1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi



Yüklə 20,23 Kb.
tarix11.02.2023
ölçüsü20,23 Kb.
#83854
2667-2 15.06.2020




[OKOZ:

1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironlarga tibbiy yordam ko‘rsatish / 14.01.07.01 Tibbiy hujjatlar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining
buyrug‘i
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 15-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667-2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2667, 2015-yil 17-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 194-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-may,
117-son
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 11-maydagi 117-son buyrug‘iga
ILOVA
Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 9-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi o‘tkazib yuborilgan kunlarga berilmaydi. Mazkur Yo‘riqnomaning 14-bandi, 15-bandining birinchi xatboshisi, 25-bandi, 37-bandi hamda 46-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
2. 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki olti yoshga to‘lmagan bolaga o‘rnatilgan karantin davrida bolaga qarash uchun ota-onasidan biriga yoki oilaning boshqa a’zosiga karantin belgilangan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) epidemiologik osoyishtalik markazlari tomonidan mehnatga layoqatsizlik varaqasi beriladi.”.
3. 46 va 47-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“46. Bajarayotgan ishining xususiyatiga ko‘ra yuqumli, parazitar kasalliklarni tarqatish xavfini tug‘diradigan shaxslar ishdan chetlashtirilganda yoki atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan yuqumli va parazitar kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga, parazitar kasalliklar bilan zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan tibbiyot muassasasida karantinga olingan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga tegishli davolash-profilaktika muassasasi tomonidan beriladi.
Yuqumli, parazitar kasalliklar bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik karantinda saqlashga moslashtirilgan majmuada karantinga olingan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining hududiy va tuman (shahar) epidemiologik osoyishtalik markazlari epidemiologi yoki sanitar vrachi tomonidan beriladi.
Uy sharoitida karantinga olingan shaxslarga hamda karantinga olingan shaxslarning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bo‘lgan to‘liq kunlariga ularning yashash joyidagi poliklinika tomonidan beriladi.
47. Karantin davrida mazkur Yo‘riknomaning 46-bandida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan mehnatga layokatsizlik varaqasi ish beruvchiga elektron shaklda yuborilishi mumkin.”.
4. 54-banddagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining (bundan buyon matnda Sog‘liqni saqlash vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri T. IShMETOV
2020-yil 11-may
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2020-yil 11-may


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2020-y., 10/20/2667-2/0765-son)

Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin