1
UMURTQASIZLAR
ZOOLOGIYASI FANIDAN
AMALIY MAShG‘ULOTLAR
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
A.K.Xusanov
(O‘quv qo‘llanma 5140100-Biologiya)
Andijon - 2021
2
Umurtqasizlar zoologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar: o‘quv qo‘llanma
A.K.Xusanov.
Mazkur o‘quv qo‘llanma Tabiiy fanlar 5140100 – Biologiya ta’lim yo‘nalishi uchun
o‘qitiladigan Umurtqasizlar zoologiyasi fani uchun ajratilgan vaqt hajmi doirasida, o‘quv reja va
o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan.
Biologiya yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida umurtqasizlar
zoologiyasi fanining tutgan o‘rni yuqori bo‘lib, o‘qituvchining dunyoqarashini shakllantirishda
va er yuzida tarqalgan hayvonlar turlarini hisobga olish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish
masalalarini o‘rganishda, nodir hayvon turlarini asrab qolish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni
belgilashda, ushbu fanning ahamiyati katta.
O‘quv qo‘llanma barcha tabiiy fanlar yo‘nalishidagi talabalarga, magistrlarga, malaka
oshirish tinglovchilariga va tabiatga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar:
I.I.Zokirov – FarDU Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori;
A.Ummatov – AndDU Zoologiya va biokimyo kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari
nomzodi.
Dostları ilə paylaş: |