O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 85,95 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü85,95 Kb.
#177307
  1   2   3   4   5   6   7

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“MENEJMENT” KAFEDRASI

“STRATEGIK MENEJMENT” fanidan



KURS ISHI

Mavzu: Vertikal integratsiya strategiyasi va raqobat ustunligi


Bajardi: MN-120 guruh talabasi


Shuxratjonova M
Qabul qildi: Burxonova N
SAMARQAND-2023

MUNDARIJA


KIRISH 2
1. Iqtisodiy integratsiya tushunchasi, uning shakllari va xususiyatlari. Vertikal integratsiya tushunchasi va uning strategiyasi. 4
2. Raqobat tushunchasi. Raqobat ustunligi va uni ifodalaydigan muhim ko`rsatkichlar. 12
3. Raqobatda ustunlikka erishish uchun qo’llaniladigan strategiyalar va ularning muhimlik darajasi. 23
XULOSA 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 29



KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar. Korxonaning raqobatdoshlik salohiyatini baholash to’g’risida fikr yuritilar ekan, uning raqobatdoshligi – raqobat kurashi sharoitida o’zining bozordagi ulushini saqlab qolish va uni kengaytira olish salohiyatini ifodalaydi. Tashkilot raqobatdoshligini shakllantirish jarayonida boshqaruv tizimining maqsadi salohiyatdan foydalanishni mumkin qadar oshirishdan iboratdir. Birinchidan, boshqaruv tizimi korxona salohiyatini shakllantirish, undan oqilona foydalanish va to’ldirib turishni amalga oshiradi. Ikkinchidan, korxona salohiyati – o’zaro dinamik aloqador mahalliy salohiyatlar, ya’ni korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi tuzilmalar imkoniyatlarining yig’indisidir.
Korxonaning umumiy salohiyati, mahsulot va xizmatlar taqdim etilishining mavjud darajasi raqobatdoshligini namoyon etadi. Resurslardan yanada oqilona foydalanish uchun salohiyatni bozor muhitining o’zgarishiga muvofiq boshqarishni talab etadi. Mahalliy salohiyatlarni mutanosibligini ta’minlash strategik rivojlantirishga yo’naltirilgan innovatsion tadbirlarni joriy qilish, xizmat ko’rsatish raqobatdoshlikni ta’minlash jarayonini boshqarishning muhim vazifasiga aylanadi. Shunday qilib, «raqobat salohiyati» korxonaning nafaqat raqobatga dosh bera olish imkoniyatlarini, balki uning mavjud resurslarni oqilona ishlatish orqali iste’molchilar ehtiyojini maksimal darajada qondirish qobiliyatini ham tavsiflashi kerak. Yuqorida zikr etilgan fikr va mulohazalarga tayangan holda korxona raqobat salohiyatining tarkibini ochib beruvchi mualliflik yondashuvi tavsiya etiladi. Bunday yondashuv raqobat salohiyatining yuqorida keltirilgan tavsiflariga asoslangan bo’lib, raqobat salohiyati va uning asosida raqobatdoshlik darajasini baholashda yordam beruvchi ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Amerika olimlaridan bir qatorlari shulardan, F. Perru, Y. SHumpeter, K.R. Makkonnell va S.L. Bryu o’z asarlarida shu mavzuda fikr yuritishgan va shu bilan birga o’z vatandoshlarimizdan SH. SHodmonov, U. G’afurovlar tomonidan tayyorlangan asarlarda ham o’z ifodasini topgan.
Kurs ishining maqsadi. Iqtisodiy resurslardan foydalanish salohiyatni aniqlashda jalb qilingan resurslar yig’indisini o’zida aks ettiruvchi integral ko’rsatkichlardan biri bo’lgan resurs sig’imi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi moddiy ashyolar sig’imi, fond sig’imi, fond qaytimi, mehnat unumdorligi, ish haqi sig’imi, asosiy kapitalga investitsiyalar miqdori kabi ko’rsatkichlarni aniqlash nazarda tutiladi. Korxona faoliyatining natijaviy ko’rsatkichi sifatida u tomonidan yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat miqdoriga baho beriladi. Korxonaning raqobat salohiyatini belgilovchi jihatlardan biri – bu uning maksimal mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish imkoniyati bo’lib, uni aniqlanishda korxonaning mavjud quvvati va mahsulotga bozordagi talabdan kelib chiqib prognozlashni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Kurs ishining predmeti. Korxona raqobatbardoshligi darajasini baholash, korxona raqobat salohiyati to’g’risidagi qator ko’rsatkichlardan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va ushbu ko’rsatkichlarning qay darajada ruyobga chiqqanligini ifodalaydi. Ularni baholash jarayonida korxonaning muayyan vaqt mobaynidagi ko’rsatkichlarni taqqoslash mahsulot ishlab chiqarishni tezkor nazorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, korxona va uning mahsuloti raqobatbardoshligini baholashning mezonlarini to’g’ri tanlay olish zaruriy masalalardan biri ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Kurs ishining obyeti. Firmalar, korporatsiyalar, mijozlar, vertakal integrtsiya jarayonida qo’llaniladigan usullar, turli strategiyalar kabilar.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati mavjud.

Yüklə 85,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin