13
bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga moslashgan bo‘ladi. Bir-biri
bilan uzviy bog‘langan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar
sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum, oshqozon, ichaklar va
ovqat hazm qilish bezlari ovqat xazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion
taraqqiyotning bir muncha yuqori pog‘onasida joylashgan hayvonlarda ovqat xazm
qilish, nafas olish, ayirish, tayanch-harakat,
qon aylanish, nerv va boshqa bir
qancha organlar sistemalari rivojlanadi.
Tana simmetriyasi
. Simmetriya hayvonlar tanasining o‘xshash qismlarini
simmetriya markazi (nuqta, to‘g‘ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik
tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi
uzoq davom etib
kelayotgan evolyutsion taraqqiyot natijasi bo‘lib, yashash muhiti bilan
chambarchas bog‘liq. Hayvonlarda tana simmetriyasining quyidagi xillari mavjud:
Radial nurli
, ya’ni teng o‘qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan
sharsimon plankton hayvonlar (quyoshlilar, nurlilar, volvokslar va boshqalar)da
ko‘rish mumkin. Ular tanasining o‘xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial
nurlar yo‘nalishida joylashgan. Radial nurli simmetriya
suv muhitida qalqib
turuvchi hayvon yashab turgan muhitning tananing xamma tomonida bir xil
bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu xildagi tana simmetriyasiga ega bo‘lgan hayvonning
tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyasi ham tananing hamma tomonida bir xilda
bo‘ladi.
Radial o‘qli simmetriya suv tubida o‘troq yashaydigan bo‘shliqichlilar va
ularning
erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun
xosdir. Radial - o‘qli simmetriyaga ega bo‘lgan hayvonlar tanasining o‘xshash
qismlari aylanish o‘qi atrofida joylashgan. Hayvonlar tanasidagi simmetrik
bo‘laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo‘shliqichlilar, taroqlilar,
g‘ovaktanlilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi.
Bilaterial, ya’ni ikki yonlama simmetriya juda ko‘pchilik
harakatchan
umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqali hayvonlar uchun xos bo‘ladi. Bu
xayvonlar tanasini markaziy o‘q orqali o‘tadigan yagona yuza orqali faqat ikkita
teng bo‘laklarga ajratish mumkin. Billaterial tana simmetriyasiga ega bo‘lgan
14
xayvonlar tanasining chap va o‘ng yarmini, oldingi (bosh) va keyingi (dum), orqa
(elka) va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin.
Odatda radial-nurli tana simmetriyasi faqat bir hujayralilar, radial o‘qli
simmetriya bir muncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xarakterlidir.
Shuning bilan birga ayrim hayvonlar tanasi simmetriyasiz tuzilishga ega
bo‘ladi. Bunday xayvonlarga sodda tuzilgan yalang‘och
amyobalar bilan bir
qatorda qorinoyoqli mollyuskalar ham misol bo‘ladi. Qorinoyoqlilar tanasining
assimetrik tuzilishi spiral chig‘anoqdan hosil bo‘lishi bilan tananing bir tomonga
buralishi natijasida kelib chiqqan bo‘lib, ikkilamchi xarakterga egadir.
Dostları ilə paylaş: