1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari


- Buxgalteriyaning avtomatlashtirilgan ish o‘rni haqida tushuncha



Yüklə 89,22 Kb.
səhifə36/40
tarix13.02.2023
ölçüsü89,22 Kb.
#84119
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
1. Hisob to‘g‘risida tushuncha, uning turlari

36- Buxgalteriyaning avtomatlashtirilgan ish o‘rni haqida tushuncha
Fan va texnikaning hozirgi rivojlanishi inson faoliyatining barcha doiralarida avtomatlashtirishni keng joriy etish imkonini beradi. Hozirgi sharoitda avtomatlashtirilgan ish joylarini (AIJ) joriy qilish asosida axborotlarni markazlashtirilmagan holda EHM larda ishlash keng tarqalmoqda. Bunday usul ishni tashkil qilish, axborotlarni yig‘ish, hisob-kitob ishlarini bajarish, qayta ishlash ma’lumotlarini berish tashkilotning o‘zida bajariladi. Bu usulning afzallik tomonlari quyidagilardan iborat:
—axborotlarni kiritish, qayta ishlash va ma’lumotlarni berish mutaxassis va tashkilot boshliqlarining ish joyida amalga oshiriladi, bunday boshqarish va nazorat qilish axborot bilan yaxshi ta’minlanishga imkon beradi;
— ma’lumotlarni yig‘ish, integratsiya qilish, qayta ishlash va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoit yaratadi;
— o‘rnatilgan norma va limitlar oldindan nazorat qilishni kuchaytirishga imkoniyat yaratadi;
— ish kuchi, moddiy va moliyaviy resurslaridan samarali va ratsional foydalanishga imkon beradi;
—reglament bo‘yicha beriladigan yoki foydalanuvchining talabi bo‘yicha beriladigan hisob ma’lumotlarini displey ekraniga yoki mashinoprogramma shaklida berish imkoniyati yaratiladi;
—AIJ asosida axborotlarni markazlashtirilmagan holda qayta ishlash buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning yangi texnologiyasini rivojlantirishga imkon tug‘diradi;
—buxgalteriya AIJi—muammo bo‘yicha yo‘naltirilgan maxsus mashina va inson dialogi sistemasidir;
—texnik planda AIJ-Iskra 1031, ES 1848, IBM PCXT/ AT shaxsiy EHM lar bazasida yaratilgan hisoblash kompleksidan iborat.
Buxgalterning AIJi uchun quyidagi texnik xarakteristikaga ega bo‘lgan SHEXM lardan foydalanishi maqsadga muvofiq: · markaziy protsessorning unumdorligi 10000000 amal/sekund;
· operativ xotirasi qurilmasi hajmi 256—1536 Kbayt;
· yumshoq magnit disk qurilmasi hajmi—320 Kbayt;
· qattiq disk „ vinchester“ —10 M bayt;
· texnik sistemaning arxitekturasi har doim o‘zgarmas.
Тashkilot oborotlarining hajmi vaqt xarakteristikasiga qarab, o‘z sistemasining tizimi yaratiladi. AIJ asosida axborotlarni qayta ishlaydigan sistemani yaratish hamda buxgalter va mashinaning o‘zaro hamkorlikda ishlashi, buxgalteriya hisobini tashkil qilishga yangitdan yondashishni talab qiladi. EHM hisob jarayonining hamma bosqichlarida va hamma kompleks ishlarni bajarishda ishlatiladi. Axborotlarni markazlashtirilgan holatda qayta ishlashda buxgalter bilan mashina o‘rtasida ish taqsimlab olinar edi. AIJ joriy qilinganda faqatgina axborot ishlari avtomatlashtirilmaydi, bu markazlashtirilmagan holda qayta ishlagandek, balki analitik nazorat qilish, tashkiliy metodikishlar ham avtomatlashtiriladi. AIJ da axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi programmalashtirishdan va hisoblash texnikasidan maxsus bo‘limga ega bo‘lmagan buxgalter uchun moslangan.

Yüklə 89,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin