Tovarlar - moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi
audit amallari.
Reja:
1.
«Ehtiyojlar» tushunchasi
2.
Ehtiyojlarning turlari
3.
Tovarlar va xizmat ishlariga bo'lgan talab
4.
Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari.
Tayanch so’z va iboralar:
Ehtiyojlarning mazmuni. Ehtiyojlarning tarkibi. Moddiy, ma’naviy
ehtiyojlar va mehnat ehtiyoji. Ehtiyojlar tabaqalashuvi. Ehtiyojlarning
cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalish qonuni. Chegaralangan resurslar,
cheksiz ehtiyojlar, yakka, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlari.
Inson tabiatning ajralmas bo’lagidir. Hamma tirik mavjudotlarda bo’lgani kabi
insonlarda ham ehtiyojlar bor. Hamma mavjudotlar yashashi va amal qilishlari uchun
yeyishi, ichishi, nafas olishi, dam olishi, uxlashi, issiq va sovuq havfidan saqlanishi
va avlod qoldirishi kerak. Bularning hammasi insonga hamrox bo’lib, ular fiziologik
ehtiyojlar deb ataladi. Insonning o’ziga xos xususiyati shundaki, u faqat biologik
mavjudotlargina emas, balki ijtimoiy mavjudot hamdir. Shunday ekan inson
extiyojlari boshqa mavjudotlar ehtiyojlaridan farq qiladi. Sof fiziologik ehtiyojlardan
tashqari insonlarda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, ruhiy, huquqiy
ehtiyojlar ham bor. Bularning barchasi insonni yashashi va faoliyat ko’rsatishini
ta’minlaydigan hayotiy ehtiyojlardir. Ehtiyoj va muxtojlik bir-birlaridan biroz farq
qiladi. Ishlab chiqaruvchilar o’ylaydiki, talabalarga kitoblar kerak. Aslida talabalarga
kitob emas, kitob varaqlarida mujassamlangan mazmun kerak. Yoki, hammamiz
avtobusni tezroq kelishiga muxtoj bo’lib o’tiribmiz. Bizda avtobusga emas, balki uni
manzilga tezroq eltib qo’yish xususiyatiga ehtiyoj bor. Bizga avtobusning tezligi
kerak.
O’z tabiatiga ko’ra fiziologik ehtiyojlar — jismoniy ehtiyojlar yoki birlamchi
ehtiyojlardir. Har bir insonning jamiyatga kirib kelishi, avvalo ushbu ehtiyojlarni
qondirishi asosida yuz beradi. Yana insonni shaxs sifatida kamol topishi, jamiyatda
o’zligini topishga intilishi bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlar ham bor. Insonlarning
yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo’lishi uchun
iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar majmui — ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlar deb ataladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning odatdagi jismoniy ehtiyojdan
farqi shuki, uni mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya’ni u ishlab
chiqarish faoliyatini talab qiladi.
