Tarkibida tioglikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar Aglikoni tarkibida oltingugurt bo‘lgan glikozidlar tioglikozidlar (S-glikozidlar) deb ataladi. Bu glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan. Tioglikozidlarning ferment ta’sirida parchalanishidan xosil bo‘lgan aglikon qismi efir moylari xossasiga o‘xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bu\i bilan xaydaladi). SHuning uchun bu glikozidlarning ba’zi aglikonlari efir moyi deb yuritiladi.
Tioglikozidlar achchiq bo‘lib, organizmning shilliq qavatlariga va teriga qitiqlovchi ta’sir ko‘rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz mikdorda iste’mol qilinsa, ishtaxa ochadi. Tioglikozidlar kuchli bakteritsid ta’sirga ega.
Tioglikozidlar yoki izotiotsianatlar xayvonlarda bo‘qoq kasalligini paydo qilishi mumkin, degan fikr xam bor.
Tioglikozidlarning turlari ko‘p. Ular asosan, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar) rezadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, karamdoshlar (butguldoshlar) oilasiga kiradigan o‘simliklar (shol\om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o‘simliklar) da keng tarqalgan.
Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o‘simliklardan xozircha faqat xantal uru\i (uni tarkibida tioglikozid sinigrin bo‘ladi) ishlatiladi.
Sinigrin mirozin fermenti ta’sirida glyukoza, kaliy bisulfat va allilizotiatsianatga (xantal efir moyiga) parchalanadi:
Tarkibida sianogen glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar
Glikozidlar parchalanib sianid kislota ajratsa, ular sianogen yoki nitril glikozidlar deb ataladi. Sianogen glikozidlar (amigdalin, prunazin, sambunigrin va boshqalar) zaxarli birikma bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ra’noguldoshlar oilasiga kiradigan o‘simliklarga xosdir. Masalan, achchiq bodom, achchiq danakli o‘rik, shaftoli, olcha, gilos, olxo‘ri, olma, nok, shumurt (cheremuxa) va boshqa o‘simliklar uru\i (ma\zi) ning achchiq mazali bo‘lishi, ular tarkibida sianogen glikozidlar borligiga bo\liq.
Sianogen glikozidlarning parchalanishi natijasida xosil bo‘lgan maxsulotlar efir moylarining fizik xossasiga o‘xshash xossaga ega bo‘ladi.
Tibbiyotda sianogen glikozidlardan asosan o‘z, tarkibida amigdalin saqlovchi dorivor o‘simliklar ishlatiladi. Amigdalin rangsiz kristall birikma bo‘lib, yuqorida aytib o‘tilgan ra’noguldoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklarning uru\i, bargi va boshqa organlarida bo‘ladi. Bu o‘simlik organlari to‘qimasida amigdalin bilan birga emulsin fermenti xam uchraydi. Amigdalin ana shu ferment ta’sirida parchalanib, ikki molekula glyukoza, sianid kislota va benzoy aldegid xosil kiladi:
Gidroliz natijasida ajralib chiqqan sianid kislota benzoy aldegid bilan reaksiyaga kirishib, benzoaldegidsiangidrid birikmasini xosil qilishi mumkin.
Tibbiyotda ishlatiladigan amigdalinli dori turlari achchiq bodom uru\idan yoki uning o‘rnida ishlatilishi mumkin bo‘lgan o‘simliklardan tayyorlanadi.
Maxsulotda amigdalin borligini quyidagi reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin.
1. Achchiq bodom (yoki achchiq o‘rik, shaftoli va boshqalar) uru\i (ma\zi) ni 2-3 tomchi suv bilan chinni xovonchada ezilsa, amigdalinning emulsin ferment ishtirokida parchalanishidan xosil bo‘lgan sianid kislota va benzoy aldegidning o‘ziga xos xidini sezish mumkin.
2. Achchiq bodom (yoki shaftoli, achchiq danakli o‘rik va boshqalar) uru\i 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota bilan chinni xovonchada ezilsa, pushti rang xosil bo‘ladi.
Tibbiyotda ishlatish uchun bodom uru\idan achchiq bodom suvi tayerlanadi.
Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar
Bu guruxga kiruvchi glikozidlarning aglikonlari monoterpenlar va ularning unumlaridan tashkil topgan. Aglikonlar bir yoki bir nechta molekula monosaxaridlar (ba’zan spetsifik yoki disaxaridlar) bilan birlashib, o‘z glikozidlarini xosil qiladi.
Tibbiyotda qo‘llaniladigan tarkibida monoterpen glikozid bo‘lgan o‘simliklarning xammasi va glikozidlari achchiq mazaga ega. SHuning uchun bu gurux glikozidlari achchiq glikozidlar nomi bilan xam yuritiladi.
O‘simliklar tarkibida achchiq mazali birikmalar ko‘p uchraydi. Lekin ularning xammasi xam achchiq glikozidlarga kiravermaydi. Achchiq glikozidlar me’da suyuqligining reflektor ajralishini kuchaytirib ishtaxa ochadi, organizmga boshqacha fiziologik ta’sir ko‘rsatmaydi. Boshka achchiq moddalar esa organizmga turlicha fiziologik ta’sir etadi. Masalan: alkaloidlar (xinin, kapsaitsin, piperidin), turli glikozidlar (yurak glikozidlari, tioglikozidlar) va boshqa birikmalar.
O‘simliklar dunyosida achchiq glikozidlar kam bo‘lib, ular erbaxodoshlar (Gentianaceae), meniantdoshlar (Menyanthaceae), astradoshlar (murakkabguldoshlar)–Asteraceae (Compositae) va qisman yasnotkadoshlar (labguldoshlar) – Lamiaceae (Labiatae) oilasi vakillarida uchraydi.
Monoterpen glikozidlar yaxshi o‘rganilgan emas. Ulardan bir qanchasi sof xolda ajratib olingan. Sof xolda ajratib olingan achchiq glikozidlar amorf yoki kristall modda bulib, neytral yoki kuchsiz kislota xossasiga ega. Ular suvda, etil, metil spirtlarida, ba’zilari xloroformda, efirda, benzolda, dixloroetanda va boshqa organik erituvchilarda eriydi.
Monoterpen (achchiq) glikozidlarning xammasiga xos sifat reaksiyalar va ular miqdorini aniqlaydigan usullar xozircha yo‘q. SHunga ko‘ra monoterpen glikozidlar xozircha achchiq moddalar sifatida standartlanadi, ya’ni ularning achchiqlik ko‘rsatkichi organoleptik usul-Vazitskiy usuli bilan aniqlanadi.
Achchiqlik ko‘rsatkichi deb, tekshirilayotgan achchiq moddani suvdagi eritmasining yoki achchiq glikozidli o‘simliklardan tayerlangan qaytanmaning sezilarlik darajada achchiq mazza beruvchi eng kichik miqdoriga (yoki konsentratsiyasiga) aytiladi.
Maxsulotdan Vazitskiy usulida tayyorlangan qaynatmadan (yoki achchiq modda eritmasidan) 10 ta probirkada turli konsentratsiyali eritma tayerlanadi. So‘ngra probirkadagi suyuqliklar mazzasini (eng kichik konsentratsiyasidan boshlab) birma-bir ta’tib ko‘rib, standart eritma bo‘lgan xinin sulfatning 1:100.000 konsentratsiyali eritmasiga solishtiriladi. Natijada achchiq mazali eng kichik konsentratsiyali probirka topiladi. SHu probirkadagi eritmaning suyultirilgan darajasi topilsa, achchiqlik ko‘rsatkichi kelib chiqadi. Achchiqlik ko‘rsatkichi maxsulot (yoki modda) ning o\irlik (miqdori) birligiga nisbatan xisoblanadi.
Tarkibida yurak glikozidlari (kardenolidlar va bufadienolidlar) bo‘lgan dorivor o‘simliklar
YUrak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar xosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaxarlari) deb ataladi.
YUrak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‘lishi shart:
Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli tuyinmagan lakton (butenolid) xalqasi bo‘lsa, kardenolidlar (I), 6 a’zoli 2 marta tuyinmagan lakton (kumalin) xalkasi bo‘lsa, bufadienolidlar (II) deb ataladi.
Sterioid birikmalarga yurak glikozidlaridan tashqari, o‘simlik va xayvonlar organizmida ko‘p uchraydigan moddalar: vitamin D, ba’zi saponinlar, sterinlar (fito-xamda zoosterinlar), o‘t kislota, jinsiy organlarning garmonlari va boshqa birikmalar kiradi. Bu birikmalarning asosiy skeleti siklopentanperfenantren yadrosidan iborat bo‘lsa-da, ular kimyoviy tuzilishi bilan bir-biridan katta farq qiladi. Faqat yurak glikozidlariga xos guruxlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi OH, 13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi SN3 va 17-nomerdagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton xalqalaridir. 5,11,12 va 16-nomerdagi uglerod atomlarida qo‘shimcha ON, 10-nomerdagi uglerod atomida metil-SN3 (angishvonagul tipi) yoki glikozid molekulasidagi qand skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan – ON guruxi orqali birlashadi. Bitta glikozid tarkibida 5 tagacha monosaxaridlar bo‘lishi mumkin.
Ko‘pincha glikozid molekulasida qand kismi sifatida glyukoza, shuningdek, o‘ziga xos 6-dezoksigeksozalar (6-nomerdagi uglerod atomida ON guruxi bo‘lmaydi), 2-6 – dezoksigeksozalar (2 va 6-nomerdagi uglerod atomlarida ON guruxi bo‘lmaydi) va shu dezoksigeksozalarning 3-nomerdagi uglerod atomi orqali xosil qilgan metil efirlari xamda o‘ziga xos di- va trisaxaridlar bo‘ladi. Xozir yurak glikozidlari tarkibiga kiradigan 350 ta xar xil monosaxaridlar ma’lum.
YUrak glikozidlarining asosiy ta’sir etuvchi guruxi 17-nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 yoki 6 a’zoli bo‘lishi glikozidlar ta’siriga unchalik axamiyatli bo‘lmasa-da, lekin lakton xalqasining parchalanishi yoki to‘yinishi ( masalan, strofantidinda) ular ta’sir kuchini butunlay to‘xtatadi. SHuning uchun maxsulot tayyorlash, quritish va saqlash paytida yuqorida aytib o‘tilgan xolatlarni unutmaslik lozim. CHunki tayyorlangan o‘simlik nam joyda qolsa va o‘z vaqtida to‘\ri quritilmasa, maxsulot tarkibidagi yurak glikozidlari gidrolizlanish, geninning lakton xalqasi to‘yinishi, oksidlanishi xamda parchalanishi mumkin. Natijada glikozidlarning ta’sir kuchi kamayadi yoki butunlay yuqolib ketadi.
Maxsulot tayyorlash va quritish davrida murakkab molekulali yurak glikozidlari parchalanib, bir-ikkita yoki xamma qandlarini ajratishi mumkin. SHuning uchun olimlar o‘simlik to‘qimasida birlamchi, ancha murakkab molekulali, ya’ni genuinli glikozidlar bor deb xisoblaydilar. Ular fikricha, quritilgan maxsulot va ulardan tayerlangan dori turlari tarkibida (shuningdek ajratib olingan kristall xoldagi glikozidlar xam) birlamchi glikozidning gidrolizlanishidan xosil bo‘lgan, bir-ikkita qand molekulasini yo‘qotgan ikkilamchi glikozid yoki geninlar bo‘ladi. Bu fikr ma’lum sharoitda (quritish, saqlash yoki glikozidlarni ajratib olish jarayonida) mavjud bo‘lgan yurak glikozidlarining xaqiqatdan xam osonlik bilan gidrolizlanishiga asoslangan bo‘lishi mumkin. SHunga qaramasdan, o‘simliklarda o‘tkazilgan ayrim tajribalar yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlarda yurak glikozidlari doimo parchalanmasdan, ba’zan murakkablanishi xam mumkin ekanligi isbot qilindi. Masalan, kimyo fanlari doktori prof.N.K.Abubakirov kendr o‘simligi (Apocynum cannabinum L.., Apocynum androsaemifolium L..., ) ildizini ochiq xavoda uzoq vaqt quritilganda uning tarkibida qand molekulasiga boy K-strofanin-– glikozidi kupayib ketishini isbotladi (asosan tirik o‘simlik to‘qimasida monozid, simarin to‘planadi). N.K.Abubakirov bu tajribaga asoslanib, yurak glikozidlarini birlamchi genuinli va ikkilamchi guruxlarga bo‘lish to‘\ri emas, degan fikrga keldi. So‘ngra u o‘simlik tarkibida glikozidlar doimo o‘zgarib turishi (oddiy shakldan murakkab shaklga o‘tishi va aksincha murakkab shakldan oddiylashishi) mumkinligini isbot qildi.
YUqorida bayon etilgan tajribalar yurak glikozidlarining o‘simlik tukimasida yuz beradigan biosintez jaraenida ishtirok etishini xam tasdiklaydi. Ma’lumki, usimliklar kurigani sari ular tukimasidagi namlik kamaya boradi. Bu esa tukimadagi biosintez jaraenining buzilishiga olib keladi. Balki shu davrda tukimanga zarur bulgan suv molekulasini ajratib chikarish uchun kand ishtirokida murakkab glikozid molekulasi sintez bulishi kerakdir.
VILR ilmiy xodimi E.I. Ermakov Erusimum canescens Roth. usimligining urugida ferment ishtirokida gidrolizlanish tufayli yurak glikozidlari mikdori oshishini aniklandi. Maydalangan va namlangan urug 22-25 gradus xaroratda 24 soat kuyib kuyilganda undagi glikozidlar mikdori 10% oshgan. E.I. Ermakov fikricha, bu xodisa kisman yurak glikozidlarining murakkab birikmalar tarkibida uchrashi va ularning gidroliz natijasida sof xolda ajralib chikishi xamda usimlikdan ajratib olinishiga boglik.
YUrakka asosan glikozidlarning geninlari ta’sir etadi. Kand kismi ularning suvda erishini kuchaytiradi va yurak muskullarida tuplanishiga erdam beradi. Bundan tashkari, kand kismi glikozidlarning organizmda shimilishini, ta’sirini tezlatadi va uzok chuzadi.
SHu bilan birga ba’zi kand molekulalari geninlar bilan birlashib, uning ta’sir kuchini uzgartirib yuborishi mumkin. Masalan: ramnoza boshka kandlarga karaganda geninning (konvallatoksin tarkibida) ta’sir kuchini ancha oshiradi, tevitoza kandi genin bilan birlashganida esa (tevetin tarkibida) glikozid molekulasining ta’sir kuchini kamaytiradi.
Odatda yurak glikozidlari uz aglikonlari geninlariga nisbatan yurakka kuchlirok ta’sir kursatadi. SHuni aytish kerakki, ba’zan aksincha ta’sirni xam uchratish mumkin. Masalan, lanatozid E glikozidining aglikoni – gitaloksigenin o‘z glikozidiga nisbatan yurakka 9 marta kuchli ta’sir kiladi. Bufadienolidlarda esa aglikonlar biologik faolligi buyicha o‘z glikozidlariga yakin turadi.
YUrak glikozidlari skeleti tarkibida ayrim funksional guruxlar xam glikozidlarning yurakka kiladigan ta’sir kuchini o‘zgartirishi mumkin. 12-nomerdagi – ON guruxi glikozidlar kuchini oshirsa, 16-nomerli uglerod atomidagi – ON guruxi esa aksincha, faollikni kamaytiradi.
YUrak glikozidlarining faolligiga ularning bo‘shliqdagi va ichki izomer xollari xam ta’sir kiladi, 17-nomerli uglerod atomidagi lakton xalka molekulaga v – xolida birikkan bulsa, glikozid ancha biologik faol, b-xolida birikkan bulsa, juda kuchsiz buladi.
Usimlikdan ajratib olingan toza yurak glikozidlari achchik mazali kristall xoldagi btirikma bulib, suv va spirtda yaxshi, boshka organik erituvchilarda emon eriydi eki butunlay erimaydi.
YUrak glikozidlari usimlik tukimalarida sintezlanadi xamda ular boshka glikozidlar singari usimliklarning barcha organlaridagi xujayra shirasida erigan xolda uchraydi. Bu guruxga kiradigan glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigikuyrukdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar (piezguldoshlar-Liliaceae), ayiktovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiyadoshlar (Asclepiadaceae), selderdoshlar (krestguldoshlar) – Apiaceae (Cruciferae), dukkakdoshlar (Fabaceae), jukadoshlar (Tiliaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar (Celastraceae) va boshka oila vakillari tarkibida topilgan.
Xozirgacha butun dune mikesida usimliklardan 400ga yakin yurak glikozidlari ajratib olingan. SHulardan 160 tasi sobik Ittifokda olingan va o‘rganilgan. Ajratib olingan glikozidlarning 380 tasi kardenolidlarga, kolganlari esa bufadienolidlarga kiradi.
