1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə1/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

Jamiyat taraqqiyotida amalga oshirilgan har bir hodisa va jarayonlar tegishli iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Тaraqqiyotning o‘zgarishida bevosita ishlab chiqarish va iste’mol, iste’mol va ta’minot doimo bir-birini to‘ldirib boruvchi jarayondir. Ishlab chiqarishning o‘sib borishida iste’molchining iqtisodiy holatiga alohida e’tibor berilsa, undagi o‘zgarishlarni o‘rganish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash uchun asos yaratiladi. Har bir ishlab chiqaruvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zlariga taalluqli bo‘lgan mablag‘larini doimo nazorat qilib boradilar va uning natijasida mablag‘lar holatidagi o‘zgarishlarni, tegishli mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati faqat mablag‘lar holati bilan emas, balki boshqarish uslubi, holati bilan o‘rganiladi va tartibga solinadi. Iqtisodiy ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil qilish yordamida boshqarishni takomillashtirish asoslari ishlab chiqiladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni, asosan, ikki faoliyatni, ya’ni iqtisodiy va boshqarish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishda, birinchidan, mavjud mablag‘lar holatini o‘rganish talab qilinadi, bu esa birinchi bor hisobga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi. Hisob yordamida xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan hodisalarni kuzatish, o‘rganish orqali xo‘jalikni boshqarish uchun asos yaratiladi. Xo‘jalik jarayonlarini kuzatish boshqarish talablariga javob bermaydi. Buning uchun kuzatilayotgan jarayon va hodisalardagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarni o‘rganish talab qilinadi va buning yordamida o‘lchov birliklaridan, ya’ni son va sifat bo‘yicha xo‘jalikni boshqarishga asos solinadi. Amalga oshirilgan kuzatish jarayoni o‘zining muntazam tashkil qilinmaganligi bilan, bir yerda olib borilmasligi yoki ma’lum vaqt birligida olib borilishi bilan xarakterlanadi. Olingan ma’lumotlarni umumlashtirish imkoniyati yaratilsa ham uning natijalarini xo‘jalik faoliyatida qo‘llash yetarli deb hisoblanmaydi. Xo‘jalik faoliyatida amalga oshirilayotgan jarayonlar shunday xilma-xilki, ular bir vaqtda yakka holda o‘rganilsa yoki kuzatilsa, boshqa birisida—umumlashtirilgan holatda amalga oshiriladi. Demak, aytish mumkinki, kuzatish yordamida xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘lgan hodisalarni son va sifat tomonlariga alohida e’tibor beriladi. Xo‘jalik hisobini tashkil qilish, uni rivojlantirishda ishlab chiqarishning rivojlanishi, savdoning o‘sib borishi, mulk shakllaridagi o‘zgarishlar har bir ishlab chiqaruvchi, savdogar, mulk egasining o‘z mulkiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi, undan samarali foydalanish, uning to‘liqligini nazorat qilishni talab qildi. Bu talablarni bajarish endi faqat kuzatish olib borish bilan kifoyalanmasdan, faoliyat ko‘rsatishni talab qila boshladi, chunki korxona faoliyatini o‘rganish ko‘p qirrali jarayondir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishlab chiqarish bilan ta’minot bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish, ya’ni ishlab chiqarilganmahsulotni sotishni taqozo etadi. Sotish jarayoni mahsulotning asosan pul ifodasida baholanishini taqozo qiladi, ya’ni hisob ishlarida natural o‘lchov birliklaridan asta-sekin pul o‘lchov birliklariga o‘tish namoyon bo‘ladi. Mulk egasi xo‘jalik jarayonlaridagi o‘zgarishlardan faqat bir maqsadni — foyda olishni ko‘zlaydi. Buning uchun mulk egasi o‘z mablag‘larini qanday mahsulotga, qancha sarf qilganligini, ularning to‘liqligini muntazam nazorat qilish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish faoliyatining kengayib borishi, savdoning o‘sib borishi mulkdorlar mulkiy munosabatini tartibga solishni talab qila boshlaydi, ya’ni har bir mulkdor o‘z faoliyatini boshqarish bilan birga, o‘z mablag‘lari holatini nazorat qilish imkoniyatini seza boshlaydi. Ishlab chiqarishning rivojlanib borishi xo‘jalik faoliyatida nazoratni tashkil qilish bilan xarakterlidir. Nazoratning ta’sir kuchini oshirib borish xo‘jalik faoliyatidagi hodisa va harakatlarning uzluksiz, ma’lum ketma-ketlikda olib borilishini talab qiladi va bu talab hisob turlarida o‘z ifodasini topadi.



Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin