Elektrik filtrlar
Reja:
Elektrik filtrlar turlari.
Elektrik filtrlarni tuzish.
Elektrik filtrlarni ishlasj prinspi.
Chastota ortganda induktiv qarshilik ortadi, sig`im qarshilik esa kamayadi. Induktiv qarshilik tok kuchlanishdan faza bo`yicha 900 ga orqada qoladi, sig`im qarshilikda esa kuchlanish tokdan shuncha burchakka orqada qoladi.
Reaktiv qarshiliklarni bu hususiyatlari amalda turli vazifalarni bajaruvchi elektrik filtr qurilmalarini tuzishda ishlatiladi.
Demak, filtr manbaa bilan iste`molchi orasida joylashgan.
Oldiga qo`yilgan vazufalarga qarab filtrlar quyidagi turlarga bolinadi:
past chastotali filtrlar, ular O dan f chastotagacha bo`lgan toklarni ko`rsatadi.
Yuqori chastotali filtrlar, ular ma`lum chastotadan to chegarasigacha bo`lgan chastotali toklarni o`tkazadi.
Palosali filtrlar, ular f1 dan f2 gacha bo`lgan chastotali toklarni otkazadi.
To`chuvchi filtrlar, ular chastotadagi f1 dan f2 gacha bo`lgan toklarni o`tkazmaydi.
Tuzilishi bo`yicha filtrlar har bir ulanishga ega bo`lgan induktivlik va sig`imlaridan tashkil topgan to`rt qutbliliklarni eslatadi.
Past chastotali filtrlar zanjirida induktivlik ketma-ket, sig`im esa [parallel ulangan bo`lishi lozim, shundagina bunday filtrlar f1 dan 0 gacha bo`lgan chastotali toklarni o`tkazib, f1 dan yuqori chstotali toklarni o`tkazmaydi. Aytib o`tilganidek, past chastotali toklar uchun induktivlik kichkina qarshilikni hosil qiladi, yuqori chastotali toklar uchun katta qarshilik. Sig`im esa uni teskarisi, katta chastotali toklar uchun u kichik qrshilik hosil qilsa, past chastotali toklar uchun esa katta qarshilik hosil qiladi. Shuning uchun u yuqori chastota bo`yicha iste`molchini shuntlaydi, yani yuqori chastotali toklarni o`zi orqali o`tkazib yuboradi.
Past chastotali filtrlar o`zgaruvchan tokni to`g`rilashda qo`llaniladi, yani ular tokni o`zgaruvchi qismini kamaytirish uchun kerak bo`ladi. Shuning uchun ular tekslovchi (sglajevayushie) deb ham ataladi (1-rasm).
Yuqorida chastotali filtrlarda induktivlik va sig`im o`rinlari almashtiriladi, yani ular istemolchilardan yuqori chastotali toklarni o`zkazib yuborib, past chastotali toklarni ushlab qolish zarur (2-rasm).
1-rasm. Past chastotali filtr. 2-rasm. Yuqori chastotali filtr.
G`altak va kondensoner ketma-ket va parallel ulangan tebranish konturini filtrlash ta`sirini ko`rib chiqamiz.
3-rasm. Ketma ket (a) va parallel (b) tebranish konturlari.
Ko`rsatib o`tilgan LC tebranish konturlari asosan polosali va tusuvchi filtrlarda qo`llaniladi. Quyidagi chiziqlarda polosali hamda tusuvchi filtrlar sxemalari keltirilgan (3,4 rasm).
3-rasm. Polosali filtr.
4-rasm. Tusuvchi filtr.
L1C1DAN tuzilgan ketma-ket zanjir va filtr rezonansli va unga qo`shni bo`lgan chastotalar uchun oz qarshilikka ega, shuning uchun u ma`lum polosadagi hamda unga yaqin bo`lgan chastotalarni yahshi o`tkazadi, lekin boshqalarni ushlab qoladi. L2C2 lardan tuzilgan parallel zanjir esa rezonansga moslashtirilgan va unga yaqin chastotalarga katta qarshilik hosil qiladi, ammo boshqalarga esa oz. Shuning uchun u iste`molchini rezonansga yaqin bo`lgan barcha chastotalardan tashqari chastotalardan shuntlaydi, yani ular o`zi orqali o`tkazib yuboradi.
Tusuvchi filtrlar ma`lum chastotali polosani ushlab qolishi lozim. Shuning uchun ketma-ket hamda parallel zanjirlarni o`rni almashtiriladi.
L1C1 dan iborat parallel zanjirlar rezonansi yaqin polosali chastotalarni amalda o`tkazmaydi, shu bilan birgalikda boshqa chastotalarga qarshilik ko`rsatmaydi.
L2C2 dantuzilgan ketma-ket zanjir, unga qarama-qarshi rezonansli va unga yaqin chastotalarni o`zidan o`tkazib yuborib is`temolchini shuntlaydi, yani ular uchun katta qarshilik ko`rsatadi.
Ushbu filtrlarni o`tkazib yuborish harakteristikalari chizmalarda filtrlar bilan yonma-yon berilgan. Ordinata bo`yicha iste`molchilardagi tok ko`rsatilgan.
Adabiyotlar ro`yhati:
А.С.Каримов ва бошкалар. Электротехника ва электроника асослари. Т. «Укитувчи» 1995 йил.
А.Я.Шихин и другие. Электротехника. М. «Высшая школа» 1989 год.
А.Рахимов. Электротехника ва электроника асослари .Т. «Укитувчи» 1998 йил.
А.И. Холбобоев, Н.А.Хошимов. Умумий электротехника ва электроника асослари. 2000 йил.
В.В.Паушин и другие. Основа автоматики вычислительный микропроцессорной техники.Т. 1989 год.
Dostları ilə paylaş: |