada o'tkazilgan moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha xalqaro konferensiyada rivojlangan mamlakatlardagi oltin zaxiralari tashqi savdo va boshqa operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni tartibga solish uchun yetarli emas deb ta’kidlangan. Shu sababli, Xalqaro aylanmada oltin va funt sterlingdan tashqari AQSH dollaridan ham keng foydalanish tavsiya etildi. Shundan so’ng, xalqaro to’lov vositasi rolini bajarishga yo‘naltirilgan ikkala valyuta ham deviz nomini oldi va Germaniya, Avstraliya, Daniya, Norvegiya kabi ko‘pgina mamlakatlar oltin deviz standartiga qo‘shilishdi
Tizim asosini oltin va deviz valutalar tashkil etdi. Ushbu davrda 30 ta mamlakatning pul tizimi oltin-deviz standartiga asoslandi. Biroq, zaxira valuta mavqei rasmiy jihatdan hech bir valutaga berilmadi, funt sterling va AQSH dollari ushbu sohada yetakchilik uchun raqobatlashdi.
Oltin paritetlari saqlab qolindi. Valutalarning oltin- ga almashinuvi nafaqat bevosita yo‘l bilan (AQSH, Fransiya, B.Britaniya) balki bilvosita, xorijiy valutalar orqali ham amalga oshirildi.
Erkin suzuvchi valuta kurslari rejimi qayta tiklandi.
Valutani tartibga solish faol valuta siyosati shaklida xalqaro konferensiyalarda amalga oshirildi.
Genuya valyuta tizimining tamoyillari Oltin deviz andozasi -oltin andozasining muayyan shaklini ifodalab, bunda alohida milliy banknotalar oltinga emas, balki boshqa mamlakatlarning valutalariga (oltin quyilmalarga almashinuvchi devizlarga) almashtirilar edi.