Ehtiyojlar nimalarnidir iste’mol etilishi orqali qondiriladi. Ko’lami va iste’mol
etuvchilarning soniga qarab ehtiyojlar yakka, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlariga
ajraladi. Har bir kishining ta’bi, xulq-atvori va jamiyatda tutgan mavqeiga qarab
vujudga keladigan ehtiyojlar —yakka ehtiyojlardir. Masalan, Axmadullo — oddiy
mehnat kishisi. Oddiy, ammo pokiza kiyinishni yaxshi ko’radi. Do’stlari ko’paygan
sari o’zini yaxshi xis etadi. Raxmatillo — oliy ma’lumotli, katta xususiy korxonani
boshqaradi. Korxonaning samarali faoliyati haqida qayg’uradi. Yangi modeldagi
avtomobilda yurishni qoida qilib olgan. Restoranlarda ovqatlanishni afzal deb biladi,
go’shtli taomlarni xush ko’radi. Shaklan yakka, mazmunan ko’pchilik bilan
birgalikda qondirishini talab qiladigan ehtiyojlar — guruhiy ehtiyojlardir. Masalan,
bir guruhda 30 ta o’quvchi bor. Har bir o’quvchi ko’proq bilim olish niyatida
kollejga keladi. Ammo bu niyatga u butun guruh o’quvchilari bilan birgalikda dars
tinglash, vazifalar tayyorlash, to’garaklarda va jamoat ishlarida faol qatnashish orqali
erishadi. Bu yerda har bir ayrim o’quvchining yakka ehtiyoji uchun va kollejning
umumiy ehtiyoji bilan, birlashadi. Bu ehtiyojlarni qondirishda kollej jamoasi va
kollej ixtiyoridagi mol-mulk qatnashadi. Oilaviy ehtiyoj guruhiyiy ehtiyojning o’ziga
xos ko’rinishidir. Ota-onalarimiz, opa-akalarimiz zavodlarda, fabrikalarda va turli
tashkilotlarda ishlaydi. Bu yerlarda ham guruhiy ehtiyojlar amal qiladi. Har bir
ishchi, har bir hodim yaxshi ishlab, daromad olishga harakat qiladi. Ammo bu yakka
ehtiyojlarni talablar darajasida qondirishi uchun mehnat jamoalarining umumiy
ehtiyojlarining umumiy istagi— korxona faoliyati yuksak samara berishi lozim.
Mamlakatda millionlab aholi yashaydi, minglab korxona, tashkilot va muassa-
salar faoliyat ko’rsatadi. Aholi va mehnat jamoalarining yakka va guruhiy ehtiyoj-
larining majmui umumjamiyat ehtiyojlarini vujudga keltiradi. Mamlakat aholisi va
mehnat jamoalarining jamiyatga birlashib, yaxlit organizm sifatida amal qilishini
ta’minlaydigan ehtiyojlar ham umumjamiyat ehtiyojlarining tarkibiy qismlaridir.
Bular: mamlakat tinchligi; aholining sihat-salomat yashashi va kamol topishi;
cheklangan resurslardan tejamli foydalanish; atrof-muhit tozaligi; yalpi milliy
mahsulot va yalpi milliy daromadning ko’payib borishi; davlatning jahon
miqyosidagi mavqeini oshib borishi va boshqalar. Jamiyatdagi ehtiyojlarning
miqyosi va bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyati quyidagilarga bog’liq:
1. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi erishilgan darajaga;
2. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzumiga;
3. Hayot kechirishning tabiiy-jug’rofiy sharoitiga;
4. Tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlarga;
5. Xalqaro muhitga va hamkorlik darajasiga.
Ma’lumki, dunyoda xalq xo’jaligi rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan va
kambag’al mamlakatlar bor. Masalan: Efiopiya, Samoli, Chad kabi mamlakatlardagi
yakka, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlarini AQSH, Yaponiya, Lyuksemburg kabi
mamlakatlardagi yakka, guruhiyiy va umumjamiyat ehtiyojlariga solishtirsak, bu
mamlakatlardagi ehtiyojlar miqyosi va qondirish imkoniyatlarida juda katta farq
borligini ko’ramiz. Rivojlangan mamlakatlar ehtiyojlarining miqyosi keng va xilma
xildir. Kishilik jamiyati turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarni bosib o’tmoqda.
XX
asrning 70 yildan ortiqroq davrda dunyoda ikki bir-biriga qarama qarshi tuzum —
kapitalizm va ijtimoiyizm amal qildi. Kapitalizm sharoitida jamiyat aholi yoppasiga
mulksiz ishlab chiqarish vositalariga tayanadi. O’tgan o’n yilliklarda kapitalistik
mamlakatlarda mulkiy munosabatlarning insoniylashuvi yuz berdi va juda ko’p
mulksiz kishilar mulk egalariga aylanib qoldi. Bozor iqtisodiyoti deb atalmish yangi
iqtisodiyotda odamlar-ning mulk egalariga aylanib borishi ularning ehtiyojlarini
kengayib, xilma xillashib borishi bilan birgalikda bordi. Jamiyat a’zolarining
aksariyat ko’pchiligida o’zlarida mujassamlangan butun iqtisodiy imkoniyatlarini
ishga solib, halol mehnat qilish orqali boyib borishga intilish ehtiyoji tarkib topdi
aholi mulksizligiga asoslangan ijtimoiyistik jamiyatda esa aholining yashash darajasi
yillardan-yillarga pasayib bordi. Shunga muvofiq ravishda aholining ehtiyojlari
torayib, bir xillashib bordi. Aholini aksariyat ko’pchiligida birlamchi hayotiy
ehtiyojlar ustun bo’lib qoldi. Yoki bo’lmasa, ehtiyoj-larning jamiyat taraqqiyotiga
butunlay zid shakllari: amalidan foydalanib boyib olishga intilish; qo’shib yozish
hisobiga boyish poraxo’rlik; tamagirchilik bilan kun o’tkazish; boqimandalik
ehtiyojlari vujudga keldi va avj oldi.
Hayot kechirishning tabiiy-jug’rofiy sharoitini ehtiyojlarga ta’siri shunda
ifodalandiki, sovuq iqlimli mintaqa xalqlarning ehtiyojlari issiq iqlimli mintaqa
xalqlarining ehtiyojlariga qaraganda kengroq va xilma xilroqdir. Sovuq iqlimli
mintaqada yashashlari va faoliyat ko’rsatishlari uchun odamlarga issiq kiyim-
boshlar, poyafzallar, issiq uy-joy, yuqori kalloriyali ovqatlar kerak. Holbuki, issiq
mintaqa xalqlari bunday narsalarga ehtiyoj sezmaydi. Har bir xalqning o’ziga xos
tarixiy-milliy an’analari va odatlari bor. Bu an’ana va odatlar shu halq ehtiyojlari
tarkibidagi o’ziga xoslikni keltirib chiqaradi. Masalan: kishilar jahon miqyosida keng
iste’mol etiladigan ust-bosh va poyafzallardan kostyum-shim, pal’to, plash, kurtka,
mayka, shlyapa, tuflilarni xavas bilan kiyadilar. SHu bilan birga, milliy liboslarimiz
to’n, do’ppi, chakmon, yaktak, poyafzallardan maxsi, kovushlarni nihoyatda
qadrlaydilar. Cho’chqa go’shtini kamdan-kam iste’mol etganlari holda, qo’y
go’shtiga o’chlar. Ehtiyojlar o’z harakteri va nimaga qaratilganligiga qarab ham
guruhiylanadi. Shu jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo’linadi: 1)
Moddiy ehtiyojlar; 2) Ma’naviy-ruxiy ehtiyojlar; 3) Mehnat ehtiyojlari.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan birga yuzaga kelgan.
Ular fiziologik ehtiyojlardir. Ulardan farqliroq, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar azaliy
bo’lmay, jamiyat taraqqiyotining keyingiroq bosqichlarida, aniqrog’i tsivilizatsiya
paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtiyojlar odamlar uchun eng zarur va
hayotiy bo’lib, oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, salomatlik vositalari, transport, aloqa
ehtiyojlaridan iboratdir. Moddiy ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi
shartidir. Moddiy ehtiyojlar jamiyat taraqqiy etib borgani sari tarkiban o’zgarib,
mazmunan kengayib boradi. Bu hol ayniqsa, aloqa, transport va salomatlik vositalari
ehtiyojlarida sezilarli kechadi. Ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar insonni jamiyatga kirib
kelishini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlardir. Baxtli bo’lishga intilish, tabiiy
xudbin-lik, bilim olish, takomillashuvga intilish, adolatga chanqoqlik, baxslashish,
vatanpar-varlik ehtiyojlarini qondirishi insonni kamolot sari yetaklaydi.
Dostları ilə paylaş: |