1. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sharoitlari. Geofizik qidiruv ishlarini o`tkazish sifati



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə2/5
tarix19.10.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#157466
1   2   3   4   5
7. Quduqlarni tadqiqot qilish

Qarshilik usuli (KS)ni
Qarshilik usuli (KS)ni - quyidagi qarshilik karotajlariga ajratish mumkin:
-oddiy uch elektrodli zondli karotaj;
- tanlangan oddiy zondlar to‘plami yordamida yonlama karotajli zondlash;
-yonlama karotaj;
-mikrokarotaj;
-induksion karotaj;
Tog‘ jinslarini elektrik qarshiliklari, ular tashkil topgan tarkibi, tuzulishi, g‘ovakligi va ular to‘yingan suyuqlikliklarni solishtirma qarshiligiga bog‘liq bo‘ladi. Quduqlardagi tog‘ jinslarini elektrik qarshiliklarni o‘lchash uchun, quduq ichida sun’iy elektr maydoni hosil qilinadi. Maydonning kuchlanishi va tok kuchini bilgan holda, ushbu maydon ta’siri ostida bo‘lgan tog‘ jinslarini qarshiligini aniqlash mumkin. Quduqlarda tadqiqot o‘tkazish uchun, odatiy karotajda, quduq ichiga uchta elektrodli o‘lchash qurilmasi (zond) tushiriladi, bitta elektrod esa quduqni tepa qismiga mahkamlanadi. Tokli elektrodlar tepadagi va quduq ichiga tushirilgan bitta elektrodlardan tok o‘tkaziladi va qolgan ikki elektroddan esa potensiallar farqini aniqlash uchun foydalaniladi. Quduq ichida muhit bir xil bo‘lmaganligi uchun aniqlangan qarshiliiklar taxminiy (kajushim) deb olinadi.
Bu qarshilik juda ko‘p faktorlar: quduq diametri, burg‘ulash qorshimasi qarshiligi, jinslarni solishitirma qarshiligi, jinslarni har xilligidan, quduq ichidagi qatlamga yaqin (flyuid) massani quduq sirti bo‘ylab joylanishi va zondlarni o‘lchamiga bog‘liq bo‘ladi.
Taxminiy(kajushim) elektrik qarshilik miqdori,
Pk = K∆U/I (2)
formula bilan aniqlanadi,
bu yerda:
∆U-ikki zond o‘rtasidagi potensiallar farqi, mV;
I-tok,
K- zond koeffitsiyenti, m, ;
Pk- taxminiy(kajushim) elektrik qarshilik miqdori, Om.m.
Ishlatiladigan o‘lchov zondlar o‘lchamlari va elektrodlarni o‘zaro joylashuviga qarab farqlanadi.
MN va AV zondlar juft zondlar deb ataladi.
Potetsial zond-bu holatda juft zondlar tok zondlarga nisbatan uzoqlashtirilgan. Bu holatda yozish nuqtasi yaqinlashtirilgan toq zondlar o‘rtasida joylashgan.
Gradiyent –zond- bu holatda juft zondlar yaqinlashtirilgan. Bu holatda yozish nuqtasi yaqinlashtirilgan juft zondlar o‘rtasida joylashgan.
Elektrodlarni ketma-ket joylashishiga qarab, (tokli va o‘lchov, yaqinlashtirilgan va uzoklashtirilgan) ular, quyidagilarga bo‘linadi:
-quduq tubi zondlari- juft elektrodlar pastda va quduq tepasi zondlari-juft elektrodlar tepada.
Har xil turdagi va o‘lchamdagi zondlar qatlamlar chegaralaridagi har xil qarshiliklarni turlicha qayd etadi.
Potensial zondlar egri chiziqlari shakllari- qalin qavatli yuqori qarshilikli qatlam. Qatlam qalinligi zond uzunligidan katta.
Yupqa qavatli yuqori qarshilikli qatlam. Qatlam qaliniligi zond uzunligidan kichik.
Gradiyent–zondlar egri chiziqlari shakllari- qalin qavatli yuqori qarshilikli qatlam. Rk ni qayd etishda tepa gradiyent-zondi qatlamni tepa qismi egri chiziqni maksimum qiymati bilan belgilanadi. Qatlam tubiga tushgan sari bu kattalik bir davriy ravishda minimumgacha kamayadi. Yupqa qavatli yuqori qarshilikli qatlamda gradiyent-zond egri chiziqlari maksimum bo‘lib ifodalanadi.
Odatda har bir hudud uchun belgilangan turdagi va o‘lchamdagi zondlar tanlanadi. Standart zondlar har xil qarshilikli qatlam chegarasi ajralishini aniq ta’minlashi kerak. Standart zond qayd etgan taxminiy (kajushiysya) qarshiliklar tog‘ jinslarining haqiqiy qarshiliklaridan katta farq qilmasligi kerak.
Odatdagi uch elektrodli zondlar bilan o‘lchangan taxminiy (kajushiysya) qarshiliklar tog‘ jinslarining haqiqiy solishtirma elektrik qarshiliklariga yaqin bo‘lgan tassavurni beradi.
Tog‘ jinslarini qatlamlarini aniq joylanish chegaralarini, yanada aniqroq bilish uchun- maxsus yonlama zondli karotaj (BKZ) o‘tkazish orqali tadqiq etiladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin