1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari



Yüklə 123,01 Kb.
səhifə3/6
tarix05.04.2023
ölçüsü123,01 Kb.
#93780
1   2   3   4   5   6
XAFSIZLOKNI TA\'MIRLAISH TAMOYILLARI VA USLIBLARINI TAHLIL QILISH

4. Xavflar va ularning turlari


Xavf-xatar deganda, odam sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadigan ko`ngilsiz hodisalar tushuniladi. Xavfning bunday tushunchasi oldingi standart tushunchalar (ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari)ni o`z ichiga oladi, chunki hayot faoliyat xavfsizligi faoliyatning hamma shakllari va omillarini nazarda tutadi.
Hayot faoliyatiga to`g’ri kelmaydigan elementlar tizimi, ximiyaviy hamda biologik faol moddalar yashirin xavfga egadir.
Xavflar taksonomiyasi - bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to`g’risidagi fandir. U faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini yanada chuqurroq o`rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan bo`lib, hali to`la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni tashkil etadi: - kelib chiqishi bo`yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo`ladi;

  • rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga bo`linadi;


  • salbiy oqibatlarning ro`y berish vaqti bo`yicha impul’siy (beixtiyor harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo`ladi;

  • xavflar tarqalishiga yo`l qo`ymaslik bo`yicha (lokalizatsiya) – litosfera, gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog’liq bo`ladi;

  • kelib chiqadigan oqibatlariga ko`ra charchash, kasallanish, jarohatlanish, halokatlar, yong’inlar ko`rinishida bo`ladi;

  • keltiradigan zarari bo`yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga bo`linadi;

  • namoyon bo`lishi bo`yicha maishiy, sport, yo`l-transport, ishlab chiqarish va harbiy bo`ladi;

  • olamga ta`siri bo`yicha o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf tushuniladi.

Xavflar ruyxatibu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir
(o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazyernuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob`ekt (tsex, ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.

Yüklə 123,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin