1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Buxgalteriya hisobotiga yoziladigan tushuntirish xati



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə40/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

40- Buxgalteriya hisobotiga yoziladigan tushuntirish xati
Yillik buxgalteriya hisobotiga hisobot yilida korxona faoliyati natijalariga ta’sir qilgan asosiy omillar tushuntirilgan va korxonaning moliyaviy holati aks ettirilgan tushuntirish xati ilova qilinadi. M a’lumki, hisobot shakllarida korxona va tashkilotlar xo‘jalik mablag‘larining joylashishi hamda tashkil toppish manbalari jadval ko‘rinishida ifoda etiladi. Jadvallardagi ma’lumotlar esa korxona xo‘jalik faoliyati, hisobot davrida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ularning sababi to‘g‘risida to‘la ma’lumot bermaydi. Bu ma’lumotlarni yuqorida aytib o‘tilgan yillik hisobotga yozilgan tushuntirish xatidan olish mumkin. Unda hisobot davrida tashkilot bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi, unga ta’sir qiluvchi omillar, shartnoma shartlarining bajarilishi, asosiy vositalardan samarali foydalanish, xarajatlar holati, rejaga nisbatan haqiqiy bajarilishi ko‘rsatiladi. Тushuntirish xatining kirishida qabul qilingan qonunlarning bajarilishi, hukumat tomonidan chiqarilgan qarorlarning bajarilishi uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar yoziladi. Unda hisobot davrida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning qisqacha mazmuni ko‘rsatilishi kerak. Ayrim sabablarga ko‘ra belgilangan inventarizatsiya rejalari bajarilmagan bo‘lsa, uning sabablari ko‘rsatilishi kerak. Agar hisobot davrida ishlatilmay kelinayotgan asosiy vositalar mavjud bo‘lsa, uning sababi yozilishi shart. Bunda asosiy vositalardan samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatish zarur.
Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin