II. Nizoli vaziyatlar, maishiy zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish borasidagi ishlarni tashkil etish
5.
|
Maishiy zo‘rlik ishlatish, shu jumladan:
maishiy zo‘rlik ishlatish jabrdiydalari;
maishiy zo‘rlik ishlatgan va shunga moyil shaxslar;
maishiy zo‘rlik ishlatilishi jabrdiydalari tomonidan olingan yordam va xizmatlar;
maishiy zo‘rlik ishlatilishi faktlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlarga qilingan murojaatlar soni haqidagi xabarlar bayon etilgan ma’lumotlar yagona bazasini shakllantirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-avgustgacha
|
IIV (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Oliy sud (K. Kamilov), manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
6.
|
O‘z joniga qasd qilishga moyil shaxslarni, shuningdek, keng kompleks ko‘rsatkichlar, omillar va sabablarga ko‘ra o‘z joniga qasd qilishga uringan shaxslarni hisobga olishning yagona tartibini ishlab chiqish.
|
Idoralararo qaror
|
2018-yil
1-avgustgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmanov),
XTV(U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi(I. Majidov), Bosh prokuratura (O. Murodov), IIV (P. Bobojonov), Davlat statistika qo‘mitasi (B.Begalov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev),manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
7.
|
Og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishni ta’minlash, shu jumladan:
ijobiy psixologik maslahatlar, shuningdek ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish muassasalarining, shu jumladan psixologik va ruhiy-tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalarning aloqa telefonlarini ko‘rsatgan holda SMS orqali muntazam axborot bilan ta’minlash;
murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish va stressga chidamlilikni oshirish usullari to‘g‘risida axborotlar beriladigan veb-saytlarni yaratish;
o‘z joniga qasd qilishga moyillikni uyg‘otuvchi va ularni amalga oshirish usullariga o‘rgatuvchi axborotlar bayon etilgan veb-saytlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiriladigan axborotlar monitoringini o‘tkazish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-noyabrgacha
|
Bosh prokuratura (O. Murodov),
IIV (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov),Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (A. Axmedxodjayev), O‘zMAA (A. Kuchimov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi(A. Shodmonov),XTV (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi(I. Majidov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva)
|
8.
|
Ta’lim muassasalarining o‘quvchilarida vaziyat taqozosi bilan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari aniqlanganida shoshilinch psixologik va psixoterapevtik yordam ko‘rsatish mexanizmini ishlab chiqish va tatbiq etish, u quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:
o‘quvchida buzilish belgilari aniqlanganida psixoterapevt tomonidan bevosita ta’lim muassasasida shoshilinch maslahat berish tartibini o‘rnatish;
“xavf-xatar guruhi”da bo‘lgan o‘quvchining holatini pedagog va psixolog tomonidan kuzatish;
“xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash maqsadida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni muntazam ravishda, birinchi navbatda o‘quv yili boshlanishida test orqali tekshirish va so‘rovnomalarni to‘ldirish;
“xavf-xatar guruhi”dagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha pedagoglar uchun seminarlar va treninglar tashkil etish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-avgustgacha
|
XTV (U. Inoyatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)
|
9.
|
Ta’lim muassasalarida maishiy zo‘rlikni profilaktika qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
huquqni buzishga moyil o‘quvchilarni aniqlash va ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini ko‘rish;
ota-onalar bilar o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar monitoringi;
ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasi va ta’lim olishidagi ishtirokini o‘rganish;
o‘z farzandlarini majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb etayotgan ota-onalarni aniqlash, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlarga taqdim etish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-avgustgacha
|
XTV (U. Inoyatov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), “Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova),
IIV (P. Bobojonov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev), manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
10.
|
Oilaviy va shaxslararo nizolarni, psixofizik zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorlarni profilaktika qilish uchun ta’lim muassasalarini malakali ruhshunoslar bilan ta’minlash.
|
Normativ-huquqiy hujjat
|
2018-yil
1-sentabrgacha
|
XTV (U. Inoyatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov)
|
11.
|
Ta’lim muassasalarida ruhshunosning maqomini quyidagi yo‘llar orqali oshirish:
umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining dars jadvallariga tegishli mashg‘ulotlarni kiritish;
o‘quvchilar orasida “xavf-xatar guruhi”ni aniqlash maqsadida ruhshunos tomonidan test tekshiruvlari va treninglarni o‘tkazish soatlarini ajratib berish va tegishli yordam ko‘rsatish;
har bir ta’lim muassasasida ruhshunosni alohida ish kabineti bilan ta’minlash;
pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasida nizoli vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha pedagoglar bilan psixologik treninglar o‘tkazish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-sentabrgacha
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov), XTV(U. Inoyatov)
|
|