Mavzu: Yevropa davlatlari 1815-1850-yillarda
REJA:
1.Fransiya 1815-1850 yillar da
2.Germaniya 1815-1849 yillarda
3.Avstriya 1815-1850 yillarda
4.Italiya 1815-1850 yillarda
Tayanch iboralar:
Fransiyada: "Rmigrantlar qiroli". "lyul monarxiyasi". Rcspublikani e'lon qilinishi. Muvaqqat hukumat. Milliy ustaxonalar. Harakatchan gvardiya. "Lyuksemburg komissiyasi". "45 santimli soliq". Ta'sis majlisi. 23-iyun qo'zg'oloni. 1848 yil konstitusiyasi. Legimimistlar. Orleanchilar. Bonaparlchilar. "Tartib partiyasi". 1851 yil davlat lo'ntaruvi.
Germaniyada: Inqilobning bosh masalasi. Badendagi inqilobiy harakatlar. Prussuyada mart inqilobi. Frankfurt parlamenti. Maxsus komissiya. Germaniyani birlashtirish yo'llari. Kichik Germaniya. Buyuk Germaniya. Shlezvig-Golnteyn muammosi. Maimyo bitimi. 9-noyabr davlat to'ntarishi. Imperiya konstitusuyasi.
Fransiyada 1848-1849 yillar inqilobi va uning oqibatlari
Napoleon Bonapart butunlay lor-mor etilgandan so'ng Fransiyada burbonlar sulolasining hukmronligi qayta tiklandi. Fransiya qirolligi taxtiga Lyudovik XVIII o'tirdi. Burbonlar bilan Fransiyaga minglab emigrantlar ham keldi. Emigrantlar feodal imtiyozlarini va boy berilgan feodal mulklarini qaytarilishini talab qila boshladilar. Emigrantlar va katolik ruhoniylar butun mamlakat bo'ylab inqilob va Napoleon rejimining arboblarini ta'qib va qirg'in qildilar. Favqulodda sudlar siyosiy ishlar bo'yicha 10 mingdan ziyod ayblov hukmlarini chiqardi. Mamlakatda feodallar reaksiyasi va terror hukm surdi. Biroq, Burbonlar monarxiyasining tiklanishi Fransiyada Inqilobgacha bo'lgan rejimning qayta o'rnatilishiga olib kelmadi. Cnunki, feodalizm va absolyutizmga to'liq qaytish mamlakatda yangidan inqilobiy norozilik harakatlariga sabab bo'lar edi.
1824 yilda qirol Lyudovik XVIII vafotidan so'ng taxtga Karl X yoki keyinchalik ''Emigrantlar qiroli" nomi bilan ma'lum bo'lgan graf d'Artua o'tirdi. Hukumat 1825 yilda inqilob davrida konfiskasiya qilingan yer mulklari uchun emigrantlarga 1 milliard frank miqdorida pul kompensatsiyasi to'lash haqida qonun qabul qildi. Matbuotga nisbatan senzura kuchaytirildi, ruhoniylaming maklab va maorifga reaksion nazorati o'rnatildi.
Restavratsiyaning reaksion rcjimiga qaramasdan mamlakat kapitalistik yo'ldan rivojlandi.
Qirol Karl X hukmronlik yillarida liberal!arning bir qismi burbonlar sulolasini-burjuaziyaga yaqin bo'lgan orleanskiylar sulolasi bilan almashtirishga barakat qila bosbladilar. Mamlakatda respublika tarafdorlari ham ancha faollashdi.
1827-1831 yillarda Fransiyada ham dastlabki orliqcha ishlab cbiqarish inqirozi ro'y berdi. Natijada xalqning noroziiik harakalari kuchayib. mamlakalda inqilobiy vaziyat yuzaga kcldi. 1830 yilning 25 yilida qirol 4 ta ordonans (farmoyish) chiqardi. Ularga ko'ra deputatiar komiteti tarqatib yuborildi, saylov qonuni o'zgarlirilib, endi faqat yirik yer egalari saylov huquqiga ega bo'ldilar, matbuot erkinligi bekor qilindi va gazo’alarni chop etish uchun oldindan ruxsat olish lartibi joriy qilindi. 1830 yildagi qirol "ordonanslafl xalqning sabr kosasini to'ldirdi. Parijda qurolli qo'zg'olon ko'tarildi.
Karl X mamlakatdan qochib keyinroq Angliyaga borib yashirindi. 1830 yilning 27-29 iyul kunlari Fransiyada inqilob g'alaba qildi. Lui Filip Orleanskiy Fransiya qiroli deb e'lon qilindi. 1830 yil inqilobi dvoryan monarxiyasini burjua monarxiyasi bilan almashtirish bilan nihoyasiga etdi. Bu voqelik Fransiya tarixiga "Iyul inqilobi" nomi bilan kirdi. Franlsiyada "1830 yil xartiyasi" nomi bilan yangi konstitutsiya joriy qilindi. Matbuot va majlis erkinliklarining daxlsizligi e'lon qilindi.
Endi iyul monarxoyasiga respublikachi-demokratlardan iborat muxolifat eng katta xavf solaboshladi.
Iyul monarxiyasi yillarida Fransiyada sanoat to'ntaruvining borish jarayoni jadallashdi. Hunarmandchilik va manufaktiira ishlab chiqarishi o'z o'rnini yirik mashinalashgan sanoal ishlab chiqarishiga bera boshladi. Sanoat to'ntaruvining borishi ishchilar, hunarmandlar, dehqonlar kabi mehnatkash xalq ommasini ahvolini yanada og'irlashtirdi.
1846-1847 yillarda Fransiyada burjua monarxiyasi chuqur inqirozni boshidan kechirdi. 1847 yil mamlakatda iqtisodiy inqirozning boshlanishi yangidan inqilobiy vaziyatni tug'dirdi. Fransiyaning ko'pchilik rayonlarida ochlik isyonlari boshlanib ketdi. 1848 yil 22 fevralda o'n minglab Parij aholisi namoyishga chiqdi. Tinch namoyish Milliy gvardiya qo'shini tomonidan o'qqa tutildi. Natijada Parijda qurolli qo'zg'olon boshlandi. 24 fevral kuni qirol saroyiga hujum boshlangach, Lui Filip vouaga elmagan o'g'H graf Parijskiy foydasiga taxtdan voz kechib, Angliyaga qochdi, tezda qirol saroyi qo'zg'olonchilar tomonidan egallandi.
Burjua liberallari graf Pahjskiyning onasi gersoginiya Orleanskaya regenlligini o'rnalib, Fransiyada monarhiyani saqlab qolishga harakat qildi. Biroq. palataning majlisiar zaliga bostirib kirgan qurolli olomon, respublika e'lon qilinishini talab qildi. Fransiya respublika, deb e'lon qilindi. Muvaqqat hukumat tuzildi. Bir necha kundan so'ng 21 yoshga etgan barcha erkaklar uchun umumiy saylov huquqi haqida dekret chiqdi. Muvaqqat hukumat ishchilarga yon berdi. 2 mart kuni Jsh kunini bir soatga (Parijda 11 soatdan 10 soatga, provinsiyalarda 12 dan 11 soatga) qisqartirish haqida dekret cbiqardi. Bundan lashqari muvaqqat hukumat ishsizlar uchun "Milliy ustaxonalar" nomi bilan ataluvchi jamoat ishlarini tashkil qildi. Milliy ustaxonalar faqat Parijda ochilib, ular Parij xiyobonlariga daraxtlar o'tqazish, ko'chalarni tuzatish kabi ishlar bilan shug'ullanganlar.
Milliy uslaxonalarda mehnat unumdorligidan qat'iy nazar barcha ishchilarga o'zaro teng -kuniga 2 frankdan maosh to'langan. Ishchilar harbiychasiga tashkil qilingan brigada, vzvod va rotalarga birlashtirilgan. May oyida milliy ustaxonalarda 100 mingdan ziyod ishchilar bolgan.
Muvaqqat hukumat ko'ngillilardan maxsus otryad "harakatchan gvardiya" tuzdi. Harakatchan gvardiyada 24 ta balalon bo'lib, bar bir batalon 1000 kishidan iborat bo'lgan. Ishsizlar va shahar qashshoqlaridan iborat "Harakatchan gvardiya"ni hukumat inqilobiy norizilik harakatlarini boslirish maqsadida tashkil etdi.
Ishchilarning "Mehnat va taraqqiyot vazirligi" ni tuzish to'g'risidagi talabiga ko'ra hukumat "Ishchilar masalasi bo'yicha hukumal komissiyasi"ni tuzdi. Bu komissiyaning raisi qllib respublikachi Lui Blan layinlandi. Komissiyaning yig'ilish va majlislarini o'lkazish uchun Lyukscmburg saroyi ajratilib, shu saroy nomi bilan u "Lyukscmburg komissiyasi" deb atalgan. Bu komissiya ishchilar bilan tadbirkorlar va korxona egalarini kelishtirish, ular. o'rtasidagi munosabatlarni - ish haqi, jarima kabi masalalarni hal qilish bilan rnuvofiqlashtirib turgan.
Fevral inqilobi maralakatda iqtisodiy inqirozni yanada chuqurlashtirdi. Muvaqqat hukumal iqtisodiy inqirozning barcha og'irliklarini mehnatkashlar zimmasiga yukladi. Eski soliqlar saqlab qolingan holda yangi soliqlar joriy qilindi, bir yilga dehqonlar to'laydigan to'g'ri soliqlar miqdori 45%ga oshirildi. Dehqonlar soliqning har bir franki uchun 45 santim qo'shimcha soliq (o'laganligi uchun bu soliq "45 santimli soliq" deb atalgan. Mazkur soliq, dehqonlarning iqlisodiy ahvoliga halokatli ta'sir qildi.
1848 yilda Fransiya respublikasi uchun xalqaro vaziyat juda qulay kcldi. Fransiyadagi inqilib Gemianiya, Avstriya, Italiyada inqilobiy va milliy ozodlik harakatlarming ko'tarilishiga, Angliyada chartistlar harakatini yangidan jonlanishiga sabab bo' Idi. Bunday sharoitlarda na Rossiya, na Avstriya va na Prussiya Fransiya respublikasiga qarshi intervcnsiya uyushtirishga imkon topmadi.
1848 yil 23 aprelda ta'sis majlisiga saylovlar bo'ldi. 880 ta depulatlik nomzodlarining 500 tasini ishchilar, 100 ga yaqinini mayda burjua demokratlari egalladilar. Majlisdagi qolgan deputatlik joylari orleanchilar va ligitimistlarga tegishli edi. Ta'sis majlisi 4-mayda oV.ining faoliyatini bosbladi, u muvaqqat hukumatni Ijroiya komissiya bilan Almashtirdi.
15-may kuni 100 mingdan ziyodroq Parij aholisi namoyish uyushtirdi. Ular ishsizlikni tugatish, ruan ishchilarini qonga botirgan aybdorlami jazolash , tashqi siyosatga Polsha mustaqilligini ta'minlash uchun qo'shin yuborishni talab qildilar. Lyukscmburg komissiyasi va milliy uslaxonalarni yopilganligi haqida hukumat qarori chiqdi. Milliy ustaxonalarda band, 18 yoshdan 25 yoshgacha bo'lgan ishchilar armiyaga safarbar etildi. qoiganlari provinsiyalarda botqoqlarni quritish, o'rmonlarda kesilgan daraxt to'nkalarini tozalash va boshqa shu kabi ishlarga jalb qilindi.
Bunga javoban 23 iyunda Parijda qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olonchilarga qarshi 80 ming kishilik doimiy armiya va boshqa yordamchi kuchlardan iborat general Kavenyakning umumiy qo'mondonligidagi qo'shin tashlandi. Qo'zg'olonni bostirish va undan keyingi vaqt davomida 11 mingdan ziyod qo'zg'olonchilar qirib tasylandi, 3,5 ming kishi esa surgun qilindi.
1848 yil noyabrda konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko'ra mamlakatda qirol ega bo'lgan barcha huquqlar bilan prezident lavozimi joriy qilindi. Prezident umumiy saylov yo'li bilan 4 yilga saylangan. U parlamentdan butunlay mustaqil bu'lib, ministrlar, oily I frank 100 santim harbiy ofiserlar va boshqa amaldorlarni almashtirish yoki tayinlash vakolatlariga ega bo'lgan.
1848 yil 10 dekabrdagi prezident saylovlarida Napoleon I ning jiyani Lui Napoleon Bonapart g'alaba qildi. U 1836 va 1840 yillarda 2 marotaba Fransiyada hokimiyatni egallashga uringan o'ta ketgan avantyurist va ayyor siyosatchi edi.
Prezident saylovidan so'ng Ta'sis majlisi tarqatib yuborilib, 1849 yil may oyida qonun chiqaruvchi majlisga saylovlar bo'ldi. Franlsiyada legitimistlar, orleanlar va bonapartchilardan iborat monarxiyachilar "Tartib partiyasi"ga birlashdilar. Saylovda monarxiyachilar g'laba qildilar va majlisda hukmron mavqeini egalladilar. Hukumat Rimda papa hokimiyatini tiklash va Italiyada Fransiyaning ta'sirini mustahkamlash uchun Rim respublikasiga qarshi frantsuz qo'shinlarini yubordi.
1850 yil 15 martda xalq ta'limi kalolik ruhomylar nazoratiga berilganligi haqida 31 mayda saylovchilar sonini 29% yoki 3 mln. kishiga qisqartirgan saylov haqida yangi qonun qabul qilindi.
Tartib partiyasi Fransiyada monarxiyani tiklash uchun zo'r berib harakat qildi. Kndi bu partiyaning o'zida ham (legitimistlar, orleanchilar va bonapartchilar o'rtasida)kurash boshlandi. Yirik yer egalari va oliy ruhoniylarning manfaatini himoya qiiuvchi legilimisllar. burbonlar, yirik kapitalistlar va bankirlardan iborat orleanchilar Lui Filip Orleanskiy vorislarining hukmronligini tiklashga harakat qildilar.
Bu uch siyosiy partiyalar kurashida Lui Napoleon boshchiligidagi bonapartchiiar qolgan 2 partiya ustidan g'alaba qildi. 1851 yilning 2 dekabriga o'tar kechasi Lui Napoleon davlat to'ntaruvini amalga oshirdi. Bir yildan so'ng, 1852 yilning 2 dekabrida Fransiyada ikkinchi marotaba imperiya, deb ataluvchi monarxiya tiklandi. Lui Napoleon, Napoleon III nomi bilan Fransiya imperatori. deb c'lon qilindi.
Germaniyada 1848-1849 yillar inqilobi, uning borishi
va natijalari
XIX asrning 30-40-yillarida Gcrmaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, o'rta asrlar davridan meros qolib kelayotgan feodalizm qoldiqlarini va eng asosiysi, siyosiy tarqoqlikni tugatmasdan turib, mamlakalning ishlab chiqarish kuchlarini o'sishiga va mamlakatni birlashlirishga crishib bo'lmasligini ko'rsatdi. 40-yillarning oxirlarida burjuaziya muxolifatini kuchayishi va xalq ommasining norozilik harakatlarini ko'tarilishi siyosiy ahvolni yana keskinlashayotganligidan dalolat berdi. Fransiyada respublika eMon qilinishi haqidagi xabar, Germaniya davlatlarida inqilobiy harakatlarni boshlanishiga turtki bo'ldi.
Baden gersorligida xalq namoyishlari 1848 yil fevraldayoq boshlandi. Namoyishchilar palataga taqdim etgan talabnomada matbuot, majlis erkinligi,xalq militsiyasi,umumgerman Ta'sis majlisini chaqirish haqidagi xalqning qat'iy talablari aks etdi.Vahimaga tushgan gertsog Leopold bu lalablarning aksariyatini qondirishga majbur bo'ldi.
Mart oyida Prussiyada ham xalq ommasi demokralik islohotlarni talab qilib chiqdi.Berlinda xalq ommasining politsiya va hukumat qo'shini bilan qurolli to'qnashuvlari boshlandi. 18-mart kuni qirol konstitutsiya joriy qilish haqida farmoyish chiqardLalohida farmoyish bilan senzura bekor qilindi.Qirol Fridrix Vilgelm IV liberal ministirlardan iborat yangi hukumat tuzdi. Bu hukumat ayrim burjua islohotlarini amalga oshirish bilan qirol hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi.Prussiyadagi mart voqealari larixga "Mart inqilobi"nomi bilan kirdi.
Germaniya davlatlarida xalqning norozilik harakatlari burjuaziya orasidatezroq umumgerman Ta'sis majlisini chaqirish fikrini tug'dirdi. 31-martdan 3-aprelgacha bo'lgan muddatda Frankfurt-na-Maynida german davlallari vakillarining parlament oldi majlisi (Syc'zdi) chaqirildi.Sye'zd majlis uchun saylovlar o'tkazishga qaror qildi.
1848-yil parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi.!848-yil 18-may kuni Frankfurlda parlament Markaziy Germaniya hukumatini tuzdi. Germaniya impcriyasining muvaffat noyibi lavozimiga Avstriya erts gersgi logann saylandi, liberal ministrlardan iburat hukumat tuzildi, Markaziy hukumat Germaniyada real hokimiyatga ega bo'lmasdan, hokimiyat amalda alohida german davlatlarining monarxlari qo'lida qolaverdi.
Parlament tuzgan maxsus komissiyaning feodal soliq va majburiyatlarini bekor qilish, savdodagi soliq turlarini tugatish, mehnat qilish huquqini joriy qilish haqida olib borgan' uzoq muzokaralari mustamlakachilikni qo'llab-quvvatlab.Poznanni bo'lg'o'si Germaniya imperiyasining ajralmas tarkibiy qismi deb hisobladi.
1848-1849 - yillarda (iermaniya davlatlarida bo'lib o'tgan inqilobning bosh masalasi Germaniyani birlashlirish edi.Germaniyani birlashtirishnig 2 ta yo'H mavjud bo'lib,ulardan biri - xalq ommasining inqilobiy harakatlari bilan "quyidan" birlashtirish yoki Germaniya davlatlari orasidagi yirik davlatlar (Avstriya,Prussiya) ning biri boshchiligida iLyucloridan'' birlashtirish edi.
Shimoliy german davlatlari burjuaziyasining aksariyati Prussiya boshchiligida Avstriyasiz ;'Kichik Germaniya"imperiyasini tuzishgajanubi-g'arbiy german davlatlarining burjuaziyasi esa iqtisodiy jihatdan qudratli bo'lgan prussiya burjuaziyasining raqobatidan cho'chib.Avstriya ham qo'shilgan "Buyuk Germaniya" imperiyasini tuzisbga harakat qildilar. Keyingisiga Avstriya imperiyasining burjuaziyasi ham intilmoqda edi.
Frankfurt parlamentining demokratik so'I oqimi Germaniya federativ respublikasini tuzishga harakal qildilar.
Daniya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan Shlezvig va Golshteyn gertsogliklarida mart oyida qo'zg'olon boshlanib,mazkur gertsogliklarda muvaqqat hukumat tuzildi.Bu gertsogliklar aholisi asosan nemislardan iborat bo'lib,muvaqqat hukurnat Daniyadan ajralib chiqish uchun german davlatlaridan yordam so'radi. Xalqni inqilobiy harakatlardan chalg'itish maqsadida Prussuya Daniyaga harbiy qo'shin kiritdi. Tezda bu 2 gersoglik Daniyadan ajratildi, biroq Rossiya, Angliya va Fransiyaning aralashuvi bilan Shvetsiyaning MaPmyo shahrida kelishuv bitimi imzolandi. Bu bitimga ko'ra mazkur xalqaro nizo echilmaguncha Prussiya qo'shinlari Daniyadan chiqib ketishi lozim edi.
Germaniyani birlashtirishning maqsad va vazitalari mazkur kelishuv bitimini tuzishni taqozo etar edi, aks holda. u german davlatlarining Rossiya, Angliya va Fransiya bilan to'qnashuvini kcltirib chiqarar edi. Shuning uchun 16-sentyabr kuni Frankfurt parlamenti Mal'myo kelishuv bitimini ma'qulladi. Bunga qarshi xalq ommasining Frankfurt-na-Mayneda yangidan norozilik chiqishlari hoshiandi, lekin, u Prussiya va Avstriya qo'shinlari tomonidan tezda bostirildi.
1848 yilning kuz fasliga kelib, Germaniya davlatlarida hukumatlarning inqilobga qarshi kuchlari ustunlikni qo'lga kirita boshladilar. Vena qo'zg'oloni bostirilgandan so'ng, Prussuya qiroli Fridrix Vilgclm IV inqilobning eng ashaddiy dushmanlarini ministrlik lavozimlariga tayinlay boshladi. Ichki ishlar ministri qilib O.Manteyfel tayinlandi. 1848 yil 9 noyabrda qirol Ta'sis majlisi yig'ilishini Berlindan aholisining soni kamroq bo'lgan provinsiai shahar Brandenburgga ko'chirish haqida farmoyish chiqardi. Bu voqelik 9 noyabr davlat to'ntaruvi nomi bilan ataldi. 5-dekabrda Millal majlisini bekor qilinganligi haqida farmoyish chiqdi. Bu konstilutsiya keyinchalik Manteyfel konstitutsiyasi deb ataldi. Konstitutsiya mart inqilobi qo'lga kiritgan yutuqlarmng ko'pchiligini saqlab qoldi. Biroq, u qirolga qonun chiqaruvchi palatalarning bar qanday qarorini bekor qilish huquqini berdi.1849 yil 30 maydagi saylov haqidagi yangi qonun Prussuyada yana senzti saylovni joriy qildi. 1850 yil 2 martida dehqonlarning mayda fcodal soliq va majburiyatlari bekor qilindi.
1849 yil 28 martda Frankfurt parlamenti imperiya konstitusiyasini qabul qildi. Unga ko'ra, Germaniyada meros o'tuvchi imperator hokimiyati va ikki palatadan iborat reyxo’ag joriy qilindi. Konstitusiya xalqqa qonun oldida barchaning tengligi, shaxs va xususiy mulkning daxlsizligi va bosgqa burjua erkinliklarini berdi.
Avstriyada 1848-1849 yillar inqilobi va uning umumiy xususiyatlari
Germaniya davlatlarida inqilobning bosh masalasi german davlatlarini milliy jihatdan birlashtirish bo 1 Igan bo' Isa, ko'p millatli Avstriya imperiyasida burjua-dcmokratik inqilobning bosh masalasi Gabsburglarning feodal-absolyutistik monarxiyasini tugatih. feodal tartiblarini bekor qilish va mustaqil burjua davlatlarini lashkil qilish edi. Germaniya davlatlaridagi kabi Avstriyada ham xalqning inqilobiy harakatlarini ommaviy tus oloshiga Fransiyadagi inqilobning ta'siri katla bo'ldi.
13 martda Venada inqilob boshlandi. Xalq ommasi seym binosini qurshovga olib konstitutsuyani qabul qilinishini va Metternixni iste'foga chiqishini talab qildi. Hukumatning xalq harakatini qurol kuchi bilan bostirishga bo'Igan urinishi uni yanada kuchaytirdi. Saroyning hukrnron doiralari yon berishga majbur bo'ldilar. Metternix iste'foga chiqarilib. senzura bekor qilindi, byurgerlarga qurollangan milliy gvardiya otryadlarini tuzishga ruxsat etildi, shuningdek, talabalarning qurolli otryadlari - "Akademik legionlar" tuzildi. Imperator konstitutsuya ishlab chiqish uehun Venada provinsiyalar seyrni (landtag) majlisini chaqirishga va'da berdi.
Milliy ozodlik harakatlarining eng katta o'choqlaridan biri bu - markazi Praga bo’ Igan Chexiyadagi milliy ozodlik harakati edi. Svetovaslav komiteti Chebiya, Moraviya va Sileziyani markazi Praga bo'lgan avtonom davlatga birlashtirib, yangi vakillik organini tuzish haqida imperatorga talabnoma yubordi. Chexiyadagi Avstriya hukumatining vakillari Svetovaslav komitetining a'zolarini islohotlar tayyorlashga va ushbu komitetni Miiliy komiletga aylantirishga rozi bo'ldilar.
Xorvatiyaning xalq majlisi ham 25 martda imperatorga xalq nomidan talabnoma yuborib, Xorvatiyada milliy hukumat va armiya luzishga ruxsat so'radi. Ferdinand 1 ning ruxsati bilan Gabsburglar hokimiyati ostida yangi "Xorvat-Sloven-Dalmatsiya qirolligi'' tuzildi.
Imperator inqilobni bostirishga qaror qildi. U Markaziy komitetni tarqatib yuborish haqida farmon chiqardi. Bunga javoban Venada xalq harakati ko'tarildi. Xalqning qurolli qarshiligiga dueh kelgan hukumat Markaziy komitetni tarqatish haqidagi farmonni bekor qilib, konlitutsiya loyihasini tayyorlashga kirishganligini c'lon qildi. Shundan so'ng hukumat demokratlarga qarshi o'ziga tayanch qidira boshladi va buni katolik ruhoniylaming ta'siri kuchli bo'lgan qo'shni Tirolda ko'rdi. Imperator Venadan Tirolga qochdi. Avstriya hukumati Venadan harbiy qo'shinlarni ehiqarish va umumiy saylov huquqini joriy qilishga majbur bo'ldi.
Pragada 1848 yilning 2 iyunida slavyanlar kongressi chaqirildi. Kongressning asosiy maqsadi agressiv nemis millatchiligiga qarshi butun slavyan xalqlarini birlashtirish edi. Unga qarshi Pragaga imperiya qo'shinlari keltirila boshlandi. Bunga javoban Praga aholisi 12-17 iyun kunlari qurolli qo'zg'olon ko'tardi, biroq imperiya qo'shini qo'zg'olonni shafqatsiz ravishda bostirdi.
Vena ishehilari fransuz ishchilari kabi mehnat huquqini talab qilib 23 avgustda namoyish uyushtirdilar. Namoyishni tarqatish uchun burjuaziyaning milliy gvardiyasi qurolsiz ishchilarni o'qqa tutdi. 18 kishi halok bo'ldi, 200 ga yaqin kishi yaralandi. 1848 yilning oktyabr-noyabr oylarida Vcnadagi xalq harakati bostirildi, kurash davomida qo'zg'olonchilardan 5000 kishi qurbon bo'ldi.
1849 yilning yanvarida imperiya qo'shini Budapeshtni egalladi. Vengriya poytaxtida inqilobiy harakatlar bostirildi.
1849 yilning 4 martida Venada yangi konstitutsiya qabul qilindi. Konstitutsiya mart inqilobi qo'lga kiritgan barcha muvaffaqiyatlarni bekor qildi. Vengriya avtonomiyasi tugatilib, butun imperiya hududida yagona markazlashgan davlat boshqaruvi ornatildi. Venadagi mart inqilobining muvaffaqivatlari Avstriya imperiyasining boshqa viloyatlarida ham inqilobiy harakatlaming jonlanishiga sabab bo'ldi. 15 mart kuni Pesht shahrining ishchilar, hunarmandlar, talabalar va ziyolilarning vakillaridan iborat xalq ommasi demokral shoir Shandor Petyofi rahbarligida tipografiyani egallab, awaldan tayyorlangan 12 talabdan iborat siyosiy dastur chop qildi. Unda senzurani bekor qilish, seym oidida mas'ul bo'lgan hukumat tuzish, barshchinani bekor qilish va boshqa talablar aks etgan edi. Bratislav shahrida majlisga yig'ilgan Vengriya seymi xalq harakatining keng quloch yoyishdan vahimaga tushib. Vengriyada burjua yangilanishlari haqida bir qator qonunlar qabul qildi, masalan, dvory an laming soliq imliyozlarini va krepostnoylik huquqini bekor qilish, Vengriya qirolining moliya va harbiy sohalarda mustaqilligi haqida parlamenl tizimini joriy qilish va boshqalar shular jumlasidandir.
Venadagi imperalor hukumati ham Vengriyada mustaqil hukumat tuzishga rozilik berdi. Bu hukumalni graf Batian boshqarib, u Avstriyadan ajralib chiqib, mustaqil Vengriya davlatini luzishga harakat qildi.
Budapeshtga Avstriya qo'shini kiritilgach Batian hukumati iste'foga chiqdi. Hokimiyat Layosh Koshut boshchiligidagi Mudofaa komiteti qo'liga o'tdi. Asosiy e'tiborni ko'p sonli milliy armiya tuzishga qaralgan Layosh Koshut 1849 yilning bahoriga kelib 170 ming kishiiik armiya tuzdi.
Debretsenga ko'chgan Vengriya seymi Avstriya imperiyasining yangi konstitutsiyasi qabul qilingan kun - 1849 yil 14 aprelda, unga javob tariqasida, Vengriyaning mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi. Tezda milliy gvardiya Budapeshtni egalladi. 1848 yilning 28 iyulida Koshut hukumati "Vengriyadagi barcha millatlarni teng huquqliligi haqida" qonun chiqardi.
1848 yilning 9 iyunida Rossuya va Avstriya qo'shinlari Vengriya qo'shinlariga qarshi urushga kirishdi. Vengriya respublikasining Fransiya va Angliyadan yordam olish umidi puchga chiqdi. 13 avgust kuni Vilogash ostonasida Vengriya qo'shinining so'nggi qismlari -tor-mor etildi. Vengriya inqilobi mag'lubiyatga uchradi.
Avstriyada inqilob natijasiz bo'lmadi, dehqonlar to'lov yo'li bilan feodal tobeligidan ozod bo'ldilar, pomeshchik sudlari bekor qilindi, dvory an laming soliq, sud va harbiy sohadagi imtiyozlari tugatildi.
Italiyada 1848-1849 yillar inqilobi va uning yakunlari
Italiyada siyosiy tarqoqlik va Avstriuaning milliy zulmiga qaramasdan. unda XIX asrning 30-40-yillarida kapitalistik munosabatlar taraqqiyoti ancha tezlashdi. Mamlakat shimolida sanoat rivojlandi, ko'pgina pomeshchiklar xo'jalik yuritishning kapitaiistik shakllaridan foydalana boshladilar. Biroq, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga hamon feodal munosabatlarning hukmronligi, va absolyutizm to'siq bo'lmoqda edi. Pomeshchiklar va cherkov juda katta yer mulklariga egalik qilar edi. Mamlakatning siyosiy jihaldan birlashmaganligi va ajnabiylar hukmronligi umumiy yagona bozorni vujudga kelishiga yo'l bermayotgan edi. Iqtisodiy jihatdan Italiya nafaqat Angliyadan, balki Fransiyadan ham ortda edi. Aholining 4\5 qismi qishloq xo'jaligida band bo'lib, u sof agrar mamlakat edi. Italiyaning markazi va janubida iqtisodiy jihatdan ancha qoioq bo'lgan pomeshchiklarning latifundiyalari ko'pchilikni tashkil qilar edi.
Italiyaning iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha ilg'or qismlari bu Sardiniya qirollogi tarkibiga kiradigan Pe'monl va Avstriya zulmi ostidagi Lombardiya edi. Italiyada XIX asrning 40-yillaridan temir uo'llar qurilishi, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi natijasida burjuaziyaning va xo'jalik yuritishning kapitalistik usullaridan foydalanayotgan pomeshchiklarning iqtisodiy qudratini oshishi ularga kapitalistik taraqqiyomi ta'minlash uchun mamlakatni birlashtirish lozimligini anglatdi. Italiya davlatlarining bojxona siyosati ham mamlakat savdo va sanoatining rivojiga g'ov bo'lmoqda edi. Chunki dvoryanlarning manfaatiga mos ravishda kuritilayotgan xorijiy mahsulotlar uchun boj soliqlarining miqdori juda past bo'lgan. Shuning uchun yirik burjuaziya va burjualashgan dvoryanlar islohatlarni talab qilayotgan edi. Dehqonlar feodal zulmi ostida nihoyatda czilgan bo'lib, ko'pchilik dehqonlar va hunarmandlar xonavayron bo'lmoqda edi. Italiya manufakturalari va fabrikalardagi ishchilarning ish haqlari past bo'lib, minglab ishchilar ochlikka hukm qilingan edi.
Avstriya zulmidan ozod bo'lmay turib, Ttaliyaning iqtisodiy yuksallshini va milliy tiklanishini ta'minlash mushkul edi. Yaqinlashib kelayotgan Italiya burjua inqilobining eng asosuy vazifasi mustaqillik uchun va davlatni hirlashtirish uchun kurash, shuningdek feodal munosabatlarni tugatish va mayda italyan davlallarida absolyutizmni ag'darish edi.
Shu maqsad uchun kurashda feodalizmga qarshi milliy kuchlar orasida ikkita siyosiy oqim: 1) mayda va o'rta burjuaziya, burjua ziyolilaridan iborat ilg'or toifalarga tayanuvchi "inqilobiy dcmokratlar" va 2) yirik savdo sanoat burjuaziyasi va burjuallashgan dvoryan -pomeshchiklarga tayanadigan "mu'tadil -liberallar" vujudga keldi. Inqilobiy-demokratlar oqimini 30-yillardan Juzeppe Madzini (1805-1872) boshqardi. 1831 yilda u "Yosh Italiya'" nomli maxfly inqilobiy tashkilot tuzdi. Bu tashkilotning siyosiy shiori "Birlik va respublika" edi. Tashkilot a'zolari mamlakatni quyidan, ya'ni xalq qo'zg'oloni va burjua-dcmokratik o'zgarishlari asosida birlashtirishga harakat qildilar. Madzini ijtimoiy islohotlar uchun emas, asosan, siyosiy maqsadlar uchun harakat qildi. Bu esa yer mulklari uchun kurashayotgan dehqonlarni ushbu harakatga jalb qilmadi.
Nissalik dengizchi Juzeppe Garibaldi (1807-1882) 1833 yilda t!Yosh Italiya" jamiyatiga a'zo bo'ldi. Garibaldi keyinchalik Madzini kabi inqilobiy xalq harakatining rahbarlari darajasiga o'sib etdi.
"Mo''tadil liberal oqim'" 40-yillarda, asosan, Italiya shimolida faoliyat ko'rsatdi. Bu oqim Italiyani inqilobiy yo'l bilan "Quyidan" birlashtirishga yo'l qo'ymaslikka va llaliyani Rim papasi boshchiligida yoki Sardiniya qirolligi bosbchiligida italyan davlatlari federasiyasiga aylantirishga harakat qildi. Sardiniya qirolligi taxtida o'tirgan Savoyilar sulolasi vakillari burjua islohotlarini amalga oshirishga moyillik bildirayotgan bo'lib, ularning Italiya liberallari orasida nufuzi baland edi. Abbat Jobeti Italiyani papa boshchiligida birlashtirish harakatiga, Pemontlik markiz d'Azlio va graf Kavur Italiyani Sardiniya qirollogi boshchiligida birlashlirish harakatiga boshchilik qildilar. Kavur 1847 yilda "Uyg'onish" (Risorgimento") nomli siyosiy-iqtisodiy gazeta chiqara boshladi. "Risorjimento" harakati Italiyada XVIII asrning oxirlarida paydo bo'lgan bo'lib, italyan xalqining ma'naviy va siyosiy hayotini yangilashga yo'nallirilgan harakatini anglatar edi.
Appenin yarim orolida qurg'oqchiliklar, iqtisodiy inqiroz oqibatida 1 846-1847 yillarda xalq ommasining norozilik harakati va burjuaziya orasida muxoliflik kayfiyati kuchayadi.
1847 yil iyunda papalik taxtiga arxiepiskop Maston -- Feretti o'tirgach, muxolifat yanada faollashdi. Piy IX nomini qabul qilgan yangi papa liberallarga yaqin bo'lib, avstriyaliklarga ashaddiy dushman edi. Piy IX haqiqatdan ham yirik burjuaziya va dvoryanlarning liberal doiralariga yon bosdi, Rim viloyatida senzurani biroz yumshatdi, siyosiy avf e'lon qildi, alohida provinsiyalarning vakillaridan iborat davlat kcngashi (konsult)ni ta'sis etdi. Muxolifat kuchlarini bo'lib yuborishga va inqilobni oldini olishga qaralilgan papaning bu kabi islohotchiiik siyosati liberallar tomonidan zavq-shavq bilan kutib olindi.
Italiya davlatlarida amalga oshililgan islohotlar inqilobiy harakatlarni to'xtatib qoia olmadi. Ilaliyada dastlabki inqilobiy chiqishlar 1848 yilning 12 yanvarida Sitsiliya orolida boshlandi. Keyinchalik u Italiyaning janubiga va keyin Neapolga ham yoyildi. Xalq harakatining bosimi ostida qirol liberal minisrtliklar tashkil qilib, konstitutsiya joriy qilishga va'da berdi.
Fevral-mart oylarida Toskana, Pemont va Rim viloyatida ham inqilobiy harakatlar boshlandi. Bu hududlarda ham liberal ministrliklar tuzilib, ancha mo'tadil tabiatli konstitutsiyalar qabul qilindi. 18-22 mart kunlari Milan aholisi Avstriya qo'shiniga qarshi qahramonona kurash olib borib, g'alaba qildi. Lombardiyada hokimiyat muvaqqat hukumat qo'liga o'tdi. Milan voqealari bilan bir vaqtda Venetsiyada ham avstriyaliklarga qarshi xalq qo'zg'oloni g'alaba qilib, Venetsiya o'zining mustaqilligini e'lon qildi.
Lombardiyada muvaqqat hukumatni mu'tadil liberalchi graf Kavur boshqardi. U Sardiniya qiroliga murojaat qilib, Lombardiyaga zudlik bilan qo'shin kiritishni so'radi. Qo'zg'olonehilar ommasining talabi bilan Sardiniya qiroli Karl Albert Avstriya qo'shiniga qarshi harbiy harakatlar boshladi. Qirol Karl Albert xalq ommasining kuchidan to'liq foydalangan holda inqilobiy urush olib borishga qo'rqdi. Bu esa Avstriyaga qarshi urush harakatlarining borishiga salbiy ta'sir qildi.
Milliy ozodlik harakati joylarda xalq ommasining pomeshchik va kapilalistlariga qarshi chiqishlari bilan davom etdi. Bu ko'pchilik italyan davlatlarining hukmdorlarini tashvishga soldi. Endi ular Avstriyaga qarshi kurashni to'xtatib, inqilobni bostirishga kirishdilar.
Papa Piy IX 29-apreldagi "murojaati"da Avstriya bilan jang qilmasligini e'lon qildi. 15 mayda Heapolda Ferdinand II inqilobga qarshi davlat to'ntaruvi qilib, dcputatlar palatasini tarqatib yubordi. Heapolilaniya qirolining avstiiyaliklar bilan jang qilish uchun jo'natilgan qo'shinlari chaqirib olindi. Qarshi hujumga o'lgan Avstriya qo'shinlari 1848 yil 24-25 iyul kunlari Kustots ostonasida bo'lgan janglarda Sardiniya qo'shinini butunlay tor-mor etdi. 9 iyul kuni Karl Albert Avstriya bilan sulh shartnomasi imzoladi. Unga ko'ra, Lombardiya Avstriyaga qaytarildi. Moden va Parmada Gabsburglar xonadoni vakillrining hokimiyati qayta tiklandi.
Avstriya qo'shini tomonidan Milanni egallanishi bilan Italiya inqilobining birinchi davri nihoyasiga etdi. Biroq, Venesiyada Manini boshchiligidagi triumvirat* Avstriyaga qarshi urushni davom ettirdi.
Toskana va Rim viloyatida umum Italiya Ta'sis majlisini chaqirish haqidagi talab bilan chiqishlar kuchaydi. Hunarmand Chicherovakkio Rimdagi demokratik klublarda respublika g'oyasini targ'ib qildi. O'zining harbiy leginerlari bilan Rim viloyatiga kelgan J. Garibaldi ham respublika o'rnatish tarafdori edi. 1849 yilning 21 yanvarida Rimda Ta'sis niajlisi uchin saylov bo'lib o'tdi. Garibaldi taklifi bilan majlis papani dunyoviy hokimiyatdan mahrum qildi va respublika o'rnatdi. Shundan so'ng katolik ordenlari va monastir mulklarini musodara qilish, ruhoniylarning siyosiy imtlyozlarini bckor qilish.
Trimvirat - davlat ishlariga rahbarlikni qo'lga kiritish maqsadida uchta nufuzli siyosiy va harbiy arbobning ittifoqi inkvizilsiya va cherkov sudlarini lugatish, ilg'or daromad solig'ini joriy qilish kabi islohotlar e'lon qilindi.
Rim respublikasining e'lon qilinishi qo'shni Toskanada ham demokratik harakatlarni kuchaytiradi.Gersog Leopold II poytaxt Florensiyadan qochdi. Toskanada muvaqqat hukumat tuzilib, ta'sis majlisiga saylov o'tkazildi. Majlis respublika o'rnatilganligini e'lon qildi.
Italiya vatanparvarlari lombardiya va Venetsiya uchun kurashni davom ettirishni talab qildilar. Jamoatchilik fikrini bosimi va tojdan mahrum bo'lish xavfi ostida, 1849 yilning 12 martida Sardiniya qiroli Karl Albert Avstriyaga qarshi urush harakatlarini boshladi. U urushni umummilliy urushga aylanishini xohlamay, urush boshlangantigi haqida Rim respublikasi va Venetsiyani xabardor qilmadi. 23 martda Karl Albert qo'shini avstriyaliklar tomonidan tor-mor etildi. U tezda o'g'li Viktor Emmanuil foydasiga taxtdan voz kechib. mamlakatdan qochdi. Sardiniyaning yangi qiroli Viktor Emmanuil II mag'lubiyatdan so'ng Avstriya bilan ikkinchi sulh bilimini imzoladi.
Shimolda Gabsbyrglarning g'alabasi ilgarigidek butun yarim orolning siyosiy ahvoliga ta'sir o'tkazdi.
Sitsiliyada Ferdinad II hokimiyati, Toskanada gersoglik hokimiyati qayta tiklandi.
18 fevralda Piy IX Avstriya, Jspaniya va Fransiya hukumatlariga murojaat qilib, Rim viloyatida papaning dunyoviy hokimiyatini tiklashga yordam berishini so'radi. Rim respublikasi hukumatining ijtimoiy iqtisodiy dasturini cheklanganligi, ko'pchilik islohotlarning qog'ozda qoiib ketganligi, respublikani himoya qilish kurashiga xalq ommasini jalb eta olmadi.
Toskanaga Avstriya qo'shinlari kiritildi, 24 aprelda Rim yaqiniga pre/ident Lui -Napoleon Bonapart yuborgan frantsuz qo'shinlari kelib tushdi. Fransiya Rimda inqilobiy harakatlarni bostirib, Avstriyaga qarshi muvozanatni saqlash uchun Rimni egallamoqchi edi. May oyida Italiyaga Jspaniya qo'shini ham tushirildi.
Garibaldi boshchiligidagi respublikachilarning frantsuz hukumati bilan kclishishga intilishi xalq orasida hukumat nufuzini tushurib yubordi. 1849 yil 3 iyulda frantsuz qo'shinlari Rimni egallab, papa hokimiyatini qayta tikladi. Madzini va boshqa respublikachilar xorijga qochdilar. Garibaldi legionerlarining katta harbiy olryadi Venetsiya respublikachilariga yordam berish uchun shimolga yurish boshladi. Biroq, Venetsiyaga etmasdanoq, Avstriya qo'shinlari bilan bo'lgan to'qnashuvlar natijasida Garibaldi qo'shini tor-mor etildi.
Garibaldi yurishining mag'lubiyati va 22 avgustda Venetsiya respublikasini Avstriya qo'shini tomonidan egallanishi bilan Italiyada inqilob tugadi.
Italiya inqilobi mag'lubiyatining asosiy sabablari sifatida 1848-1849 yillardagi tashqi omillarning ta'siri, ya'ni, Fransiya, Avstriya va Ispaniyaning Italiya inqilobini bostirishda ishtirok etganligini, inqilobiy kuchlarni birlashmaganligini va Italiya davlatlari hukmdorlarining Avstriyaga qarshi urushdagi qat'iyatsizliklarini ko'rsatish mumkin. Inqilobning mag'lubiyati Italiya birlashtirilishini bir necha yilga kechiktirdi.
Dostları ilə paylaş: |