Ma’lum bulgan yurak glikozidlarni tashkil etishda 136 ta aglikon va 35 ta monosaxaridlar ishtirok etadi.
Dorivor o‘simlik maxsulotlari va fitopreparatlar tarkibidagi yurak glikozidlarning mikdorini aniklashning kator usullari bor bulishiga karamasdan sobik Ittifok Davlat farmakopeyasida (boshka xamma davlatlar farmakomeyasi xam) bu gurux glikozidlarni saklovchi maxsulotlarni biologik analiz kilish – ya’ni maxsulotlarning xayvon organizmiga ta’sir kilish kuchini aniklashni talab kiladi. Bunday talablar kuyilishiga asosiy sabablar:
birinchidan yurak glikozidlari kuchli zaxarli biologik faol birikmalar bulib, ularni kerakli mikdoridan bir oz ortikcha berib yuborilsa, bemorlarni zaxarlab kuyishi va okibati emon bulishi mumkin; ikkinchidan usimlik eki fitopreparat tarkibidagi yurak glikozidlarining mikdori ularning xayvon organizmiga ta’sir kilish kuchiga doimo tugri kelavermaydi.
Biologik usullar yurak glikozidlarining usimlik tarkibida borligini va ta’sir kuchini aniklovchi boshlangich analiz bulib, ular yurak glikozidlarining zaxarli mikdorida xayvonlarni yurak ishini tuxtatishga asoslangan.
YUrak glikozidlari ta’siriga sezgir xayvonlar mushuk, baka, kaptar va dengiz chuchkasi. Bularning ichida eng sezgiri mushuk bulib, ular orasida utkazilgan eksperementlar doimo anik xamda tugri natija beradi. Lekin mushukda tajriba utkazish bir oz murakkab, shuning uchun aksariyat tajribalar bakada utkaziladi.
Davlat Farmakopeyasi tarkibida yurak glikozidlari bulgan dorivor usimliklar, ularning maxsulot va fitopreparatlarini biologik faolligini – ta’sir kuchini (biologik standartizatsiyasini) mushukda, bakada va kaptarda utkazilishini talab kiladi. Natijada 1 g (bir gramm) maxsulotning ta’sir kuchi – vallor aniklanadi. Vallor esa bakaga ta’sir birligi (BTB eki LED), mushukka ta’sir birligi (MTB eki KED) va kaptarga ta’sir birligi (KTB eki GED) bilan ulchanadi.
Kuzda tutilgan 30g ogirlikdagi erkak urmon bakasining yuragini sistola xolatida bir soat davomida tuxtatib kuya oladigan yurak glikozidlarining eng kichik mikdori BTB-LED (bakaga ta’sir etuvchi birlik) deb ataladi. Analiz uchun bakalardan - Rana temporaria, Rana ridibunga va Rana esculenta turlarini ishlatish mumkin.
YUrak glikozidlarining tibbietda ishlatilishi
YUrak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bulgan maxsulotlardan tayerlangan dori turlari xamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida kon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshkalar) xamda ba’zi ogir va yukumli kasalliklar natijasida yurak ishining kattik buzilishi kasalliklarini davolashda kullaniladi.
YUrak glikozidlarining tasnifi
Aglikoni tarkibidagi tuyinmagan lakton xalkasining tuzilishiga kura yurak glikozidlari katta ikki guruxga bulinadi:
1.Kardenolidlar. Lakton xalkasi 5 a’zoli va bir marta tuyinmagan (butenolid).
2.Bufadienolidlar. Lakton xalkasi 6 a’zoli va ikki marta tuyinmagan (kumalin).
Kardenolidlar uz navbatida ikki guruxga bulinadi:
A) angishvonagul guruxi. Bu gurux glikozidlarini angikonining xayvon organizmida kuprok tuplanib kolish va kuchli ta’sir kursatish (zaxarlash), kumulyasiya xossasiga egadir;
B) strofantus guruxi. Bu gurux glikozidlarni aglikonining 10-uglerod atomida
A ldegid ( O - S ), ba’zan spirt (-SN2ON) guruxi bulib, ularning
N
kumulyasiya xususiyati yuk.
Dostları ilə paylaş: |