1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichk
18. Ichki nazoratchilarning majburiyatlarini doimiy ravishda qayta taqsimlash Nazoratning samaradorligini oshirish hamda o’z vazifalarini suiste’mol qilinishini oldini olish maqsadida xodimlar o’rtasidagi majburiyatlar qayta taqsimlanib borilishi lozim.
Buxgalter majburiyatlarining doimiy ravishda qayta taqsimlanishi quyidagilarga yordam beradi:
-buxgalter tomonidan har bir faoliyatning o’zaro nazorati tufayli kamchiliklarning yuzaga kelishi ehtimoli kamayadi;
-bitta uchaskada ishlash orqali bir xil ishdan toliqishni oldini oladi va buxgalter ishining samarasini oshiradi;
-buxgalteriya xodimlarining uddaburonligini oshiradi.
Misol
Buxgalteriyaning bir-biriga teng bo’ladigan xodimlarining majburiyatlarini har yili qayta taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Har xil uchastkalarga ishga o’tkazish buxgalterning o’z malakasini yuqori darajada ushlab turishiga yordam beradi. Agar buxgalterga yangi uchastkada qo’shimcha bilimni o’rganish to’g’ri kelsa, bunda arzimagan xarajat bilan bu xodimlar o’zaro aloqador va xo’jalik ishlarini amalga oshirishda yanada epchilroq xodimga aylanadi.