[
OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA
KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2665]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/8-sonli (ro‘yxat raqami 2665-1, 23.06.2017-y.) qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 573-modda)
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais A.
YUSUPOV
Toshkent sh.,
2015-yil 20-mart,
214/8-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi 214/8-sonli
qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini
rasmiylashtirish