1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə42/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

I. Bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo`shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a 1 hollari. Qo`shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochishga oid ish 1-10 sonlarni o`rganishga bag`ishlangan dastlabki darslardanoq boshlanadi. Bu vaqt ichida o`quvchilar ikki to`plamni birlashtirishga doir va to`plam qismini ajratishga doir ko`p mashhlar bajarishadi. Nomerlashni o`rganish jarayonida har bir son o`zidan olding i songa birni qo`shishdan hosil bo`lishi yoki o`zidan keyingi sondan birini ayirish yo`li bilan hosil bo`lishi o`quvchilar ongiga yetkazilgan edi, bu o`quvchilarga sonlarning qatordagi tartibini o`sish bo`y icha ham o`zlashtirish imkonini beradi.
10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda bolalarni songa birni qo`shganimizda sonnoqda undan keyin keladigan sonni hosil qilamiz, sondan birni ayirganimizda esa qatorda undan oldin keladigan sonni hosil qilamiz, degan xulosaga olib kelamiz.
Bu umumlashtirish, asosida a 1 ko`rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xotirada saqlashlari kerak.
1-1=0, 0+1=1 hollari Ko`rsatmalilikka tayangan holda o`rganiladi.
II. Bosqich. a 2 a 3 a 4 ko`rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.
1. Dastlab sonlarning ikki qo`shiluvchidan iborat tarkibining mos hollari va qo`shish va ayirishning o`rganilgan hollari takrorlanadi, ya'ni 2,3,4 sonlarining ikki qo`shiluvchidan iborat tarkibini o`zlashtirish va eslab qolinadi.
2. Mos hisoblash usuli (sonni qismlari bo`yicha + -) bilan tanishtiriladi.
3. Yangi bilimlarni mustahkamlash va bu bilimlarni har xil vaziyatlarda qo`llanilishi.
4. Qo`shishning sonlar tarkibi va ayirishning mos hollariga to`g`ri keladigan jadvalni o`zlashtirish va eslab qolishga doir ishlar.
a 2 holi. Dastlab, 1 ni ikki marta qo`shish va ayirish talab qilinadigan 3+1+1, 3-1-1….kabi mashqlar Ko`rsatmali sanoq materialidan foydalanib bajariladi. Masalan, katakli taxtachaga 5 ta doiracha, so`ngra yana bitta kvadrat yaqinlashtiriladi. O`quvchilar esa Ko`rsatmalilikka tayangan holda hisoblashlarn i bajarishadi, ular bunda oraliq natijalarni ham aytishadi ayirishga doir misollar ham shunga o`xshash bajariladi.
Shundan keyin noto`la predmet Ko`rsatmalilikdan foydalanish kerak, chunki ik3kala qo`shiluvchi buyumlar orqali berilsa, o`quvchilar yig`indini sanash yo`li bilan topishadi va qaralayotgan usul o`zini oqlamay qoladi.
Misol: Taxtacha oldiga chiqarilgan o`quvchi 4 ta olma rasmini konvyertga soladi, so`ngra yana 2 ta olmani ko`rsatadi. Savol qo`yiladi: o`ylab ko`ringchi bu 2 ta olmani oldingi olmalarga qanday qo`shish mumkin? Javoblar olingach, xulosa chiqariladi: 2 ni qo`shish uchun oldin 1 ni, so`ngra hosil bo`lgan songa yana 1 ni qo`shish mumkin. Taxtada va o`quvchilar daftarlarida bunday yozuvlar hosil bo`ladi.
4+2=6
4+1=5

5+1=6
a-2 hol uchun ayirish usuli ham shunga o`xshash bajariladi. qisoblash usullarini mustahkamlash uchun a 2 bilan bog`liq misol va masalalar og`zaki va yozma yechiladi:


a) qisoblashni davom ettiring. 6+2=6+1=…
b) nuqtalar o`rniga «>» yoki «<» belgisini qo`ying. 2+1….2; 2-1….2
v) 5,7,8 sonlardan 2 ta ortiq sonni yozing.
Bu yerda o`quvchilarning sonlarning mos tarkibini o`zlashtiishga doir bilimlardan foydalanishga o`rgatish kerak. Masalan, 4=2=6, demak, 6 bu 4 va 2 jadvallarni eslab qolishga doir ishlarda o`quvchilar 7=5+2, 6=4+2, 8=6+8, 10=8+2 hollarni xotiralarida saqlab qolishlari kerak. 1 va 2 ni qo`shish va ayrish jadvallarini ongli va puxta o`zlashtirish keyingi hollar uchun muhim va zarur shartdir. a 4 hollari ustida ishlash ham a 2 kabi amalga oshiriladi. Bunda zarur ko`nikmalarni hosil qilish maqsadida ko`plab og`zaki mashqlar va didaktik o`yinlar, ijodiy xarakterdagi mashqlarni bajarish maqsadiga muvofiqdir.

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin