1. Хo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar
Mundarija Kirish……………………………………………………………………...…3
1. Хo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar………….....4
2. Hisobning predmeti, vazifalari va uning turlari……………………..…..11
3. Хo’jalik jarayonlari………………………………….…………………..19
4. Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi……………………...22
5. Buxgalteriya hisobining metodi (elementlari)…………………..……….26
Xulosa va tayanch iboralar.………………………………………….……..31
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..……………………….........................33
Kirish Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikk aasoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko’plab xo’jalik yurituvchi subyektlarning paydo bo’lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat xo’jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobning to’g’ri yo’lga qo’yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Хususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo’jalik yurituvchi subyektlarda hisob tizimining naqadar to’g’ri yuritilishi, xo’jalikning iqtisodiy-moliyaviy faoliyatini o’rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko’rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o’rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o’taydi.Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’eklarning iqtisodiy faoliyati makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun muhim bo’lgan qarorlar qabul qilish iqtisodiy tahlil fanining metodikasini yanada takomillashtirib borishni taqozo etadi. Тahlil natijasida olingan muhim qarorlar bevosita xo’jalikning boshqaruv tizimini yaxshilash bo’lsa, ikkinchidan ushbu ma’lumotlar tashqi foydalanuvchilarning xo’jalik faoliyatiga bo’lgan qiziqishiga hamda qo’shimcha investitsiyaning kirib kelishiga zamin yaratadi.
Shu jihatdan “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanini o’zlashtirish jarayonida talabalar bozor iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlarini hisobga olgan holda bu fanning mohiyati va ahamiyatini har tomonlama mukammal o’rganish zaruriyatini belgilab berdi. “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanining maqsadi - talabalarga buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit bo’yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo’lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.Jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos keladigan, O’zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta’minlovchi qonun zarur edi. Qonun buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktiv va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy printsiplari va qoidalari, o’z va qarzga olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo’yilgan negiz vazifalar, maqsad va talablarni belgilab berishini talab etadi.